#Rektorlar_forumi
✅ Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari rektorlari ikkinchi forumi doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Tojikistonning yetakchi universitetlari hisoblangan Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti hamda Tojikiston texnika universiteti bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi.
🗒 Mazkur shartnomalarga ko‘ra universitetlar xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, jumladan, ilmiy tadqiqot sohasida hamkorlik qilish, talabalar uchun akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, tajriba almashish, stajirovka o‘tash, ilmiy anjumanlar tashkil etishga kelishildi.
🌀 Tojikiston va O‘zbekiston OTMlari ishtirokida yuqori saviyada o‘tkazilayotgan mazkur Oliy ta’lim muassasalari rektorlari ikkinchi forumi mustahkam tarixiy rishtalarga ega ikki qardosh mamlakat oliy ta’lim muassasalari, ilmiy xodimlari uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#live #rektorlar_forumi
📹 Samarqandda bo'lib o'tayotgan Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oliy taʼlim muassasalari rektorlari ikkinchi forumida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Tosheknt axborot texnologiyalari universiteti rektori prof. B.Maxkamov "Raqamlashtirish va Sun'iy intellekt: Oliy talimning istiqbolli transformatsiyasi" nomli panel seksiyasida moderator sifatida sho'ba ishini olib bormoqda. Mazkur panel seksiyada O'zbekiston va Qirg'izistonning 10 ta yetakchi OTMlaridan ma'ruzachilar ishtirok etib, sun'iy intellekt va uni oliy ta'lim tizimiga joriy etishga oid mavzulari bilan taqdimotlar qilmoqda.
✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM