TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.1K photos
1.93K videos
251 files
4.13K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#RektorForum2024
#live

Xalqaro forum start oldi

Bugun, 15-aprel kuni O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Oʻzbekiston-Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining II forumi start oldi.

“2030-yil: O‘zbekiston va Tojikistonda oliy ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusidagi anjumanda Tojikiston Respublikasi Ta’lim va fan vaziri Rahim Saidzoda boshchiligida tashrif buyurgan 30 ga yaqin nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlaridan iborat delegatsiya va Oʻzbekiston tomonidan esa 50 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, vazirlik va idoralar masʼullari qatnashmoqda.

Forumda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari bilan Tojikiston universitetlari oʻrtasida integratsiyani yo‘lga qoʻyish, professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, o‘zaro o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, ta’lim sifatini oshirish, tajriba almashish, stajirovka o‘tash, malaka oshirish va ilmiy faoliyatdagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda.

Xalqaro anjumanni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov kirish so‘zi bilan ochib, so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar va ularning salmoqli natijalariga to‘xtaldi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#RektorForum2024
#hujjat_imzolash

▶️Forumdan videolavha

O‘zbekiston va Tojikiston oliygohlari o‘rtasida 50 dan ortiq hujjat imzolandi


Forumning yalpi majlis yakuni bo‘yicha mamlakatlar oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida 50 dan ziyod bitim, anglashuv memoradumi va yo‘l xaritalari imzolandi.

Ularda Tojikiston oliy o‘quv yurtlari bilan o‘qituvchi va talabalarning akademik almashinuvi, oliy va professional ta’limda o‘zaro o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, tajriba almashish, stajirovka o‘tash, ilmiy anjumanlar, dissertatsiyalar himoyasi bo‘yicha kengashlar ishida ishtirok etish, ikki davlat olimlari tomonidan ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish, birgalikda ilmiy loyihalarda ishtirok etish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
___

▶️Видеоролик с форума

Между вузами Узбекистана и Таджикистана подписано более 50 документов

По итогам пленарного заседания форума между высшими образовательными учреждениями двух стран подписано более 50 соглашений, меморандумов о взаимопонимании и дорожных карт.

Документами предусмотрены академический обмен преподавателями и студентами с высшими учебными заведениями Таджикистана, организация процессов взаимного обучения в сфере высшего и профессионального образования, повышение квалификации профессоров и преподавателей, обмен опытом, стажировки, научные конференции, участие в работе по защите диссертаций, проведение советов, публикация статей ученых двух стран в научных журналах, участие в совместных научных проектах и т.д.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM