TATU | Rasmiy kanali
14.9K subscribers
17K photos
1.9K videos
251 files
4.11K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
​​#Malaka_oshirish

Талабалар учун халқаро стантдартларга мувофиқ АССА курслари ташкил этилмоқда

Ўзбекистон Респуликаси Президентининг ПҚ-4611 қарорига асосан 2021 йил 1 январдан йирик солиқ тўловчи юридик шахслар Молиявий Ҳисоботнинг Халқаро Стандартларига (МҲХС) ўтиши белгиланган.

Президент қарорига асосан талабаларни ҳам мазкур стандртлар асосида ўқитиш ва улар ўқув курсини муваффақиятли якунлаган тақдирда ўқитиш харажатлари Молия вазирлиги томонидан аккредитациядан ўтган ўқув марказларига қисман қоплаб берилади.

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги талабалар учун курсларни ташкил этиш мақсадида АССА томонидан халқаро аккредитациядан ўтган "Tashkent Institute of Business Administration" (ТИБА) билан ҳамкорликни йўлга қўйди.

Имзоланган меморандумга кўра, ОТМ талабаларини МҲХС бўйича тайёрлаш мақсадида Тошкент давлат иқтисодиёт университети қошидаги ТИБА ўқув марказида АССА курсларини ташкил қилишга келишиб олинди.

Курслар 2021 январь ойидан бошланиши режалаштирилмоқда, ҳозирда курсларга қабул жараёни кетмоқда.

👉 ТИБА билан боғланиш учун @ifrs_uz

📞 Мурожаат учун: (99) 029-29-59

Маълумот учун, Association of Chartered Certified Accountants (ACCA) — бу молия ва ҳисоб-китоб соҳасидаги профессионал мутахассисларнинг глобал уюшмаси бўлиб, 1904 йилда ташкил этилган. Уюшма 227 000 аъзога, 179 мамлакатда 544 000 талабага эга. ACCA бош қароргоҳи Лондонда жойлашган.

Вазирлик телеграм каналига уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEX5-AsADEDumdCB6g
#malaka_oshirish
#ERAMUS
#TATU

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining professsor o'qituvchilari Yevropa ittifoqining Erasmus + "Oliy ta'limda salohiyatni oshirish - CBHE" dasturi tomonidan moliyalashtirilgan "UzMedEn: O‘zbekistonda tibbiyot muhandisligi sohasida yangi magistratura dasturi va malaka oshirish kurslarini ishlab chiqish" loyihasi doirasida malaka oshirish kurslarida ishtirok etishmoqda.

Latviyaning Riga texnika universitetida rejalashtirilgan ikki haftalik malaka oshirish kurslar joriy yilning 18 sentabr kunidan boshlandi. Malaka oshirish kurslarining rasmiy ochilish marosimiga O‘zbekiston Respublikaning Latviyadagi favqulotda va muxtor elchisi Kadambay Sultanov, Riga texnika universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Prof. Elina Gaile-Sarkane, Muhandislik fakulteti dekani Doc Ivo Vaicis va O‘zbekiston Respublikasining 7 ta oliy ta’lim muassasalaridan 30 ga yaqin professor o‘qituvchilari ishtirok etdi.

📆 Yaqin ikki hafta davomida O‘zbekistondan tashrif buyurgan professor o‘qituvchilar biotibbiyot muhandislik sohasida Yevropa ittifoqining ilg‘or tajribasini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#malaka_oshirish

🙋 2024-yilning 16-19-aprel kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kiberxavfsizlik fakulteti professor-o‘qituvchilari, Ganiev Abduxalil, Xamidov Sherzod Moliyaviy monitoring bo‘yicha xalqaro o‘quv-uslubiy markazi tomonidan Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish (yuvish)ga qarshi kurashish sohasida oliy ta’lim tashkilotlari mutaxassislarini o‘qitishda amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuv” dasturi bo‘yicha kadrlar malakasini oshirish kursi, 2024-yilda “Moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha” o‘tkaziladigan Xalqaro olimpiadani tashkil etish va o‘tkazish masalalari, chiqish maqsadida tashkil etilayotgan xalqaro tarmoq institutining 20-kengashi yig‘ilishida muvaffaqiyatli ishtirok etib qaytishdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Malaka_oshirish #TATU_ustozlari #Yaponiya

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PQ-167-sonli “O‘zbekiston Respublikasining muhim axborot infratuzilmasi obyektlari kiberxavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan vazifalarni o‘z vaqtida, mukammal bajarish yuzasidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘z professor-o‘qituvchilarini dunyoning rivojlangan davlatlarining universitetlari va markazlarida malaka oshirish, stajirovka dasturlarida ishtirok etishini doimiy ravishda monitoring qilib boradi hamda ushbu jarayonlarga alohida ahamiyat berib kelmoqda.

🇯🇵🤝🇺🇿 TATU Kompyuter tizimlari kafedrasi mudiri Raximov Mexriddin Fazliddinovich Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi “AKT sohasida kadrlar malakasini oshirish grant dasturi doirasida Yaponiyaning Okinava JICA va Fujitsu Co.Ltd. xalqaro markazida qariyb besh oy davom etgan trening kursini muvaffaqiyatli yakunladi.

🗒 24-yanvardan 24-maygacha boʻlib oʻtgan asosiy kursda AKT dan foydalangan holda tashkilotlar faoliyatini takomillashtirishni rejalashtira oladigan va amalga oshira oladigan kadrlarni shakllantirish boʻyicha bilim va ko’nikmalar berildi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha ma’ruzalar bilan bir qatorda, tinglovchilar Okinava ichida va tashqarisidagi ma’muriy muassasalar va xususiy kompaniyalarga tashrif orqali AKT afzalliklari haqida turli bilimlarga ega bo‘ldilar.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hindiston #malaka_oshirish

Hindistonning Bankirlar qishloq taraqqiyoti institutida TATU professor-o‘qituvchisi
malaka oshirdi

Joriy yilning 5-9-avgust kunlari Kiberxavfsizlik fakulteti dekani Sherzod G‘ulomov Hindistonning Bankirlar qishloq taraqqiyoti institutida “Tashkilot va muassasalarda boshqaruvchanlik ko‘nikmalarini rivojlantirish” kursi bo‘yicha malaka oshirdi. Ushbu kursda qatnashishdan asosiy maqsad tashkilot va muassasalarda boshqaruvchanlik ko‘nikmalarini rivojlantirish zarurati va ahamiyatini belgilash, jamoa bilan ishlash elementlarini aniqlash, shuningdek, tashkilot va muassasalarda mojarolarni hal qilish ko‘nikmalarini o‘zlashtirish hamda hissiy intellektni oshirish bosqichlarini o‘rganishdir.

Kurs davomida boshqaruvchanlik ko‘nikmalarini yanada chuqurroq o‘rganish, jamoaviy ishlashda samaradorlikni oshirish hamda tashkilot va muassasalarda mojarolarni yechishda konstruktiv yondashuvlarni qo‘llash kabi muhim jihatlarni amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari muhokama etildi.

Bundan tashqari, hissiy intellektni rivojlantirish orqali jamoaning umumiy ish samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi yondashuv va modellar ham tahlil etildi.
 
✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#malaka_oshirish

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida “Muhandislik sohasida kadrlar tayyorlash va oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 20-iyun kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilangan vazifalar yuzasidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti muhandislik kafedralari professor-oʻqituvchilari soha boʻyicha biriktirilgan ishlab chiqarish korxona va tashkilotlarida 2024-yil 23-sentyabrdan bir haftalik malaka oshirishga yuborildi.

🤔 Malaka oshirishning maqsadi ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasiga qaratilgan bo‘lib, unda professor-o‘qituvchilar sohaga oid yechimini kutayotgan muammolar, yangi zamonaviy tеxnik jihozlar, laboratoriya qurilmalari va ishlab chiqarish tizimi bilan yaqindan tanishmoqda.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM