TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.1K photos
1.92K videos
251 files
4.12K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#digital
#mitc
#xotinqizlar
#imkoniyat

👩‍🎓 Xotin-qizlar uchun ta’lim dasturida qatnashishga shoshiling!

So‘nggi yillarda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash doimiy e’tiborimiz markazida bo‘lib kelmoqda. Buning uchun davlatimiz tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligi tashabbusi bilan turli tashkilotlar hamkorligida bir qancha loyihalar amalga oshirilmoqda.

Shu kabi loyihalardan biri bu – “Wspark Women in Tech”. Ushbu loyiha Markaziy Osiyoda AKT sohasida yosh ayol IT-mutaxassislar uchun ta’lim dasturi hisoblanadi. Barcha IT sohasiga qiziquvchi xotin-qizlar “Wspark Women in Tech” tanlovida ishtirok etishlari uchun ro’yxatdan o’tishi mumkin.

Arizalarni qabul qilish 15-maygacha davom etadi.

Quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’ting: https://bit.ly/WsparkWomeninTech
Hunarmandlar uchun elektron tijorat platformalarida daromad topish bo‘yicha bepul ta’lim dasturi

Raqamli texnologiyalar vazirligi hunarmandlar uchun elektron tijorat platformalarida daromad topish bo‘yicha bepul ta’lim dasturini e’lon qiladi.

Dasturdan asosiy maqsad – hunarmandlarni yirik xalqaro va mahalliy elektron tijorat platformalarida o'z mahsulotlari bilan savdo qilib, daromadga chiqishga ko'maklashishdan iborat.

Dastur davomida “Uzum”, Novica.com, Mato.uz kompaniya vakillari tomonidan “Uzum”, “ETSY”, “Amazon”, “EBAY” kabi elektron tijorat platformalarida ishlash, elektron savdo platformalarining imkoniyatlari, ichki va tashqi bozorlarda xaridorlar topish, mahsulotni dunyo bo‘ylab sotish va boshqa qo‘shimcha ko‘nikmalar o‘rgatiladi.

Dastur 2-iyun kuni soat 9:30 dan 17:00 gacha Toshkent shahridagi Inha Universiteti binosida bo‘lib o’tadi.

🔗 Quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin: https://bit.ly/talim_dasturi

#digital
#mitc
#xotinqizlar
#talimdasturi

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#digital
#xotinqizlar
#IT

“Ota-onamning qo‘llab-quvvatlashi bilan IT sohasiga kirib kelganman”

Xotin-qizlarni axborot texnologiyalar sohasiga jalb qilish, zamon talabi o’laroq, yurtimizda bu yo‘nalishda bir qancha loyihalar amalga oshirilib, ularni kasbli qilish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Buning bir misolida IT sohasida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan xotin-qizlardan biri navbatdagi sonimiz qahramoni bo‘ldi.

Tanishing, Epam kompaniyasida Dasturchi muhandis (Software Engineer) – Aziza Abdurahmonova.

Qahramonimiz suhbat davomida xotin-qizlar qanday potensialga ega ekanligi, ularga to‘g‘ri yo‘nalish va imkoniyat berilsa, nimalarga qodir ekanligini ko‘rsatishi haqida to‘liq so‘zlab berdi.

👇 To‘liq suhbatni

👥 Facebook orqali ko‘rish: https://fb.watch/m7uEZYJmJQ/?mibextid=cr9u03

🟥 YouTube orqali ko‘rish(4K): https://youtu.be/7mAQb6WWa2Y
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XotinQizlar #anjuman

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “IT sohasi rivojida xotin - qizlarning o‘rni” mavzusidagi xalqaro anjuman va Xotin-qizlarning IT sohasiga tadbiq qilishga yo‘naltirilgan dasturiy mahsulotlar, veb sayt, mobil ilova va innovatsion loyihalarini targ‘ibotiga yo‘naltirilgan “ITWomenUZ-2024” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

🔄 Ushbu anjumanda nafaqat universitetda faoliyat yurituvchi olima-ayollar balki, xorijlik olimalar ham tashrif buyurib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Anjuman doirasida tashkil etilgan “ITWomenUZ-2024” ko‘rgazmasidagi olima ayollarning dasturiy mahsulot, veb sayt, mobil ilova va innovatsion loyihalari tashrif buyurgan mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.  

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XotinQizlar #TõmarisIzdoshlari

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Xotin-qizlar kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Aloqa harbiy instituti bilan hamkorlikda universitetda tahsil olayotgan talaba qizlar o‘rtasida xotin-qizlarni buyuk ajdodlarimiz ibratli tarixi, vatanga muhabbat, ezgulik, rahmdillik, halollik, mehnatsevarlik, tadbirkorlik va fidoyilik singari xalqimizning ko‘p asrlik an’analarini hurmat qilish ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan ijtimoiy faoliyatga jalb etish maqsadida 29-noyabr kuni “To‘maris izdoshlari” milliy tanlovini o‘tkazdi.

🌷 Tanlov nizomiga muvofiq: birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish; 3-turdagi sport mashqlari bo‘yicha musobaqalar tashkillashtirilib, mutaxassis tomonidan nazorat qilib borildi .

Tanlov yakuniga ko‘ra:
1- o‘rin: Kiberxavfsizlik fakulteti 714-23 guruh talabasi Odilova Dilshoda 
2- o‘rin: R va MAF 813-24-guruh talabasi Jumamuratova Dilshoda
3-o‘rin: AKTsIMF 111-23 guruh talabasi Maxmudova Ruxshona sazovor bo‘ldilar.


✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OchiqMuloqot #XotinQizlar

☁️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 1-talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-qizlar bilan universitetda faoliyat yurituvchi lider ayollarning ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

⚪️Muloqotda mamlakatimizda yosh avlodning bilimli, kasb-hunarli, hur fikrli bo‘lib voyaga yetishi uchun yaratilgan shart-sharoit, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda gender tenglikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida atroflicha so‘z yuritildi. O‘z mehnat faoliyati borasida so‘z yuritgan ayollar erishgan yutuqlari haqida va kasb tanlash ham saodat ekanligini alohida ta’kidladilar.

🔄 Uchrashuvda lider xotin-qizlar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashish jarayonida huquqini va burchini bilgan, qonunlarni hurmat qilgan intiluvchan yoshlar va qizlar, kelajagimizning haqiqiy egalari ekanligi, har bir kasbning mashaqqati, mas’uliyati bor ekanligi haqida va albatta oila, milliy urf-an’analarimiz va uning tamoyillari haqida so‘z yuritdilar.

❤️Suhbat juda ma’lumotlarga va savol-javoblarga boy bo‘ldi. Suhbat so‘ngida eng dolzarb savol sohibalariga spikerlar tomonidan sovg‘alar berildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM