Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Befarqemasman
#YangiKonstitutsiya
🇺🇿 Yangilanayotgan Konstitutsiyada surishtiruv, tergov va sud jarayonida inson huquqlariga oid 9 ta eng muhim kafolatdan xabardormisiz?
1. Shaxsni ushlash chog‘ida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi shart.
2. Shaxs o‘zining aybsizligini isbotlashi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin.
3. Aybdorlikka oid barcha shubhalar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak.
4. Agar shaxsning o‘z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas.
5. Shaxs o‘ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emas.
6. Shaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emas.
7. Hibsga olish, qamoqqa olish va qamoqda saqlashga faqat sudning qaroriga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi.
8. Yozishmalar, telefon orqali so‘zlashuvlar, pochta, elektron va boshqa xabarlar sir saqlanishini cheklashga hamda uy-joyda tintuv o‘tkazishga faqat qonunga muvofiq
va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi.
9. Har kimga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik yordam davlat hisobidan ko‘rsatiladi.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM