TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.1K photos
1.92K videos
251 files
4.13K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
Трамп, Ци Сзин Пин ва Путин дунёни ким бошқараётгани ҳақида баҳслашиб қолишибди. Ким бошқаряпти — AҚШми, Хитойми ё Россия? Келиша олмай, охири Ҳиндистон бош вазири Нарендра Модидан сўрашга қарор қилишибди. Моди ўйланиб туриб, кейин: «Мана, ўзинглар кўриб, хулоса қилинглар» деб, рўйхат берибди:

1. #Google бош директори — ҳинд (Сундар Пичаи);
2. #Microsoft бош директори — ҳинд (Сатя Наделла);
3. #Citigroup бош директори ҳинд (Викрам Шанкар Пандит) эди;
4. #SoftBank Гроуп директори — ҳинд (Ражив Мисра);
5. #Adobe бош директори — ҳинд (Шантану Нараян);
6. #NetApp бош директори — ҳинд (Жорж Куриан);
7. #PepsiCo бош директори ҳинд (Индра Нуйи) эди;
8. #Nokia бош директори — ҳинд (Ражив Сури);
9. #Mastercard бош директори — ҳинд (Aжайпал Сингҳ Банга);
10. #DBS бош директори — ҳинд (Пийиш Гупта);
11. #Cognizant бош директори ҳинд (Франсиско ДЪСоуза, ундан аввалгиси Лакшми Нараян) эди;
12. #Novartis бош директори — ҳинд (Васант Нарасимҳан);
13. #Conduent бош директори ҳинд (Локеш Прасад) эди;
14. #Diageo бош директори — ҳинд (Иван Менезес);
15. #Harman бош директори ҳинд эди (Динеш Паливал);
16. #Micron бош директори — ҳинд (Санжай Меҳротра);
17. #PaloAltoNetworks бош директори — ҳинд (Никеш Aрора);
18. #ReckittBenckiser бош директори — ҳинд (Лакшман Нарасимҳан);
19. #IBM бош директори ҳам келиб чиқиши бўйича ҳинд (Aрвинд Кришна);
20. Британия молия вазири (ғазначилик канслери) — ҳинд (Риши Сунак);
21. Британия ички ишлар вазири — ҳинд (Прити Пател);

Хўш, дунёни ким бошқаряпти, деб ўйлайсиз?😉

Дарвоқе, Ҳиндистон ҳукумати бир неча ой илгари Тик Токни мангуга блоклади. Унутманг, юксалиш ва ривожланиш Тик Токда эмас. Китобда, билим олишда, илм ўрганишда. Ривожланинг, ўз устингизда ишланг, олға боринг!

@tuituz_official
#Hamkorlik #Microsoft #Koreya

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya Microsoft kompaniyasining Koreyadagi ofisiga (Microsoft Korea) tashrif buyurdi. 

✍️ Tashrif davomida TATU, Kookmin universiteti hamda Microsoft Korea kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 

📄 Ushbu memorandum - raqamli platformalar kabi zamonaviy texnologiyalarga asoslangan yangi avlod ta'limi va ish muhitini (next generation education and work enviroment) yaratishga qaratilgan hamkorlik aloqalarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, TATUda Microsoft kompaniyasi dasturiy vositalari, tizimlari va yechimlaridan foydalanish bo'yicha o‘quv kurslarini taqdim etish ko'zda tutilgan. Bu universitet talabalariga Microsoft kompaniyasining IT sertifikatlarini olish va global mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar sifatida faoliyat yuritishlari uchun imkon beradi.

🖥 Microsoft Korea kompaniyasi tomonidan TATU hamda Kookmin universiteti talabalari uchun Microsoft kompaniyasining dasturiy mahsulotlaridan erkin foydalanishni joriy etish, Microsoft AZURE, GitHub kabi xizmatlarini olish va cloud platformalaridan foydalanish imkonini taqdim etish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, TATU va Kookmin universiteti o‘rtasida amalga oshirilayotgan loyiha doirasida har yili 200 nafar talabalar uchun Microsoft AZURE sertifikatiga ega bo'lish imkoniyati yaratilishiga kelishib olindi.

🤝 Ushbu Memorandum orqali universitetimiz Microsoft Koreya bilan AI (Sun'iy intellekt), Big Data va Cloud computing kabi sohalarda hamkorlikni kengaytirish uchun asos bo’ladi.

@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Microsoft_certificate

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Janubiy Koreyaning KOICA agentligi hamda Kookmin universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan “TATUda innovatsion biznes IT ta’lim tizimini tashkil etish” grant loyihasi doirasida Dasturiy injiniring fakulteti talabasi Sardor Rustamov va Kompyuter injiniringi fakulteti talabalasi Alisher Abduxalilboyev Microsoft kompaniyasining Xalqaro “MS Azure fundamentals” kursini muvaffaqiyatli tugatib tegishli xalqaro IT- sertifikatga ega bo‘ldi va ushbu imkoniyatni qo‘lga kiritdi.

🥳 Rustamov Sardor va Alisher Abduxalilboyevlarni ushbu natija bilan tabriklagan holda bundanda yuqori marralarga erishishlarini tilaymiz.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Microsoft_certificate

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Janubiy Koreyaning KOICA agentligi hamda Kookmin universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan “TATUda innovatsion biznes IT ta’lim tizimini tashkil etish” grant loyihasi doirasida Dasturiy injiniring fakulteti talabasi Dilmurod Murodov Microsoft kompaniyasining Xalqaro “MS Azure fundamentals” kursini muvaffaqiyatli tugatib tegishli xalqaro IT- sertifikatga ega bo‘ldi va ushbu imkoniyatni qo‘lga kiritdi.

🎉 Murodov Dilmurodni ushbu natija bilan tabriklagan holda bundanda yuqori marralarga erishishlarini tilaymiz.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM