TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.2K photos
1.94K videos
251 files
4.14K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#IT_talabalari_Hakaton_2021

TALABALAR UCHUN YILNING ENG KATTA HAKATONI!

12–14-noyabr kunlari BEPRO va Toshkent shahridagi Amity universiteti bilan hamkorlikda “STUDENTHACK2021” IT musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

#HackathonIT-loyihalari yoki gʻoyalari boʻlgan jamoalar uchun musobaqa boʻlib, malakali mutaxassislar loyihalarning toʻliq prototipga aylanishiga yordam beradi.

🏆 Bosh mukofot: Dubayga sayohat.

👨🏻🎓Kimlar ishtirok etishi mumkin?

Bunda, respublika OTM talaba-yoshlari yakka ishtirokchi yoki 4 kishilik jamoa bo‘lib: loyiha menejeri, dasturchi, dizayner, tahlilchi ishtirok etishlari mumkin.

⚠️ MUAMMO emas, agar:

Jamoadagi rollarning tarkibi bizning tasavvurimizdan farq qilsa, sizning jamoangiz va gʻoyalaringiz bilan tanishishga tayyormiz.

Jamoangiz yoʻqmi? Biz uni siz kabi yosh ixlosmandlardan shakllantiramiz.

👉 Roʻyxatdan oʻting
☝️ Gʻolib boʻling!

📞Telefon: 71-277-55-44; 93-509-08-09
💬Telegram: @beproedu

👉На русском:
#hackathon-2022
#DigitalCity
#100mln

📌Andijon viloyati "Digital City" texnoparkida 12-14-noyabr kunlari "Agriculture hackathon-2022" loyihasi o'tkazildi. Ushbu loyihada Magic Soft Group jamoasi faxrli 2-o'rinni egalladilar va loyiha g'oliblariga beriladigan 100 mln. so'm mukofotni qo'lga kiritdilar.

💻Quvonarli jihati shundaki, ushbu jamoa a'zolari tarkibida TATU Dasturiy injiniring fakulteti talabasi Asadov Mironshox hamda Telekommunikatsiya fakulteti talabasi G'ulomov Abbos ham bor. Talabalarni erishgan natijalari bilan tabriklaymiz!💐💐💐

📌В технопарке "Digital City" Андижанской области 12-14 ноября прошел проект "агрокультурный хакатон-2022". В этом проекте команда Magic Soft Group заняла почетное 2 место и получила приз в размере 100 миллионов сумов, который будет вручен победителям проекта.

💻Отрадно, что в состав этой команды входят студент факультета программной инженерии ТУИТ Асадов Мироншох и студент факультета телекоммуникаций Гуломов Аббос. Поздравляем студентов с достигнутыми результатами!💐💐💐
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hackathon #KOICA #KMU #Xalqaro_aloqalar

💻  Joriy yilning 23-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Janubiy Koreyaning Kookmin Universiteti (KMU) talabalari o’rtasida rejalashtirilgan “Xakaton”ning uchrashuv sessiyasi tashkil etildi.

💻 Ushbu xakaton  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Kookmin universiteti talabalari o‘rtasida o‘zaro bir birini tushunish va hamkorlikni rivojlantirishga oid loyihalar ustida ishlashga qaratilgan. 

🌐Talabalar ushbu “Xakaton” doirasida muammolarni  hal qilishning  ijodiy dasturi, mijozlarni tushunish jarayonlari ustida ish olib boradilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hackathon

⚡️ DIQQAT, E’LON!

🚀 Joriy yilning 10-12-noyabr kunlari “TechGenius” nomli xakaton bo'lib o'tadi.

Ushbu loyiha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining (BMTTD) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan birgalikda xalqaro ekspertlar tomonidan Oliy ta’lim muassasalari, assotsatsiyalar, banklar va yirik kompaniyalar uchun o'tkazilmoqda.

🟢Ishtirok etishni xohlovchilar joriy yilning 7-noyabr kuniga qadar hackathon veb-sahifasida mavjud bo‘lgan shakldan foydalanib, onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun - techgenius.uz.

✔️Shuningdek, xakatonlarni tashkil etish, biznes-inkubatorlar va startap-akseleratorlarni ishga tushirish boʻyicha ishlab chiqilgan qoʻllanma va uslubiy materiallar loyihalari taqdimoti 8-noyabr kuni bo'lib o'tadi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hackathon #Low_Code #Odoo

⌨️ Joriy yilning 4–5-may kunlari TATU da "Low Code"ga asoslangan Hakaton turniri bo'lib otdi. Unda ishtirokchilar nafaqat o‘z mahorat va iqtidorlarini namoyish etish, balki innovatsion loyihalar va dasturiy yechimlarni yaratish borasidagi amaliy tajriba va ko'nikmalarini oshirish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

Musobaqada talaba yoshlar, Backend, Frontend dasturchilar va dizaynerlar ishtirok etdilar. Hakatonda 19 ta jamoa (jami 53 ta ishtirokchilar) o'z loyihalarini taqdim etdilar.

👥 Jamoalar "Odoo" platformasi doirasida "Low Code"ga asoslangan: Elektron tijorat, E-POST, FinTech va Deep Tech yo’nalishlarining dasturiy yechimlari bo‘yicha bellashdilar.

Hakamlar hay'atining baholash natijalariga ko'ra:
1-o'rin “Rishala” jamoasi (“Odoo” platformasida berilgan vazifani aniq va mukammal bajarib, 86 ball bilan);
2-o'rin “Prime” jamoasi (“Odoo” platformasida berilgan vazifani mukammal va kreativ bajarib, 80 ball);
3-o'rin“Team A” jamoasi (“Odoo” platformasida berilgan vazifani aniq va yakka tartibda bajarib, 61 ball)ga nasib etdi.

🎁 Taqdim etilgan loyihalar asosida Hakaton g'oliblari aniqlandi va ularga vaucherlar, sertifikat hamda esdalik sovg'alari topshirildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hackathon

20-sentyabr kuni “President Tech Award” doirasidagi keng ko‘lamli hakaton boshlandi.

🗣 Tadbirni IT Park Uzbekistan ijrochi direktori Abdulahad Kuchkarov ochib berdi.

👥 Tadbir ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida u IT sohasining jadal o‘sishi va mamlakat yoshlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni alohida ta’kidladi. Ishtirokchilar tajribali murabbiylar rahbarligida innovatsion loyihalar ustida ish olib boradilar. 3-kun yakunida 15 ta eng yaxshi jamoa o‘z g‘oyalarini hakamlar hay’atiga taqdim etadi.

Ushbu hakatonda TATUdan bir qancha talabalar jamoalari ishtirok etmoqda.

🧠 G‘olib bo’lgan jamoa, bosh sovrin - 100 000 AQSH dollarini qo‘lga kiritadi!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM