#Hamkorlik
#Memorandum
#Cyber_Bro
#Masterklass
🤩 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali direktori N.Nasrullayev va Kiberxavfsizlik sohasida samarali faoliyat olib borayotgan Cyber-Bro kompaniyasi vakillari bilan joriy yilning 13-mart kuni uchrashuv o‘tkazdi.
🤝 Uchrashuvda kiberxavfsizlik sohasida qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalar olib borish, zamonaviy ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha tajriba almashish hamda kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha maxsus o‘quv dasturlarni ishlab chiqishda filial va kompaniyaning o‘zaro hamkorlik asoslari belgilab olindi. Uchrashuv so‘ngida ikki tomonlama anglashuv memorandumi imzolandi.
💭 Tashrif so‘ngida kompaniya vakillari va filialda tahsil olayotgan talabalar bilan kiberxavfsizlik sohasidagi dolzarb mavzular bo‘yicha davra suhbati tashkil etilib, o‘zaro fikr-mulohazalar, taklif va tavsiyalar bildirildi.
✈️ @tuituz_official
#Memorandum
#Cyber_Bro
#Masterklass
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik #seminar #Cyber_Bro
Cyber-Bro kompaniyasi bilan hamkorlik
✅ Joriy yilning 30-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Kiberxavfsizlik fakultetida kiberxavfsizlik sohasida faoliyat olib borayotgan Cyber-Bro kompaniyasi vakili Qurbonov Malik tomonidan seminar-trening amalga o'tkazildi.
💬 Mazkur seminar-treningda fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etib, kiberxavfsizlik sohasida qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalar olib borish, operatsion tizimlarni tarmoq hujumlaridan, jumladan, viruslardan himoyalash va ularga qarshi mexanizmlarni ishlab chiqishlar bo‘yicha ma’lumotlar hamda o‘zaro fikr va tajribalar almashindi.
🖋 Shuningdek, kelgusida kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha maxsus kurslar dasturlarini ishlab chiqishda universitet va kompaniyaning o‘zaro anglashuv memorandumlarini imzolash belgilab olindi.
Cyber-Bro kompaniyasi bilan hamkorlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM