TATU | Rasmiy kanali
14.5K subscribers
19.1K photos
2.23K videos
253 files
4.49K links
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#tashrif

🇺🇿💻🇰🇷“HUSS X TUIT Global Sustainability Program” dasturi doirasida Koreya Respublikasining yetakchi oliy ta’lim muassasalari professor va talabalari xalqaro tajriba almashish, TATUning axborot kommunikatsiya salohiyatini o‘rganish maqsadida tashrif buyurdilar. Universitetda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar va sharoitlar yaqindan tanishtirildi va turli sohalarda amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti bo'lib o'tdi.

🤔 Shuningdek, Kwangwoon, Kookmin, Sunmoon, Yeungnam, Honam universiteti va TATU talabalaridan iborat 10 ta guruh o‘rtasida mahalliy muammolarga yechimlarni taklif qilish orqali global ijtimoiy muammolarni hal qilishga qaratilgan loyiha tanloviga start berildi. Ushbu loyiha Koreya xalqaro hamkorlik agentligi KOICA tomonidan moliyalashtirilgan bòlib, Koreya-O’zbekiston madaniyatlararo almashinuviga imkoniyat yaratadi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tadbir #tashrif #fotolavha

💻 Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida yangi tashkil etilgan “Ma’naviyat va ma’rifat” markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov ishtirok etib, yangi markazning ahamiyati haqida nutq so‘zladilar.

📝 Mazkur majmua talaba-yoshlarni milliy tariximiz, xalqimizning buyuk an’analari va ajdodlarimiz merosiga tayangan holda tarbiyalash, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda kreativ tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi. Yaxlit majmua jahon andozalariga mos tarzda jihozlangan bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

• Milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizni targ'ib qiluvchi ko'rgazmali pavilion;
• Jadidlar burchagi;
• Renessans poydevori namoyondalari burchagi;
• Taniqli yozuvchi va shoir Said Ahmad va Saida Zunnunovalarning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan muzey;
• Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash burchagi
.
• Ijodkor yoshlar klubi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#markaz #tashrif #videolavha

🎞 “Ma’naviyat va ma’rifat” markazining ochilish marosimidan videolavha

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#markaz #tashrif #videolavha2

🎞  “Ma’naviyat va ma’rifat” markazining ochilish marosimidan videolavha

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti delegatsiyasi Malayziyaning INTI Xalqaro Universitetiga tashrif buyurdi.

🇲🇾 Tashrif davomida INTI Xalqaro Universiteti va TATU oʻrtasida imzolangan Yo’l xaritasida belgilangan maqsadlarga erishish mexanizmlari muhokama etildi. Shuningdek, universitetning tadqiqot salohiyati va imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish maqsadida laboratoriyalar ham ko’zdan kechirildi.

➡️ Ta’kidlab o’tish joizki, birinchi Malayziya-O’zbekiston ta’lim forumi doirasida INTI Xalqaro Universiteti va TATU o’rtasida 2025-2026-yillarga mo’ljallangan hamkorlik Yo’l xaritasi imzolangan edi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov tashrif buyurdi.

🤔 Tashrif avvalida birinchi O‘zbekiston-Malayziya ta’lim forumida  Universitet delegatsiyasi tomonidan ko'rsatilgan tashabbuskorlik, yetakchi universitetlar bilan o'rnatilgan hamkorlik aloqalari, forumni yuqori saviyada tashkil etilishida qo'shgan xissasini e'tirof etib, minnatdorchilik bildirdi hamda "Ko'p yillik samarali mehnati hamda o'z xizmat vazifasiga bo'lgan sadoqati" uchun TATU Xalqaro Hamkorlik, xalqaro reytinglar va strategik rivojlantirish bo‘limi boshlig'i Yusupov Ibrohimbekga Vazirlik Faxriy yorlig'i va esdalik sovg'asini topshirdi.

Tashrif davomida vazir o'rinbosari yangi tashkil etilgan “Ma’naviyat va ma’rifat” markazining faoliyati bilan tanishdi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Birlashgan Arab Amirliklarining yetakchi oliy ta’lim muassasalari, jumladan Sharja universiteti, Sharja Amerika universiteti, Al-Qosimia universiteti bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yib kelmoqda.

🇦🇪 Bugun, 13-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Al-Qosimia universiteti rektori Prof. Dr.Awad Al-Khalaf va Xalqaro aloqalar va talabalarni ishga qabul qilish boshqarmasi direktori Dr.Zakaria Nuhu tashrif buyurdi. Mazkur tashrif davomida muassasalarimiz o‘rtasida ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma loyihalar va ta’lim aloqalarini mustahkamlash masalasi kelishildi.

🟢 Shuningdek, professor-o‘qituvchilarning qisqa muddatli stajirovkalari, talabalar almashinuvi, hamkorlikda ilmiy loyihalar ustida ishlash, ilmiy maqolalar chop etish masalalari yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #hamkorlik

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Xitoyning Zhengzhou universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.

🇨🇳 Tashrif davomida Zhengzhou universiteti vakillari ilmiy-o‘quv laboratoriyalari va sanoat-akademiya markazlari bilan yaqindan tanishdilar. Ikki universitet o'rtasida uzoq muddatli hamkorlik doirasida energetika va axborot texnologiyalari sohasida qo‘shma tadqiqotlar va loyihalar amalga oshirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot hamkorligini rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

📝 Ma'lumot uchun: Xitoyning Zhengzhou shahridagi Zhengzhou universiteti xalqaro QS reytingi bo'yicha dunyoning TOP-500 universitetlari qatoridan joy olgan.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #DavraSuhbati

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi rahbariyati tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Milliy kutubxona vakillari universitetning ilmiy-o‘quv laboratoriyalari, O‘quv Media markazi va Axborot-resurs markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuv chog‘ida tomonlar o‘quv va ilmiy tadqiqot jarayonlarida axborot ta’minotining o‘rni, kutubxona sohasida malakali IT mutaxassislarini tayyorlashning dolzarb masalalarini muhokama qildilar. Aloqalarni yanada kengaytirish maqsadida hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Shuningdek, Milliy kutubxona vakillariga Axborot-kutubxona tizimlari kafedrasida olib borilayotgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Tashrif so‘ngida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Teshaboyeva Umida Alimjonovna va universitet talabalari ishtirokida motivatsion davra suhbati tashkil etildi.

🔘O‘tkazilgan muloqotda sohadagi so‘nggi yangiliklar, kutubxonachilik kasbiga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar hamda sun’iy intellektning kutubxona jarayonlariga bo‘lishi mumkin bo‘lgan ta’siri muhokama qilindi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Lotin Amerikasi va Karib dengizi parlamenti (Parlatino) prezidenti Rolando Miguel González Patricio tashrif buyurdi.

🇨🇺 Kubalik siyosatchi, akademik va xalqaro munosabatlar bo‘yicha mutaxassis bo‘lgan González Patricio 2023-yil dekabr oyida Parlatino prezidenti etib saylangan hamda xalqaro siyosiy munosabatlar bo‘yicha bakalavr, tarix fanlari doktori bo‘lib, o‘z faoliyati davomida Kuba madaniy tadqiqotlari instituti “Xuan Marinello” va San’at universitetida yetakchi lavozimlarda ishlagan.

Tashrif davomida mehmon universitetdagi ilmiy-intellektual muhit, o‘quv va ilmiy markazlar bilan tanishdi hamda xalqaro hamkorlik doirasida universitetlararo aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

📝Ma’lumot uchun:
Shu kunlarda O‘zbekiston mezbonligida Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley assambleyasi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli xalqaro tadbir doirasida Parlatino prezidenti, xalqaro siyosiy munosabatlar bo‘yicha mutaxassis González Patricio yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi. U 2024–2026-yillar davomida Lotin Amerikasi va Karib havzasi davlatlari o‘rtasidagi parlamentlararo va strategik hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarga rahbarlik qilmoqda.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM