TATU | Rasmiy kanali
14.7K subscribers
17.7K photos
2.02K videos
251 files
4.19K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif

🟣 Joriy yilning 30-oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga “Tro-Phy-Gital Tour” xalqaro avtosayohat doirasida xorijlik mehmonlar tashrif buyurishdi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad figital-sport turini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish hisoblanadi.

☑️Ochilishda universitet prorektorlari Dj.B.Sultanov, K.A.Tashevlar so‘zga chiqib tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirishdi va tadbirga muvaffaqiyat tilashdi. Tadbirda axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik sohasida yetakchi tashkilotlardan biri hisoblangan “Positive Technologies” kompaniyasi mutaxasisi Kiberxavfsizlik fakulteti talabalariga “Kiberxavfsizlik muammolari va ulardan himoyalanish” mavzusida seminar-trening o‘tkazdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tadbir yakunida javoblar olishdi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif

🌷 Beg‘ubor qalblarga quvonch, xushkayfiyat va umid uchqunini ulashish maqsadida universitetning Yoshlar ittifoqi hamda faol talabalari bilan Taskin onkologik bolalar hospisiga tashrif tashkillashtirildi. Og‘ir bemor bolajonlar bilan samimiy suhbat qilinib, ularga sovg‘alar ulashildi.

🔄 Mazkur tadbir bolajonlarga a'lo kayfiyat bag‘ishlab, ularni yanada ruhlantirdi. Bolalar quvonchi bizni ham, ota-onalarni ham, hatto shifokorlarni xushnud etdi. Bu xayrli tashabbus og‘ir bemor bolalar va ularning oilalarini ham ruhiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash, ko‘tarinki kayfiyati ulashish, ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif

🇯🇵 2024-yilning 6-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Yaponiyaning yetakchi oliy ta'lim muassasalari, jumladan Nagoya universiteti va Kioto Informatika bo'yicha magistratura kolleji (KCGI) vakillari Yaponiya talabalarni qo'llab-quvvatlash tashkiloti (JASSO) bilan birgalikda tashrif buyurdi.

🎓 Universitet talabalari bilan tashkil etilgan uchrashuvda Yaponiyaning yetakchi universitetlarida xorijiy talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, grantlar, stipendiyalar to'g'risida taqdimot qilindi. Kelgusi o'quv faoliyatini chet elda davom ettirishni xohlovchi talabalarning Yaponiyadagi talabalik hayoti bilan bog'liq barcha savollarga vakillar tomonidan to'liq javoblar berildi.

🗒 Malumot uchun:
Nagoya universiteti — Yaponiyaning milliy universitetlaridan biri bo‘lib, 2025 QS dunyo universitetlar reytingida 152
-o'rinda qayd etilgan.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #hamkorlik
#Ozarbayjon

🇦🇿 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Ozarbayjonning Sumg‘ayit davlat universiteti (SSU) rektori Prof. Rufat Azizov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Uchrashuvda taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlikning asosiy masalalari, jumladan TATU talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun mobillilik dasturlarini yo‘lga qo‘yish, yozgi oromgoh, o‘zaro tashriflar doirasida ma’ruzalar, seminar-treninglar tashkil etish, qisqa muddatli amaliyot va stajirovkalar o‘tash masalalari muhokama qilindi.

Mazkur tashrif davomida TATU va Sumg‘ayit davlat universiteti o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

🗒 Ma'lumot uchun:
Sumg‘ayit davlat universiteti – Ozarbayjonning Sumg‘ayit shahrida joylashgan oliy taʼlim muassasasi. Universitet 1961-yilda Ozarbayjon Davlat neft va sanoat universitetining filiali sifatida tashkil etilgan va 2000-yildan mustaqil universitetga aylangan. SSU muhandislik, iqtisodiyot, tabiiy va gumanitar fanlar bo‘yicha ixtisoslashgan va Sumg‘ayit davlat universiteti o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LitseyBitiruvchilari #tashrif

💻 Joriy yilning 8-noyabr sanasida TATU Akademik litseyining 100 nafarga yaqin bitiruvchi o'quvchilari universitet faoliyati, ta'lim yo'nalishlari va ilmiy laboratoriyalari bilan yaqindan tanishish maqsadida "Kompyuter injiniringi" fakultetiga tashrif buyurdilar.

➡️Qisqacha taqdimot davomida fakultet dekani T.Kuchkorov tomonidan o'quvchilarga universitetdagi mavjud ta'lim yo'nalishlari, kirish imtihonlari, universitetda talabalarga yaratilgan imkoniyatlar va fakultet faoliyatiga oid qiziqarli va muhim ma'lumotlar berildi.

🔴 O'quvchilar fakultetdagi ta'lim yo'nalishlari hamda qo'shma ta'lim dasturlariga qiziqish bildirib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va tashrif so'ngida fakultetdagi "Robototexnika", "VR Lab", "GisLab" va "Sun'iy intellekt" kabi o'quv-ilmiy laboratoriyalar faoliyati bilan tanishdilar.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #AQSH

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Axborot xavfsizligi” ta’lim yo‘nalishini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish yuzasidan AQShning ABET akkreditatsiya tashkiloti bilan kelishuvlarni amalga oshirmoqda.

🇺🇸 Joriy yilning 9-12-noyabr kunlari “Axborot xavfsizligi” yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlik hisobotlarini monitoring qilish bo‘yicha ABET tashkilotining ishchi guruhi a’zolari Dr. Ramzi Haraty, Dr. Mark Stockman, Dr. Peng Li universitetga tashrif buyurib, tayyorlangan hisobotlarning asoslari va ularning ABET mezonlariga mosligi bo‘yicha monitoring o‘tkazdi.

📄 Dastlabki natijalarga ko‘ra, ABET tashkiloti ishchi guruhi a’zolari mazkur yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazgan monitoring natijalari ijobiy baholandi. Yo‘nalishning to‘liq akkreditatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat 2025-yil avgust oyida berilishi kutilmoqda.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #futbol #RektorKubogi

Bugun bizni ajoyib
tashrif kutmoqda!

💻 Bugun, 28-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov tashrif buyuradi.

⚽️ Ravshan Ermatov bilan uchrashuv universitetimizning A binosining katta faollar zalida soat 14:00da futbol ixlosmandlari bo'lgan talabalarimiz bilan suhbat hamda savol-javoblar shaklida bo'lib o'tadi. Savollarga to'g'ri javob bergan ishtirokchilar uchun sovg’alar ham bor.

Bundan tashqari, bugun soat 14:30da futbol bo’yicha bo’lib o’tadigan fakultetlararo “Rektor kubogi”ga Ravshan Ermatovning shaxsan o’zi start beradi.

Barchani ushbu musobaqani tomosha qilish va jamoalarni qo‘llab-quvvatlash uchun barchani taklif qilamiz!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif

Kuni kecha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi janob Sakurai Akihiro tashrif buyurdi.

🤔 Tashrif davomida universitetda yaratilgan sharoitlar, jumladan ilg’or muhandislik maktabida amalga oshirilayotgan ilmiy loyihar va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) homiyligida ochilgan TATU Media markazi bilan yaqindan tanishtirildi.

Tashkil etilgan uchrashuv davomida universitetning hozirgi kundagi mavjud yuqori salohiyatidan kelib chiqib, Yaponiya universitetlari va kompaniyalari bilan amalga oshirilishi mumkin bo’lgan hamkorliklar va ularni jalb qilish borasida muhokamalar olib borildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TATU #tashrif #futbol #RektorKubogi

💻 Kuni kecha, 28-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov tashrif buyurdi.

👥 Universitetimizda tahsil olayotgan futbol ixlosmandlari bo'lgan talaba-yoshlar bilan uchrashuv ochiq muloqot hamda savol-javoblar shaklida bo'lib o'tdi. Savollarga to'g'ri javob bergan tadbir qatnashchilari mehmonimiz tomonidan esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.

🤔 Bundan tashqari, futbol bo’yicha bo’lib o’tayotgan fakultetlararo “Rektor kubogi”ga Ravshan Ermatovning shaxsan o’zi start berdi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #Xitoy

🇨🇳 Kuni kecha TATUga Xitoyning nufuzli “Xinyada” IT kompaniyasi bosh direktori Zeng Botao boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

🔴 Tashrif davomida universitetdagi ilmiy-o‘quv laboratoriyalari, sanoat-akademiya markazlari va Xitoyning ZTE hamda Huawei kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan laboratoriyalar bilan yaqindan tanishtirildi. Tashkil etilgan uchrashuv davomida universitet va kompaniya o‘rtasida professional taʼlim standartlari va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, Xitoyning yetakchi universitetlari bilan 3 tomonlama qo’shma dasturni yo’lga qo’yish orqali professional kadrlarni tayyorlash masalalari muhokama etildi. TATU va “Xinyada” kompaniyasi o‘rtasida dastlabki hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish maqsadida Anglashuv memorandumi imzolashga kelishib olindi.

☑️Ma’lumot uchun:
“Xinyada” kompaniyasi BYD va Xiaomi gigant kompaniyalarining ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va tashkil etishda qatnashgan axborot texnologiyalari hamda kommunikatsiyalari sohasidagi yetakchi IT kompaniya hisoblanadi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM