💻 |
😀😀😀😀😀😀 #BRB_TECH #tashrif✅ Joriy yilning 26-sentyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga
"Biznesni rivojlantirish bank" qoshida tashkil etilgan yetakchi IT-kompaniyalaridan biri bo'lmish
"BRB-TECH" vakillari tashrif buyurdi.
✅ Uchrashuvda universitet bitiruvchilarini
kompaniyada amaliyot/stajirovka o'tash imkoniyatlari, yuqori daromadli doimiy ish bilan ta'minlash, shuningdek, kompaniyaning yetakchi mutaxassislari ishtirokida universitetda seminar-treninglar tashkil etish bo'yicha hamkorlik memorandumini imzolash masalalari muhokama qilindi.
✅Bundan tashqari, uchrashuv davomida
TATUda "BRB-TECH" kompaniyasi bilan hamkorlikda
dual ta'limni joriy etish masalalari ham ko'rib chiqildi.
🗒 Ma'lumot uchun: BRB-TECH kompaniyasining asosiy vazifasi kompaniya va korxonalarga o'z faoliyatini yaxshilash va dasturiy ta'minotni ishlab chiqish, IT-konsalting va biznes jarayonlarini avtomatlashtirish shuningdek, mijozlarga o'z sohalarida yangi texnologiyalarni qo'llashdan iborat.🔘 Telegram kanalimizni kuzatib boring!
➡️ Eng so'nggi vakansiyalar
💙@tatu_karyera_markazi