#Seminar #Yunesko #Xalqaro_aloqalar
💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida joriy yilining 21-23 iyun kunlari bo'lib o'tadigan “Raqamli iqtisodiyot va jamiyatni rivojlantirish yo'lida axborot kommunikatsiya texnologiyalari transformatsiyasi bo'yicha bilimlar hubini tashkil etish” mavzusidagi seminar davom etmoqda.
📄 Ushbu seminar YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy Komissiyasi ko‘magida tashkil etildi.
💬 Loyihaning asosiy maqsadi - Janubiy Koreyaning yetakchi Seul milliy universiteti hamda Kookmin universitetlari bilan hamkorlikda IT, innovatsiyalar va tijoratlashtirish boʻyicha mutaxassislarini jalb qilgan holda TATUda bilimlar almashish markazini tashkil etishdan iborat.
❤ https://t.iss.one/tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hackathon #KOICA #KMU #Xalqaro_aloqalar
💻 Joriy yilning 23-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Janubiy Koreyaning Kookmin Universiteti (KMU) talabalari o’rtasida rejalashtirilgan “Xakaton”ning uchrashuv sessiyasi tashkil etildi.
💻 Ushbu xakaton Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Kookmin universiteti talabalari o‘rtasida o‘zaro bir birini tushunish va hamkorlikni rivojlantirishga oid loyihalar ustida ishlashga qaratilgan.
🌐 Talabalar ushbu “Xakaton” doirasida muammolarni hal qilishning ijodiy dasturi, mijozlarni tushunish jarayonlari ustida ish olib boradilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_aloqalar #Times_higher_education #THE
💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga xalqaro universitetlarning jahondagi o‘rnini belgilovchi “Times Higher Education” xalqaro reyting agentligi mintaqaviy direktori Lachin Italmazova tashrif buyurdi.
📄 Unda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining joriy yilda erishgan yutuqlari, xalqarolashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan samarali ishlar e'tirof etildi, hamda TATUning xalqaro THE reytingidagi natijalari oid qator masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
📊 Xalqaro reyting agentligi mintaqaviy direktori Lachin Italmazova tomonidan TATUning xalqaro reytinglarga kirish boʼyicha imkoniyatlarini yuqori baholandi.
❤ https://t.iss.one/tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_aloqalar #yangi_Õzbekiston
✅ Joriy yilning 3-7 iyul kunlari Toshkent shahrida “Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” mavzusidagi xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi bo‘lib o‘tmoqda.
📄 Uchrashuvning “Oliy ta’lim va innovatsion tarraqiyot” mavzusidagi panel sessiyasiga Jahon bankining eksperti (Fransiya) Jan Jak Roes, SwissNewater kompaniyasi raisi (Shvetsariya) Klod Begle, Red Sea Farms (RSF) MChJning Intellektual mulk bo‘yicha huquqiy maslahatchisi va loyiha menejeri, (Saudiya Arabistoni) Abay Jangabilov va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Baxtiyor Maxkamov ekspert sifatida taklif etildilar.
📊 Mazkur xalqaro haftalikning bosh maqsadi – xorijiy va milliy ekspertlar, tahlilchilar o‘rtasida Yangi O‘zbekistondagi demokratik islohotlar, ularning mohiyati, erishilgan yutuqlar va navbatdagi dolzarb vazifalar, mamlakatda vujudga kelayotgan mutlaqo yangi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy makon va muhit, davlat tashqi va ichki siyosatining ustuvor vazifalari to‘g‘risida fikr almashishdan iborat.
✈️ https://t.iss.one/tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_aloqalar
📄 05-07 iyul kunlari Germanyaning Chemnitz texnika universitetida bo'lib o'tgan "International Symposium on Computer Science, Computer Engineering and Educational technology" (ISCSET 2023) xalqaro konferensiyasida universitetimiz hamda dunyoning bir nechta xalqaro universitetlari professor-o'qituvchilari o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi
❤ https://t.iss.one/tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_aloqalar
🌐 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetini transformatsiya qilish, muhandislik maktablarini joriy qilish orqali amaliyotga yo‘naltirilgan hamda dual ta’limni joriy etish yuzasidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda ta’lim, tadqiqot va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyani mustahkamlash maqsadida xorij tajribasini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
⚙️ Shu maqsadda, soʻnggi 30 yil ichida dunyoning 105 ga yaqin mamlakatlari hukumatlari va universitetlarida transformatsiya jarayonlari uchun maslahatchi sifatida faoliyat yuritgan oliy taʼlim boʻyicha global ekspert – Dr.Jamil Salmi bilan muhokama o‘tkazildi.
Unda oliy taʼlimda moliyaviy barqarorlik, sifatni taʼminlash, TOP universtetlarni yaratish va strategik rivojlantirish kabi masalalar bo‘yicha fikr almashildi. Xususan, TOP universitetlarda ta’lim, tadqiqot va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyani mustahkamlash bo‘yicha tajribalar muhokama qilindi.
✈️ @tuituz_official
Unda oliy taʼlimda moliyaviy barqarorlik, sifatni taʼminlash, TOP universtetlarni yaratish va strategik rivojlantirish kabi masalalar bo‘yicha fikr almashildi. Xususan, TOP universitetlarda ta’lim, tadqiqot va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyani mustahkamlash bo‘yicha tajribalar muhokama qilindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM