TATU | Rasmiy kanali
14.5K subscribers
19.3K photos
2.25K videos
254 files
4.56K links
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#TATU #XalqaroHamkorlik #OAV

TATU bilan hamkorlikda Janubiy Koreyada tashkil etilayotgan xalqaro konferensiya va ko‘rgazma Koreyaning bir qancha ommaviy axborot vositalari nigohida

Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etishda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi ko‘magida IT ta’lim sohasini rivojlantirish, nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda axborot texnologiyalari sohasiga yangi tendensiyalarni olib kirish yuzasidan TATUda bir qancha ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Jumladan, bugungi kunda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o‘tkazilishiga doir targ‘ibot tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish, mamlakatimizda raqamli texnologiyalar sohasida amalga oshirilayotgan ilmiy va amaliy ishlarni xorijiy hamkorlar hamda olimlar doirasida keng targ‘ib qilishga qaratilgan ko‘rgazma Janubiy Koreyaning Kukmin universitetida tashkil etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilda Samarqand shahrida YUNESKO — Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi bo‘lib o‘tadi. Qirq yildan ortiq vaqt davomida ilk bor YUNESKO Bosh assambleyasining sessiyasi Parij shahridan tashqarida bo‘lib o‘tadi.

Shu bilan birgalikda TATUda AQSHning Elektrotexnika va elektronika muxandislari instituti (International Institute of Electrical and Electronics Engineers (IEEE), IEEE Photonics Society) bilan hamkorlikda tashkil etib kelinayotgan “International Conference on Information Science and Communications Technologies: Applications, Trends and Opportunities - ICISCT 2024” xalqaro konferensiya mazkur yilda ilk bor Janubiy Koreyaning Kukmin universitetida o‘tkazilmoqda.

Mazkur konferensiyada xorijiy mutaxassislar ishtirokida turli texnologik yangiliklar muhokama etiladi, konferensiya materiallari elektron resurs sifatida chop etilib, Engineering Index (EI) va EI Compendex IEEE XploreTM tarkibida ISBN raqamlari bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda SCOPUS bazasida indekslanadi.

📰Konferensiya va ko‘rgazma haqidagi maqolalar quyidagi taniqli xorijiy OAVlarda e'lon qilindi:

🟢Herald Economy
🟢Asian Economy
🟢Electronic newspaper

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍122👌1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ŏzbekiston24 #Xalqarohamkorlik #TATUOAVnigohida

Fakt 24 | BAAning AL-Qosimia universiteti bilan hamkorlik

🇦🇪 Joriy yilning, 13-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Al-Qosimia universiteti rektori Prof. Dr.Awad Al-Khalaf va Xalqaro aloqalar va talabalarni ishga qabul qilish boshqarmasi direktori Dr.Zakaria Nuhu tashrif buyurdi. Mazkur tashrif davomida muassasalarimiz o‘rtasida ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma loyihalar va ta’lim aloqalarini mustahkamlash masalasi kelishildi.

🗒 Shuningdek, professor-o‘qituvchilarning qisqa muddatli stajirovkalari, talabalar almashinuvi, hamkorlikda ilmiy loyihalar ustida ishlash, ilmiy maqolalar chop etish masalalari yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

🙋‍♂️ Shu haqida O'zbekiston 24 telekanalining Fakt 24 informatsion dasturi orqali reportaj tayyorlanib efirga uzatildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥5
#TUIT #Vibrance25 #VITChennai #XalqaroHamkorlik

TATU talabalari VIT Chennai'dagi Vibrance 25 festivalida ishtirok etmoqda!


🇮🇳 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Dasturiy injiniringi fakultetining ikki nafar talabasi Akhlidinov Jamshidbek hamda Tohirov Quvonchbeklar Hindistonning VIT Chennai universitetida tashkil etilgan Vibrance 25 xalqaro musobaqada ishtirok etmoqda!

Mazkur musobaqada 50 dan ortiq davlatlarning yetakchi OTMlaridan talabalar Ashyolar interneti (IoT) hamda Sun’iy intellekt bo‘yicha o‘z bilimlarini namoyish etishadi. Mazkur dastur universitet talabalar uchun o‘zaro tajriba oshirish, Hindistonning madaniy muhitida ishtirok etish, xalqaro do‘stlar orttirish va o‘z mahoratlarini namoyon qilish uchun platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.

🎉 Talabalarimizga omad tilaymiz va ularning yutuqlari bilan faxrlanamiz!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐳660👍16🔥8👏5