TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.2K photos
1.94K videos
251 files
4.14K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Savol_javob

Тўлов-контракт маблағларини тўлашда талабаларга берилган 10 фоиз чегирмалар бўйича энг кўп берилган саволларга жавоблар

Қарийб бир ҳафта олдин, 18 сентябрь куни вазирлик телеграм канали орқали талабалар ва уларнинг ота-оналаридан янги ўқув йили учун тўлов-контракт маблағларини тўлашда талабларга берилган 10 фоиз чегирмалар бўйича тушунмовчиликлар ҳақида маълумот беришни сўраган эдик.

Ўтган вақт мобайнида @otvmurojaat_bot боти орқали 3500 дан ортиқ турли мазмундаги хабарлар келиб тушди. Шулардан мавзуга оид энг кўп сўралган саволларга жавобларни келтирамиз.

10 фоизлик чегирма қайси таълим шаклида ўқийдиган талабаларга берилади?

Давлат ОТМларининг бакалавриат ва магистратурасида кундузги таълим шаклида тўлов-контракт асосида таҳсил оладиган барча талабаларга шартнома шартларини бажаришда амалдаги базавий тўлов-контракт (стипендиясиз қисмидан) миқдорига 10 фоиз чегирма берилди.

Иккинчи мутахассисликда таҳсил оладиган талабаларга ҳам чегирма бериладими?

Берилади, агарда талаба иккинчи мутахассисликда таълимнинг кундузги шаклида тўлов-контракт асосида таҳсил олаётган бўлса.

Сиртқи ва кечки таълим шаклида ҳам бу имконият бериладими?

Чегирмалар давлат олий таълим муассасаларида тўлов-контракт асосида таҳсил оладиган талабалар учун берилиши белгиланган.

Чегирмалар нодавлат ва хорижий олий таълим муассасалари, қўшма таълим дастурларида ҳам амал қиладими?

10 фоизлик чегирма фақат давлат олий таълим муассасаларида жорий этилган. Нодавлат ва хорижий олий таълим муассасаларида, шунингдек, қўшма таълим дастурларида ўқув жараёнини ташкил этиш билан боғлиқ барча масалалар таъсисчилар ва хорижлик ҳамкорлар билан келишилган ҳолда амалга оширилади. Шу жумладан, ўқитиш нархлари ва тўловни амалга ошириш шаклларини белгилаш ҳам.

10 фоизлик чегирма келгуси ўқув йилида ҳам амал қиладми?

Мазкур имтиёз вазирлик томонидан Молия вазирлиги билан биргаликда пандемия шароитида аҳолининг тўлов қобилияти пасайишини ҳисобга олиб, бугунги кунда белгиланган базавий тўлов-контракт миқдорлари ўқитишнинг минимал харажатларини қопламаётганига қарамасдан, фарзанди тўлов-шартнома асосида ўқийдиган оилаларга енгиллик яратиш ва уларни қўллаб-қувватлаш мақсадида 2020/2021 ўқув йили учун жорий этилди.

❗️Юборилган хабарларда тўлов-шартнома шартларини бажаришда талабаларга берилган 10 фоиз чегирма ҳисобланиши билан боғлиқ муаммоли ҳолат бўйича биронта маълумот келиб тушмаган.

Жамаотчилик томонидан телеграм ботга юборилган соҳага оид бошқа мазмундаги саволларга ҳам жавоблар эълон қилинади.

Ҳурматли талабалар ва ота-оналар!

Агар Сизда олий, ўрта махсус ва профессионал таълим тизими билан боғлиқ саволлар бўлса, аниқ фактларни кўрсатган ҳолда телеграмдаги @otvmurojaat_bot орқали бизга маълум қилинг. Ҳеч бир мурожаат эътиборсиз қолдирилмайди!

👉 Мурожаат учун - @otvmurojaat_bot

ОЎМТВ Ахборот хизмати

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг расмий телеграм каналига уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEX5-AsADEDumdCB6g
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sessiya
#savol_javob
#TATU

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari univerisitetida imtihon jarayonlari davom etmoqda. Talabalarni kayfiyatini ko'tarib, motivatsiya berish uchun intellektual savol-javob uyishtirdik.

🤔 Xo'sh, talabalar kutilmagan savollarga qay darajada javob bera olar ekan?



💻 В Ташкентском университете информационных технологий имени Мухаммада аль-Хорезми продолжаются экзамены. Мы провели небольшое интервью со студентами в виде вопрос-ответ, чтобы поднять настроение и мотивировать студентов.

🤔Итак, насколько хорошо студенты могут ответить на неожиданные вопросы?

@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

So'nggi kunlarda talabalarimiz tomonidan ijtimoiy tarmoqlarimiz hamda telegram botimizga eng ko'p yo'llangan savollarga, mutasaddilarimizdan javob oldik.

Savol: Qayta o'qish uchun to'lovni qaysi sanagacha amalga oshirish kerak?

Savol: Super kontrakt asosida o'qishga qabul qilingan talabalar uchun yozgi semestrda ham qayta o'qish tekinmi?

Savol: Ta'lim shaklini kunduzgidan sirtqiga o'tkazish jarayoni qanday amalga oshiriladi va uning shartlari qanday? Qarzdor talaba sirtqi ta'limga o'tgach fanlarni topshirsa bo'ladimi?

Savol: Hozirda men davlat granti asosida o'qiyman, ba'zi bir sabablarga ko'ra o'qishimni vaqtinchalik to'xtatib, 1-2 yildan keyin davom ettirishim mumkinmi?

✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob
#TATU

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida yangi o'quv yili ham boshlandi. Talabalarimizning o'zlari tahsil olayotgan oliy o'quv yurti haqida nimalar bilishini tekshirib ko'rish uchun, kichik viktorina o'tkazdik.

🧐 Xo'sh, talabalar kutilmagan savollarga qay darajada javob bera olishar ekan?

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob #TATU_talabalari

📄 Universitetimiz talabalari o'rtasida so'rovnoma o'tkazildi. So'rovnomaning mazmuni esa TATU rahbariyati tomonidan talabalarga qaysi tadbirni tashkil etilishini ko'proq xohlayotganlgini aniqlash edi.

🫵 Sizchi? Tez kunlarni qanday ko'ngilochar tadbir o'tkazishimizni xohlaysiz? O'zingiz xohlayotgan tadbirga mos reaksiyani qoldiring:

🟢TUIT party - 👏
🟢Movie night (Kino) - 👍
🟢Mafia intellektual o'yini - 😍

@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob
#TATU_talabalari

🙋 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari o'rtasida ularning intellektual salohiyatini ko'tarish va o'qishga bo'lgan ishtiyoqini kuchaytirish maqsadida savol-javob o'tkazildi. To'g'ri javob bergan talabalarga esa kichik so'vg'alar taqdim etildi.



🙋Среди студентов Ташкентского университета информационных технологий имени Мухаммада аль-Хорезми были проведены вопросы и ответы с целью повышения их интеллектуального потенциала и повышения мотивации к учебе. А учащимся, которые ответили правильно, были вручены небольшие подарки.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

🤔 Bir oyda sizning juftingiz qancha topishi kerak?

Siz qanday fikrdasiz?



🤔 Сколько должен зарабатывать ваш партнер в месяц?

А как вы думаете?

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob #rektor_va_yoshlari #muammolar_yechimlari

Rektor va yoshlar uchrashuvidan
keyingi o'zgarishlar

📌 Xabaringiz bor, 24-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida rektor va talabalar ishtirokida ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

🔔Ushbu uchrashuvda AKT sohasida Kasb ta'limi fakulteti 611-23 guruhi talabasi Zokirov Oybek darsdan tashqari paytda kompyuterlar bilan ta'minlangan xonalarda qo'shimcha shug'ullanish imkoniyatini yaratib berilishini so'ragan edi. Shu kunni o'zidayoq universitetimizning E binosidan darsdan tashqari paytda shug'ullanish uchun kompyuter xonasi ajratilib, Oybekga biriktirildi.

Shu kabi xonalarda dars mashg'ulotlaridan keyin shug'ullanish uchun Oybekga (@Oybek4444) yoki xonalar uchun mas'ul laborantlarga (E binosi 2 qavat) murojaat qilishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob #jadidchilar

🇺🇿 "Jadidlar g'oyasi — Yangi O'zbekiston strategiyasi bilan har tomonlama uyg'un va hamohang" - deya ta'kidlab o'tgan muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.

💬 Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talaba-yoshlarning Jadidlar haqida qay darajada ma'lumotga ega ekanliklarini tekshirish maqsadida kichik savol-javoblar uyushtirildi va barcha savollarga yuqori saviyada javob bergan qatnashchilarga universitet ramzlari tushirilgan esdalik sovg'alar taqdim etildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob #TATU_talabalari

💬 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalaridan kutilayotgan tadbirlarning qay biri ularga ko'proq manzur bo'lishi haqida maxsus so'rovnoma tashkil qilindi.

📌 Eslatib o'tamiz, 2024-yilning 20-24-may kunlari “TUIT bright future week” haftaligi bo‘lib o‘tadi. Unda talabalar turli musobaqalar, hakatonlar, tanlovlar, ko‘rgazma va albatta ko‘ngilochar dasturlarda ishtirok etishlari rejalashtirilgan.

👥 Tez orada har bir tadbir hamda ularda ishtirok etish shartlari bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotlar taqdim etiladi.

🙋 Talabalardan faolroq bo‘lishlarini so‘rab qolamiz, sababi har bir tanlov g‘oliblarini qimmatbaho sovg‘alar va pul mukofotlari kutmoqda.



💬 Был организован специальный опрос со студентами Ташкентского университета информационных технологий имени Мухаммада аль-Хорезми о том, какие из предстоящих мероприятий будет для них наиболее интересными

📌 Напомним, что с 20 по 24 мая 2024 года пройдет неделя “TUIT bright future week”. В нем могут принять участие студенты из ТУИТ и его филиалов в различных конкурсах, хакатонах, конкурсах, выставках и, конечно же, развлекательных программах.

👥 В ближайшие дни будет представлена дополнительная информация по каждому мероприятию, а также по условиям участия в них.

🙋 Мы просим студентов быть более активными, потому что победителей каждого конкурса ждут ценные призы и большие денежные призы.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob #FAQ

So'nggi kunlarda talabalarimiz tomonidan ijtimoiy tarmoqlarimiz hamda telegram botimizga eng ko'p yo'llangan savollarga javoblar (FAQ):

Savol: Qayta o’qishga qolgan talabalar uchun TTJ ajratiladimi?
Javob: 2023-2024-o‘quv yilida ayrim o‘quv fanlaridan akademik qarzdor bo‘lib, qayta o’qishga qolib ketgan talabalarni yozning issiq kunlarida ko’chalarda sarson bo’lib, ijara uylari qidirib yurishlarini oldini olish maqsadida, ularning iltimoslarini inobatga olgan holda, talabaning oʻquv yili davomida oʻzi yashagan TTJ laridan foydalanish imkoniyati beriladi. Bunda talabalar 26-iyun sanasidan boshlab qabul qilinadi. Murojaat uchun manzil: D bino, 115 xona - Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimi. Ish kunlari: dushanba -juma, 09:00dan 18:00 gacha Tel.: +99897 433 0334

Savol: Qayta oʻqish qancha vaqt davom etadi?
Javob: Qayta o’qishning davomiyligi 12 kredit uchun 3 hafta va 24 kredit uchun 6 haftani tashkil qiladi.

Savol: Qayta oʻqish davrida TTJ larda istiqomat qilish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?
Javob: 2ta 3x4 rasm, passport (ID karta) nusxasi, qayta o'qishga qabul qilinganlik shartnomasi, TTJ uchun bir oylik toʻlov kvitansiyasi kerak bo'ladi.

@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM