TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.1K photos
1.93K videos
251 files
4.14K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#TATU
#Ustoz_va_murabbiylar_kuni

🏛Bugun, 29-sentabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Televizion texnologiyalari fakulteti talabalari tomonidan 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar" kuniga bag’ishlangan bayram tadbiri o’tkazildi

🎉Tadbirda mamlakatimizda ta’lim tizimini yuqori bosqichga ko‘tarish, muallimlar, murabbiylar nufuzini, jamiyatdagi o‘rni va rolini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi, yurtimizda yangi avlod, yangi g‘oyalar sohiblarini tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifani ado etishda, yosh avlodning tafakkur dunyosini shakllantirishda xizmat qilayotgan - ustoz va muallimlar mehnatlari beqiyos ekanligi ta’kidlanib, ustozlarga hurmat va ehtirom ila chuqur minnatdorchilik bildirildi.

🎉Bayram tadbirining badiiy qismida TATU talabalari tomonidan bir-biridan ajoyib kuy-qo'shiqlar va turli sahna ko'rinishlari ijro etildi.
#TATU
#1_oktabr
#Ustoz_va_murabbiylar_kuni

👩‍🎓👨‍🎓Har yili 1-oktabr "O’qituvchi va murabbiylar kuni"ni yuksak saviyada nishonlash yurtimizda an'anaga aylangan. Ushbu kunda ta'lim fidoiylariga yuksak ehtirom ko’rsatiladi, fidokorliklari e'tirof etiladi.

🎉🎉Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ham erta tongdan ushbu bayram munosabati bilan tadbir tashkillashtirdi

🌷🎉📸Bundan tashqari, shu yil bayramni tashkil etishda o'zgacha yondashuvni ham ko'rish mumkin. Universitetning A binosida ustoz va murabbiylarga o'zgacha ehtirom belgisi sifatida alohida joy tashkil etilgan. Qizil yo'lakdan yurilganda dekorativ bezaklar, gullar bilan bezatilgan ushbu joyga kelib barcha ustozlarimiz esdalik sifatida rasmga tushib ketishmoqda. Haqiqiy bayram kayfiyatini bag'ishlaydigan ushbu dekorativ maydonchaga tashrif buyurib, esdalik uchun suratlarga tushayotgan ustozlarimizni xursandchiligini ko'rishingiz mumkin.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TATU
#Ustoz_va_murabbiylar_kuni

🏛Kuni kecha, 29-sentabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga qarashli 1-sonli talabalar turar joyi binosida 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar" kuniga bag’ishlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

🎉Bayram tadbirining badiiy qismida TATU talabalari tomonidan bir-biridan ajoyib kuy-qo'shiqlar va turli sahna ko'rinishlari ijro etildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maxsus_reportaj
#ustoz_va_murabbiylar_kuni
#O'zbekiston24

Al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O'zbekiston 24 telekanali tomonidan 1- oktabr "O'qituvchi va murabbiylar kuni"ga bag'ishlangan maxsus reportaj tayyorlandi. Unda bayram tabriklari bilan birga oliygohning bugungi rivojlanib borish tendensiyasi, professor-ustozlar hamda yosh pedagog kadrlarning erishayotgan natijalari haqida so'z yuritilgan.