TATU | Rasmiy kanali
14.5K subscribers
19.2K photos
2.23K videos
253 files
4.51K links
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#ubtuit #seminar

👩‍💻🧑‍💻28-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali talabalari uchun “Raqamli texnologiyalar sohasida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar hamda kelajakda munosib kasbga ega bo‘lish yuzasidan tavsiyalar” mavzusida amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Ushbu seminarda xalqaro IT-sertifikatlar hamda xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarni olishlari uchun yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar mavzularida taqdimot o‘tkazildi. Shuningdek, Xalqaro IT kompaniyalarga ishga joylashishdagi tartib qoidalar bo'yicha maslahatlar berildi. Seminar yakunida talaba-yoshlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.

TATU Urganch filiali matbuot xizmati
Instagram | Youtube | Facebook | Website
#seminar_trening

Kuni kecha, 28-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Kompyuter injiniringi fakulteti 2-kurs talabalari uchun “Raqamli texnologiyalar sohasida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar hamda kelajakda munosib kasbga ega bo‘lish yuzasidan tavsiyalar” mavzusida amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

💬 Mazkur seminarda xalqaro IT-sertifikatlar hamda xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarni olishlari uchun yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar mavzularida taqdimot o‘tkazildi. Seminar yakunida talaba-yoshlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik #seminar #Cyber_Bro

Cyber-Bro kompaniyasi bilan hamkorlik

Joriy yilning 30-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Kiberxavfsizlik fakultetida kiberxavfsizlik sohasida faoliyat olib borayotgan Cyber-Bro kompaniyasi vakili Qurbonov Malik tomonidan seminar-trening amalga o'tkazildi.

💬 Mazkur seminar-treningda fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etib, kiberxavfsizlik sohasida qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalar olib borish, operatsion tizimlarni tarmoq hujumlaridan, jumladan, viruslardan himoyalash va ularga qarshi mexanizmlarni ishlab chiqishlar bo‘yicha ma’lumotlar hamda o‘zaro fikr va tajribalar almashindi.

🖋 Shuningdek, kelgusida kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha maxsus kurslar dasturlarini ishlab chiqishda universitet va kompaniyaning o‘zaro anglashuv memorandumlarini imzolash belgilab olindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #online

📢 Bugun, 12-aprel kuni soat 17:00da Dasturiy injiniring fakulteti va “E&O Global” kompaniyasi bilan hamkorlikda ML dasturchisi Umarov Anvar tomonidan "Katta til model (LLM) va agentlardan foydalanish" mavzusida talabalar uchun onlayn seminar o‘tkaziladi. 

Konferensiya identifikatori :885 5484 9551 Kirish kodi: 1 
Zoomga ulanish havolasi:

https://us06web.zoom.us/j/88554849551?pwd=wjB1aKA5r1cBtAwkNJCHKuIQE8Aw47.1
#seminar_trening

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Sun’iy intellekt ta'lim yo'nalishi o'quv rejasiga kiritilgan  fanlarni o‘qitish metodikasi, oquv dasturlari va sillabuslari muhokamasi” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

💬  Ushbu seminar-treningda O‘zbekistondagi yetakchi OTMlaridan 30dan ortiq olimlar ishtirok etishdi hamda zamonaviy texnologiyalarni turli sohalarga joriy etish, IT texnologiyalarini qo‘llash, sun’iy intellektdan muvafaqqiyatli foydalanish bo‘yicha fikr almashildi.

🤖  Shuningdek, Sun’iy intellekt kafedrasi professor-oqituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan ishlanmalar, amalga oshirilayotgan ilmiy va startap loyihalar taqdimot qilinib, kafedra salohiyati namoyish etildi.
 
📊 Universitetda Sun’iy intellekt yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim sifatini xalqaro darajaga yetkazish, yetakchi Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish va Sun’iy intellekt sohasi fanlari uchun o‘quv metodikasini ishlab chiqish  yuzasidan amaliy ishlar bajarilmoqda.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #Odoo #UIC_Group

Odoo va UIC Group kompaniyalari universitet o‘qituvchilari va talabalariga amaliy mashg'ulotlar va
seminar o'tkazdi.

Amaliy mashg'ulotlar va seminardan asosiy maqsad: TATU ta'lim jarayonalarida eng so'nggi dasturlar, mavjud innovatsion platformalar va dunyo standartlariga mos tizimlardan foydalanish hisoblanadi.

Seminar davomida Odoo ta'lim dasturi orqali ta'lim muassasalariga Odoo dasturiy ta'minotidan talabalarni haqiqiy biznes dunyosiga tayyorlashga yordam berish uchun darslarda ta'lim resursi sifatida qanday foydalanish imkoniyatlari haqida tushuntirildi.

Odoo universitet professor-o‘qituvchilari va talabalariga akademik qo‘llab-quvvatlash uchun har birining ishlash muddati 10 oy bo‘lgan cheksiz miqdordagi Odoo ma’lumotlar bazalaridan bepul foydalanish imkoniyati yaratildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida korxona rahbarlari va mutaxassislari bilan uchrashuvlar tashkil etish rejasi bo‘yicha “Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakulteti kafedralari professor-o’qituvchilari bilan "O'zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish markazi" davlat unitar korxonasi mutaxassislari o’rtasida seminar tashkil etildi.

Unda “Telekommunikatsiya tarmoqlarini monitoring qilish va boshqarish xizmati" boshlig'i o'rinbosari Zilolov Fazliddin Xayatovich hamda bosh mutaxassisi Usmanov Sherzod Mirnumonovich tomonidan “Telekommunikatsiya tarmoqlarini avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi”  mavzusida ma’ruza qildi.

📶 Seminar Respublikamizda faoliyat yuritayotgan uyali kompaniyalarning xizmat ko’rsatish sifatini nazorati, mobil aloqa operatorlarining onlayn kuzatuv holati bo’yicha, aloqa sifatiga tasir etuvchi omillar haqida aytib o’tildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening

📍 Universitetimiz terma jamoa a’zolari joriy yilning 23-iyundan 1-iyulga qadar Turkiyaning Istanbul shahrida xalqaro “6th Algorithm Competition Summer Camp 2024” o‘quv seminar-treningida ishtirok etishdi.

🗒 Universitetimiz talabalari ushbu o‘quv seminar-treningida xalqaro darajadagi mentorlardan tahsil olib, o‘z bilimlarini oshirgan holda, nufuzli ICPC musobaqalarida universitet nufuzini yanada oshirishni maqsad qilgan.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#China #Blockchain_Telecommunication  #Wuhan #Seminar #TUIT

🇨🇳 5-18-iyul davomida
Xitoy Xalq Respublikasining Uhan shahrida o’tkazilgan “Blockchain and Information Security Technology Training Course for Developing Countries” seminari o’z yakuniga yetdi.

Axborot kommunikatsiya sohasida olib borilayotgan keng qamrovli ishlar bilan tanishtirish maqsadida telekommunikatsiya va kiberxavfsizlik sohasidagi yetuk vakillar “FIBER HOME” Co.Ltd, “KINGSOFT.LOG”, “WPS OFFICE GROUP”, “DAMENG DATABASE” Co.Ltd kabi kompaniyalarga amaliy tashriflar tashkil qilindi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun Ichan hamda Xian shaharlariga Xitoy Xalq Respublikasining boy tarixi  hamda muhandislik yutuqlari bilan tanishtirish maqsadida madaniy tashriflar tashkil qilindi.

Seminar yakunida O‘zbekiston delegatsiyasi mamlakatda “Blockchain va Kiberxavfsizlik hamda telekommunikatsiya” sohalarida olib borilayotgan ishlar hamda bir qator istiqbolli loyihalar haqida yakuniy taqdimot bilan qatnashdi.

Mazkur seminarga O’zbekiston, Gana, Armaniston, Janubiy Afrika, Ozarbayjon, Mynama, Eron, Iroq, Kambodja, Afg’oniston va Nepal kabi bir qator davlatlardan mutaxassislar hamda muhandis vakillar taklif qilingan.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#China #Cybersecurity #Informationsecurity #Shanghai #Seminar #TUIT

🇨🇳 4-17-iyul davomida Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahrida o’tkazilgan “Information Security Technologies for the 'Belt and Road' Countries“  seminari o’z yakuniga yetdi.

Axborot kommunikatsiya sohasida olib borilayotgan keng qamrovli ishlar bilan tanishtirish maqsadida  kiberxavfsizlik sohasidagi yetuk vakillar “VECENTEK” Co.Ltd, “WUKONG TECHNOLOGIES (Sichuan) Group” Co.Ltd, “DBAPP Security (Chengdu)” Ltd, "JSY (Jishiyu) Digital Agriculture Center" kabi kompaniyalarga amaliy tashriflar tashkil qilindi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun Shanxay hamda Chengdu shaharlariga Xitoy Xalq Respublikasining boy tarixi hamda muhandislik yutuqlari bilan tanishtirish maqsadida madaniy tashriflar tashkil qilindi.

Seminar yakunida O‘zbekiston delegatsiyasi mamlakatda “Kiberxavfsizlik” sohalarida olib borilayotgan ishlar hamda bir qator istiqbolli loyihalar haqida yakuniy taqdimot bilan qatnashdi.

Mazkur seminarga O’zbekiston, Armaniston, Bahrayin, Kamerun, Kuba, Iroq, Laos, Marokko, Janubiy Afrika, Lesoto kabi bir qator davlatlardan mutaxassislar hamda muhandis vakillar taklif qilingan.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM