TATU | Rasmiy kanali
14.4K subscribers
18.8K photos
2.2K videos
253 files
4.41K links
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#TATU
#Samarqand
#Sayohat

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti AKT sohasida iqtisod va menejment fakulteti professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlari bilan Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi

Sayohat davomida sayohatchilar navqiron Samarqandning qadimiy tarixi va mustaqillik yillarida barpo etilgan bunyodkorlik majmualari to‘g‘risida katta taassurotlarga ega bo‘ldilar.

📌Samarqand shahri qadimdan yer yuzining sayqali deya e’tirof etib kelingan. Bu qadimiy shahar haqida juda ko‘p tarixiy manbalarda ma’lumotlar keltirilgan. Samarqand qadimdan o‘zining betakror go‘zalligi, ajoyib ob-havosi, shirin suvi va mazali nonlari bilan dunyoga mashhur shahar bo‘lgan. Ayniqsa, sohibqiron Amir Temur davrida Samarqand gullab yashnagan, savdo-sotiq markaziga aylangan va eng yuksak kamolotga yetgan.
#TATU
#Sayohat

O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligiga bag'ishlab, bayram munosabati bilan berilgan dam olish kunlarida "O'zbekiston bo'ylab sayohat qil" shiori ostida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitet xodimlari uchun ko‘hna va navqiron Samarqand shahriga hamda Toshkent shahrida joylashgan ziyoratgohlarga sayohat uyushtirildi.
#Sayohat
#Buxoro

💻TATUda ustozlar va xodimlar doimo e'tirof va e'tiborda!

Navro'z bayramini yanada ko'tarinki kayfiyatda nishonlash hamda dam olish kunlarini maroqli o'tkazish maqsadida universitet rahbariyati tomonidan o'qituvchi va xodimlar uchun yurtimizdagi mavjud turizm durdonalaridan biri hisoblangan qadimiy Buxoro shahriga sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida 20 mart kuni:
Sayyid Amir Kulol
Bahouddin Naqshband
Bibi Orifa Siddiqiya ( Bahouddin Naqshband onalarining qabri)
Sitorai Mohi Xosa ( yozgi saroy)

21-mart sanasida:
Labihovuz ansambili ( Nodir devonbegi madrasasi, xonaqohi, Ko'kaldosh madrasasi)
Karvonsaroylar
Mag'oki attor masjidi
Toq va tim bozorlar (Toqi sarrafon, Toqi telpakfurushon, Toqi zargaron )
Hammomlar (XVI asrga tegishli)
Qo'sh madrasa ( Ulug'bek va Abdulazizxon )
Poyi kalon majmuasi ( Minorai kalon, Masjidi Kalon, Mir arab Madrasasi)
Ark qo'rg'oni
Zindon
Chashmayi Ayub maqbarasi
Ismoil Somoniy maqbaralarida bo'ldilar.

https://t.iss.one/tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayohat
#Buxoro

💻TATUda ustozlar va xodimlar doimo e'tirof va e'tiborda!

Navro'z bayramini yanada ko'tarinki kayfiyatda nishonlash hamda dam olish kunlarini maroqli o'tkazish maqsadida universitet rahbariyati tomonidan o'qituvchi va xodimlar uchun yurtimizdagi mavjud turizm durdonalaridan biri hisoblangan qadimiy Buxoro shahriga tashkil etilgan sayohatdan videolavha.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sayohat
#Ziyorat

Joriy yil 28 mart kuni, "Dasturiy injiniring" fakulteti talabalari ishtirokida Parkent tumaniga sayohat uyushtirildi.

🚌Sayohat davomida tuman hududida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasiga qarashli „Quyosh“ majmuasi va Materialshunoslik institutida bo'ldilar.

So'ngra, Parkent tumanida joylashgan qadimiy “XAZRAT ALI BUVA” va "ZARKENT OTA" ziyoratgohida ziyorat qildilar. Sayohat davomida talaba - yoshlar ziyoratgoh qolaversa, yurtimiz tarixi haqida qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ldilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayohat
#Samarqand

Ayni damda Universitetning professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ichki turizm bo'yicha Samarqand shahriga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida shaharning diqqatga sazovor, ko'hna obidalariga sayohat qilishmoqdalar.

Sayohat davomida Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni, Amir Temur jome masjidi (Bibi-Xonim), O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov qabri va Shohi-Zinda majmuasiga tashrif buyurdilar.

📌Talaba-yoshlar Samarqand shahrining qadimiy tarixi va madaniyati, mustaqillik yillarida bunyodkorlik ishlari haqida qiziqarli ma’lumotlarga hamda katta taassurotga ega boʻlishmoqda.

https://t.iss.one/tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Forum #Sayohat #Xiva

Yangi O‘zbekiston ta’limi – Urganch 2023” ta’lim forumining 2 - kuni davom etmoqda.

🗺Forum doirasida TATU va uning filiallaridan forumda ishtirok etayotgan 100dan ziyod talabalarga, Zakovat jamoalari a'zolariga qadim va navqiron Xiva shahriga sayohat uyushtirildi.

"Ochiq osmon ostidagi muzey"da joylashgan me'moriy hamda tarixiy obidalarning barpo etilishi,  ziyoratgoh maskanlarning tarixi bilan bog'liq ma'lumotlarni eshitish bilan birga tomosha qilish orqali o'z bilimlarini yanada boyitdilar.

@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Forum #Sayohat #Xiva

💃🕺 Ayni damda TATU hamda uning hududiy filiallari talaba-yoshlari Xivadagi "Ochiq osmon ostidagi muzey"da vaqtdan unumli foydalangan holda musiqiy kecha uyushtirib, ko'tarinki kayfiyatda qo'shiq aytib, raqsga tushib, ma'naviy ozuqa olishmoqda.

🥳 Ko'rib turganingizdek barcha yoshlarimizning kayfiyati a'lo darajada.

@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live #Sayohat #Xiva

Videolavha#2

💃🕺 Ayni damda TATU hamda uning hududiy filiallari talaba-yoshlari Xivadagi "Ochiq osmon ostidagi muzey"da vaqtdan unumli foydalangan holda musiqiy kecha uyushtirib, ko'tarinki kayfiyatda raqsga tushib, ma'naviy ozuqa olishmoqda.

🥳Talabalarimiz bazmiga xattoki chet ellik mehmonlar ham qo'shilib ko'tarinki kayfiyatga sherik bo'lishmoqda.
#TATU
#Tarixiy_obidalar
#Sayohat

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti xodimlari va talabalariga ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida madaniy hordiq chiqarishlari uchun Xorazmdagi ajdodlarimizdan bizga qolgan, yillar davomida avaylab kelinayotgan ko'hna tarixiy obidalari joylashgan Xiva shahriga sayohat uyushtirildi.

✈️tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_Õzbekiston_yoshlari #TATU #sayohat

📹 Videolavha (1-kun)

🇺🇿 O'zbekiston OTMlari ichida ilk bor, birinchilardan bo'lib Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari univerisiteti hamda uning hududiy filiallari 300 dan ziyod talaba-yoshlari uchun yozgi ta'tilni maroqli o'tkazish va ichki turizmni rivojlantirish maqsadida 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasining "O'zbekiston bo'ylab sayohat qiling!" dasturi doirasida ochiq osmon ostidagi TATU yoshlar festivali tashkil qilindi.

Festivalni universitet rektori B.Maxkamov yurtimizda prezidentimiz sa'y-harakatlari bilan yaratilayotgan imkoniyatlar haqida gapirib berdi va so'zlari so'ngida talabalarimizga maroqli xordiq tiladi.

🏆 Festivalning birinchi kunida shaxmat, stol tennisi, armrestling, volleybol hamda futbol sport turlari bo'yicha musobaqalar bo'lib o'tdi.

🎧🎶 Barcha sport musobaqalari tugagach, vaqtdan unumli foydalangan holda talabalarimiz uchun eng sara sho'x qo'shiqlarni jamlab, musiqiy kecha tashkil etildi. Bir muddat o'tib ushbu kecha festivalning ramziy gulxanini yoqish marosimiga ulanib, yoshlarimiz ijrosidagi qo'shiqlar bilan davom etdi.

📹Ushbu festivalning birinchi kunidan videolavha.

@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sayohat #insholar_tanlovi

Shveytsariyaga barcha xarajatlar qoplangan sayohatni yutib oling !!!

Bu yilgi “Global Essay Competition” tanlovi butun dunyo bo‘ylab yosh liderlarni tanqislik bilan bog‘liq muayyan zamonaviy yoki kelajakdagi muammoga e’tibor qaratishga va uni hal qilishning innovatsion usulini topishga taklif qiladi.

Ushbu insho tanlovining mavzusi: Striving for more or thriving with less – What pressing scarcity do you see, and how do you suggest to tackle it?

Tanlov g‘oliblari “Leader of Tomorrow” jamiyati a’zosiga aylanadi va 2024-yil 2-3-may kunlari Shvetsariyada bo‘lib o‘tuvchi St. Gallen Simpoziumida dunyoning boshqa 200 nafar yosh liderlari bilan birgalikda qatnashadi.

📌Talablar: Ingliz tilida, 2100 ta so‘zgacha.
🗓Muddat: 2024-yil 1-fevral

📄Barcha ma’lumotlar ushbu havolada keltirilgan: https://symposium.org/initiatives/global-essay-competition/

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#teambuilding #TATU_talabalari #turizm #sayohat

🗺 Joriy yilning 5- may kuni Yurtimiz kelajagi hisoblangan yoshlarimizning salohiyati, iste'dodi va tashabbuslarini to'laqonli ro'yobga chiqarish, ma’naviy ongini yuksaltirgan holda mustahkamlash, ruhiy dam olishlari uchun imkoniyat yaratish hamda ichki turizmni rivojlantirishga xissa qo'shish maqsadida 1-TTJ eng faol talabalari uchun Toshkent viloyatining so'lim go'shalari bo'ylab ekskursiyalar tashkil etildi.

Ochiq havoda mashg'ulot o'tkazishni afzalliklari ko’p:
-shaxsning jismoniy holatini yaxshilashga yordam berib, ularning faol va sog'lom bo'lishiga yordam beradi.
-tabiatda bo'lish hissiy holatni yaxshilashga yordam beradi, stressni kamaytiradi va kayfiyatni yaxshilaydi.

📌 Ishonchimiz komilki, o'tkazilgan tadbir talabalarimizga o'ziga ishonch, mas'uliyat, fidoyilik va bag'rikenglik kabi shaxsiy fazilatlarni rivojlantirishga yordam beradi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#live #Sayohat #ichki_turizm

📶 Xa aytgancha, Samarqand tomon yo'l olgan TATU yoshlaridan iborat karvon Jizzaxning mashhur somsalaridan tanavvul qilishga ham ulgurdi...

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ichki_turizm #TATU_yoshlari #sayohat #ArdaKhiva #IchanQala #forum #BirJamoa_birOila

🤔 Bugun, 12-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallaridan 700 dan ziyod talabalar, professor-o'qituvchilar hamda xodimlar uchun “Sog‘lom inson sog‘lom millat – Urganch 2025” forum doirasida ichki turizmni rivojlantirish va tarixiy yodgorliklar, milliy me'morchiligiz nanumalari bilan yaqindan tanishish maqsadida "Jamoa bilan safar – hamjihatlik va ruhiy yuksalish sari yo‘l!" shiori ostida Xiva shahridagi tarixiy-ma’naviy maskanlar bo'lgan “Ichan-Qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi va Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan bunyod etilgan “Arda Xiva” turizm majmuasiga sayohat uyushtirildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#fotolavha #sayohat #Xiva

“Sog‘lom inson sog‘lom millat – Urganch 2025”
forum doirasida ichki turizmni rivojlantirish va tarixiy yodgorliklar, milliy me'morchiligiz nanumalari bilan yaqindan tanishish maqsadida "Jamoa bilan safar – hamjihatlik va ruhiy yuksalish sari yo‘l!" shiori ostida Xiva shahridagi tarixiy-ma’naviy maskanlar bo'ylab sayohatdan fotolavhalar.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#forum #TATU_yoshlari #sayohat

Prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan forum yakunlandi, ahil jamoamiz sayohatdan Toshkentga qaytdi

 Joriy yilning 11-13-aprel kuni yuqori saviyada tashkil etilgan “Olimpiya ruhi - ilhom manbai, Paralimpiya - cheksiz iroda!” shiori ostidagi “Sog‘lom inson - sog‘lom millat – Urganch 2025” forum o'z nihoyasiga yetdi. Forum ishtirokchilari o'z manzillariga qaytib kelishdi.

Taassurotlarga boy safar davomida talabalar sport hamda intellektual bellashuvlar orqali o'z qobiliyatlarini namoyon etdilar. Forum doirasidagi Xiva bo'ylab sayohat davomida qadimiy shahar tarixiy obidalari, milliy meros va zamonaviy turistik obyektlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bu esa nafaqat bilim va dunyoqarashni boyitish, balki jamoaviy ruhni mustahkamlash, faol hayot tarzini targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM