TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.1K photos
1.92K videos
251 files
4.12K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
Kiberxavfsizlik fakulteti tashabbusi bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti HackTheBox Platformasida ro'yxatdan o'tkazildi.

Endilikda barcha talaba va xodimlar univesitetning rasmiy pochtasi yordamida universitet nomidan foydalanuvchi sifatida ro'yxatdan o'tishlari mumkin. Universitet reytingini dunyo miqyosida ko'tarishga o'z hissangizni qo'shing. Platformadan foydalanish bepul.

"HackTheBox Academy"ga universitet elektron pochta (@tuit.uz) manzili orqali ro'yxatdan o'tgan talaba va xodimlarga kiberxavfsizlik o'quv kurslari uchun platforma tomonidan chegirma beriladi.

"Hack The Box Platform" bu - kiberxavfsizlik sohasini amaliy va nazariy o'rganish uchun onlayn platformadir. Undan jahonda 2 milliondan ortiq foydalanuvchilar, kompaniya, universitet, kiberxavfsizlik sohasi vakillari foydalanib keladi.

Shuningdek, endilikda universitetda "Cybersecurity Club" ochilganini ma'lum qilamiz.
https://t.iss.one/tuit_cybersecurity_club

#hackthebox #htb #cybersecurity
По инициативе факультета Кибербезопасности Ташкентский Университет Информационных Технологий был зарегистрирован на платформе HackTheBox.

Теперь все студенты и учителя интересующиеся информационной и кибербезопасностью могут зарегистрироваться на платформе и стать членом университета на официальной странице и внести свой вклад в повышении рейтинга университета. Платформой можно пользоваться бесплатно.

Студентам и сотрудникам, зарегистрированным через электронный адрес университета (@tuit.uz) в «HackTheBox Academy», предоставляется скидка на учебные курсы по кибербезопасности от платформы.

«Hack The Box Platform» — онлайн-платформа для практического и теоретического обучения в области кибербезопасности. Её используют более 2 миллионов пользователей, компаний, университетов и представителей индустрии кибербезопасности.

Также сообщаем об открытии "Cybersecurity Club" в университете и приглашаем вас присоединиться к нему.
https://t.iss.one/tuit_cybersecurity_club

#hackthebox #htb #cybersecurity
#SCSA #TATU #Cybersecurity_Artificial_intelligence

Joriy yilning 2-5 noyabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Kiberxavfsizlik fakulteti dekani Sherzod G‘ulomov Gruziyaning Kavkaz universitetida Scientific Cyber Security Association (SCSA) tomonidan o‘tkazilayotgan “Cybersecurity and Artificial intelligence” ligasida ishtirok etdi va mazkur universitet talabalariga Algorithms of Artificial Intelligence in Cybersecurity, Risks & challenges, Artificial Intelligence powered threat Intelligence, Cyber forensics principles kabi mavzular bo‘yicha ma’ruza o‘qidi.

🗒 Cybersecurity and Artificial intelligence ligasida ishtirok etish orqali universitet va fakultetlardagi mutaxassislik kafedralarining ilmiy tadqiqot yo‘nalishida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, akademik va ilmiy almashinuv dasturlarini ishlab chiqish, hamda uzoq muddatli o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish ham rejalashtirildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#esport #football #cybersecurity

🏆 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Kiberxavfsizlik fakulteti talabalari o‘rtasida kibersportning futbol yo‘nalishi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

⚽️ Bellashuv yakuniga ko‘ra talabalarimiz quyidagi natijalarni qayd etishdi:

🥇1-o‘rin — Ikromov Nurmuhammad
🥈2-o‘rin — Normaxmatov Diyorbek
🥉3-o‘rin — Xayrullayev Akobirxon

🎗Musobaqa sovrindorlari Kiberxavfsizlik fakulteti dekani tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
#China #Cybersecurity #Informationsecurity #Shanghai #Seminar #TUIT

🇨🇳 4-17-iyul davomida Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahrida o’tkazilgan “Information Security Technologies for the 'Belt and Road' Countries“  seminari o’z yakuniga yetdi.

Axborot kommunikatsiya sohasida olib borilayotgan keng qamrovli ishlar bilan tanishtirish maqsadida  kiberxavfsizlik sohasidagi yetuk vakillar “VECENTEK” Co.Ltd, “WUKONG TECHNOLOGIES (Sichuan) Group” Co.Ltd, “DBAPP Security (Chengdu)” Ltd, "JSY (Jishiyu) Digital Agriculture Center" kabi kompaniyalarga amaliy tashriflar tashkil qilindi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun Shanxay hamda Chengdu shaharlariga Xitoy Xalq Respublikasining boy tarixi hamda muhandislik yutuqlari bilan tanishtirish maqsadida madaniy tashriflar tashkil qilindi.

Seminar yakunida O‘zbekiston delegatsiyasi mamlakatda “Kiberxavfsizlik” sohalarida olib borilayotgan ishlar hamda bir qator istiqbolli loyihalar haqida yakuniy taqdimot bilan qatnashdi.

Mazkur seminarga O’zbekiston, Armaniston, Bahrayin, Kamerun, Kuba, Iroq, Laos, Marokko, Janubiy Afrika, Lesoto kabi bir qator davlatlardan mutaxassislar hamda muhandis vakillar taklif qilingan.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM