TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.1K photos
1.92K videos
251 files
4.12K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#TATU
#EPAM_SYSTEMS
#Trening

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATUda EPAM SYSTEMS bilan hamkorlikda tashkil etilgan kurslar davom etmoqda.

Quyidagi yo'nalishlarda:
-Frontend (HTML, CSS, JavaScript)
-Java
-Devops

Barchani yangi guruhlarga yozilishga taklif etamiz.

👉Trening mutlaqo bepul.👌
#TATU
#Matlab
#Trening

🏛Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Dasturiy injiniring fakulteti tomonidan universitet yosh tadqiqotchilari va doktorantlar uchun “MATLAB Trening” o'quv-amaliy seminari tashkil qilindi.

Tadqiqotchilar ushbu seminar davomida Matlab kompleks dasturiy vositasidan foydalanish, matematik kutubxonalar, qatorli ma'lumotlarga ishlov berish va shu kabi qo‘shimcha kutubxonalaridan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

📌Seminar 2022-yil 8-10-fevral kunlari soat 10:00 dan 12:00 gacha bo‘lib o‘tadi.
#TATU
#ERASMUS+
#SPACECOM
#Trening

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchilari "SPACECOM" loyihasi doirasida Belgiyaning Antverpen shahrida joylashgan AP Hogeschool universitetida bo‘lib o‘tadigan treningda qatnashmoqda.

👉Batafsil
#Trening
#Seminar
#Erasmus+

🇪🇺Yevropa ittifoqining Erasmus+ dasturining “New study program in space systems and communications engineering” SPACECOM (spacecom.uz) loyihasi doirasida Sofia texnika universitetida (Bolgariya) seminar-trening o'tkazildi.

📊Seminarda hamkor universitetlar kordinatorlari va loyiha ishtirokchilari ishtirok etdi. Seminar davomida loyiha bo'yicha bajarilgan ishlar va kelgusida qilinadigan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, o‘quv jarayonlari va ilmiy yo‘nalishlar, universitet laboratoriyalari bilan tanishib chiqildi hamda o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha kelishib olindi.

📆Seminar 2023-yil 20-25 mart kunlari bo'lib o'tdi.

https://t.iss.one/tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Trening

💻Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Germaniyaning Chemnitz texnika universiteti professori Uranchimeg Tudevdagva honim tomonidan trening o'tkazildi.

🟦TreningPersonal development training for university members” mavzusidagi bo’lib o’tdi. Trening kursi yakunida universitetimizning professor-o‘qituvchilariga sertifikatlar taqdim etildi.

🗒Ushbu trening professor-o‘qituvchilarning ilmiy-pedagogik faoliyatini yanada oshirishga qaratildi, trening orqali professor-o'qtuvchilar ko'plab foydali va qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lishdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ERASMUS
#trening

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o'qituvchilari Sorbonna universitetida bo'lib o'tayotgan ERASMUS+ SPACECOM loyihasining navbatdagi seminar-treningida qatnashmoqdalar.

https://t.iss.one/tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Trening

⚡️Barcha talabalar diqqatiga

🔝 Joriy yilning 24-may (seshanba) kuni soat 15:00 da Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faollar zalida o'z sohasida muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar ishtirokida trening  bo'lib o'tadi.

🔝 Treningda Siz, savollaringizga javob olish bilan bir qatorda, ularning faoliyati davomida orttirgan tajribalaridan bahramand bo'lasiz. Eng yaxshi savol egalarini esa maxsus sovg'alar kutmoqda!

🔝 Spikerlar:

🫥 Sh.Magdiyev "Ilm.uz" akademiyasi asoschisi, tadbirkor.

🫥 Sh.Baxodirov"Thompson school", "Thompson kids" va boshqa bir qancha loyihalar asoschisi.

🫥 U.Ortiqov"QUARTY ALFAJR" IT kompaniyasi va "Calibri Education" o'quv markazlari asoschisi. 

Tadbirda qatnashish bepul, bunday imkoniyatni boy bermang!

https://t.iss.one/tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#trening #MS_Azure_certificate

Joriy yilning 14-noyabr kuni Microsoft kompaniyasi tomonidan beriladigan Xalqaro "MS Azure certificate"ni olish istagida bo'lgan talabalar uchun trening o'tkazildi. Mazkur trening talabalar uchun online shaklda Zoom formatida tashkil etildi.

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Janubiy Koreyaning KOICA agentligi hamda Kookmin universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan "TATUda innovatsion biznes IT ta'lim tizimini tashkil etish" grant loyihasi doirasida Xalqaro "MS Azure certificate"ni olish istagida bo'lgan talabalar uchun mazkur sertifikatni olish bo'yicha Kookmin universiteti professor-o'qituvchilari tomonidan zaruriy bilim hamda ko'nikmalar berildi.

📊 Mazkur loyihada ishtirok etib Xalqaro sertifikatni qo'lga kiritish istagida bo'lgan 25 nafar TATU talabalarining sertifikatni olish uchun sarflangan mablag'lari qoplab beriladi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#trening #grant_dasturi

👥 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Kompyuter tizimlari” kafedrasi mudiri, PhD. Raximov Mexriddin Fazliddinovich Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) tomonidan tashkil etilgan "AKT sohasida kadrlar malakasini oshirish" grant dasturida ishtirok etmoqda.

Ushbu dasturda O‘zbekiston, AQSH, Yaponiya, Janubiy Koreya va boshqa yetakchi davlatlardan malakali kadrlar ishtirok etmoqda.

🗒Ma'lumot o'rnida: Mazkur dastur - axborot xavfsizligi, elektron hukumat, AKT rivojlanish strategiyasi, Linux tizim administratorligi, IoT, korxonalar IT-arxitekturasi, loyihalarni boshqarish hamda tizim xavfsizligi bo‘yicha kadrlar tayyorlashga mo‘ljallangan bo‘lib, Yaponiyaning Okinava xalqaro markazida JICA va Fujitsu Co.Ltd tomonidan olib borilmoqda.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#trening #GITA

📣TATU talabalari diqqatiga!!

➡️ Joriy yilning 28-30- mart kunlari soat 15:00dan 17:00gacha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Dasturiy injiniring fakulteti va “GITA” dasturchilar akademiyasi bilan hamkorlikda talabalarning Web ilovalar yaratish va Web texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida “Practice Front End Web Development” mavzusidagi seminar-trening o'tkaziladi.

🖋 Seminar-trening davomida talabalar guruhlarga ajratilib, har bir guruhning o‘z loyihalari ustida ish olib borishi va trening yakunida loyihalar bo‘yicha taqdimot o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Seminar-trening yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar beriladi.

🆔 Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati: 2024-yil 27-martgacha

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola👇:

https://forms.gle/7Ufu3BS2ineb1YpDA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imkoniyat #trening

📣 Universitetimiz professor o’qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar hamda talabalar uchun yana bir imkoniyat!

👥 Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi vа “Clarivate" kompaniyasi hamkorligida "Web of Science" xalqaro ilmiy ma'lumotlar bazalaridan foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar va uning imkoniyatlari haqida ma'lumot beruvchi bepul onlayn treninglar tashkil etmoqda.

Shu munosabat bilan, xalqaro ilmiy ma'lumotlar bazalaridan foydalanish
ko'nikmalari bilan tanishishga qiziqish bildirgan xodimlar o'quv kurslarida ishtirok etish imkoniyati mavjudligini ma'lum qilamiz.

Ushbu kurslar "Clarivate" kompaniyasining malakali mas'ul xodimi Tixonkova Irinа Aleksandrovna tomonidan olib boriladi. O'quv dasturi va tadbirga oid qo'shimcha ma'lumotlar bilan quyidagi link orqali ma’lumot olishingiz mumkin:

Batafsil➡️https://clarivate.libguides.com/CA/UZcertification
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#trening #grant_dasturi

👥 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti "Kiberxavfsizlik" kafedrasi assistenti, Daminov Akmalbek Abdurasulovich Xitoy xalqaro hamkorlik agentligining (CIFAL) tomonidan tashkil etilgan "Information Security Technologies for the 'Belt and Road' Countries" grant dasturida ishtirok etmoqda.

Ushbu dasturda O‘zbekiston, Marokko, Xitoy, Qatar, Iroq, Armaniston, Janubiy Afrika, Laos, Kuba va boshqa davlatlardan malakali kadrlar ishtirok etmoqda.

🗒 Ma'lumot o‘rnida: Mazkur dastur — axborot xavfsizligi, elektron hukumat, AKT rivojlanish strategiyasi, kibervfsizlik, korxonalar IT-arxitekturasi va tizim xavfsizligi bo‘yicha kadrlar tayyorlashga mo‘ljallangan bo‘lib, Xitoyning Shanxay shahrida "CIFAL Shanghai" tomonidan olib borilmoqda.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#trening #china #wuhan #blockchain

👥Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU "Tizimli va amaliy dasturlashtirish" hamda "Teleradioeshittirish tizimlari" kafedralari mudirlari Kamil Kerimov va Alisher Berdiyevlar Xitoy Xalq Respublikasining Uxan shahrida o'tkazilayotgan "Seminar on Technologies of Blockchain and Information Security for Developing Countries" seminarida ishtirok etmoqda.

Ushbu dasturga O'zbekiston, Yaman, Janubiy Afrika, Tanzaniya, Afg'oniston, Kambodja, Eron, Nepal va Ozarbayjon davlatlaridan turli soha mutaxassislari hamda muhandislari taklif qilingan.

🗒Ma'lumot uchun: ushbu seminar global Blockchain texnologiyalari, axborot xavfsizligi hamda ushbu sohadagi innovatsion yechimlar, Blockchain tizimida kriptografiya, sun'iy intellekt va Big Data hamda Blockchain texnologiyalari integratsiyasi, shuningdek, telekommunikatsiyada innovatsion yechimlar sohalari bo'yicha malaka oshirishga mo'ljallangan bo'lib, Xitoyning "Wuhan Research Institute of Post and Telecommunications" instituti tomonidan tashkil etilgan.

✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#HuaweiUzbekistan #trening


📣 Huawei O’zbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi koʻmagida AKT Akademiyalari oʻqituvchilarini
“Mobil 2030 tomon yo’l: Simsiz tarmoqning 10 ta tendentsiyasi” mavzusidagi treningda ishtirok etishga taklif qiladi.

🗣️Ma’ruzachi: Dmitriy Konarev, Huawei Senior Solution Architect, Huawei ME&CA.    
💬 Til: rus.     
🕥 Sana: 25-iyul 10:30.   
📌Manzil: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti,
F bino.
  

—————————-
#HuaweiUzbekistan #тренинг
  

📣 При поддержке Министерства высшего образования, науки и инноваций, Министерства цифровых технологий, Huawei Uzbekistan приглашает преподавателей ИКТ Академий принять участие в тренинге на тему: "Дорога к Mobile 2030: 10 трендов беспроводной индустрии".    

🗣️Спикер: Дмитрий Конарев, Senior Solution Architect, Huawei ME&CA.
💬Язык: русский.
🕥
Дата: 25-июля, 10:30.
📌Адрес: Ташкентский университет информационных технологий имени Мухаммад аль-Хорезми, Блок F.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Workshop #Trening #KOICA

🛡 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Janubiy Koreyaning KOICA agentligi hamda Kookmin universiteti hamkorligida amalga oshirilayotgan “TATUda innovatsion biznes IT ta’lim tizimini tashkil etish” grant loyihasi doirasida TATU professor–o‘qituvchilari uchun trening kurslari tashkil etilmoqda.

👥 Mazkur trening kurslari xorijiy yetakchi universitet hamda ishlab chiqarish kompaniyalari, jumladan, Kookmin universiteti, Hy Co.Ltd, Koreya fan va texnologiya axborot instituti (Korea Institute of Science and Technology Information), Seoul Womens University, Portland universiteti (University of Portland) professorlari tomonidan IT o'quv dasturlarini ishlab chiqish (Development of IT programs/curriculums), “Prompt engineering: Advanced Techniques of ChatGPT”, “Business-driven Roadmap -Enterprise software” kabi mavzularda olib borilmoqda.

⭐️ Ma’lumot uchun:
Loyiha 2023-2027-yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, qiymati 5 million AQSh dollariga teng. Unga ko‘ra, TATUda Biznes IT ta’lim yo‘nalishi va ishlab chiqarish zonasi tashkil etish, 100 dan ortiq professor-o‘qituvchi hamda mutaxassislarning malakasi oshiriladi, shuningdek, 5 nafar PhD va 10 nafar magistrlar Kookmin universitetida o‘qish imkoniga ega bo‘ladilar.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Workshop #Trening #KOICA

🇺🇿 💻 🇰🇷 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Janubiy Koreyaning KOICA agentligi hamda Kookmin universiteti hamkorligida amalga oshirilayotgan “TATUda innovatsion biznes IT ta’lim tizimini tashkil etish” grant loyihasi doirasida TATU professor–o‘qituvchilari uchun “Invitational training programm for TUIT” trening kurslari tashkil etilmoqda.

👥 Mazkur trening kurslar Kookmin universiteti professorlari tomonidan olib borilmoqda.

🗒 Ma’lumot uchun:
Loyiha 2023-2027-yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, qiymati 5 million AQSh dollariga teng. Unga ko‘ra, TATUda Biznes IT ta’lim yo‘nalishi va ishlab chiqarish zonasi tashkil etish, 100 dan ortiq professor-o‘qituvchi hamda mutaxassislarning malakasi oshiriladi, shuningdek, 5 nafar PhD va 10 nafar magistrlar Kookmin universitetida o‘qish imkoniga ega bo‘ladilar.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM