TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal
4.21K subscribers
16.6K photos
1.56K videos
357 files
5.32K links
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
Download Telegram
Farg‘ona Davlat Universitetida “9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan Xalqaro-ilmiy amaliy anjumanda TTA Urganch filiali "Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish" kafedrasi mudiri, t.f.d, professor I.Q. Abdullayev hamda “Davolash” fakulteti iqtidorli talabalaridan, 3-bosqich 305-guruh talabasi Sharifbobo Xasanov o ‘z maqolalari bilan ishtirok etishdi.


Ushbu maqolalar Farg‘ona davlat Universitetining “Oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy yondashuvlari” xalqaro ilmiy -amaliy anjumani materiallar to‘plamida nashr etildi.

Mazkur maqolada Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida o‘tgan 10 yil davomida filialni korrupsiyadan xoli hududga aylantirish borasida olib borilgan va davom ettirilayotgan ishlar tajriba sifatida aks ettirilgan.



TTA Urganch filiali matbuot xizmati

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Журнал Халкаро конференция.pdf
10.5 MB
Farg‘ona davlat Universitetining “Oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy yondashuvlari” xalqaro ilmiy -amaliy anjumani materiallar to‘plamining 432-439 betlarida professor I.Q. Abdullayev hamda iqtidorli talabamiz Sh. Xasanovning maqolalari bilan tanishishingiz mumkin.
Forwarded from Edu.uz
#abituriyentga_qulaylik

⚡️
@eduuzuniversalbot yangilandi

Unda abituriyentlar 2023/2024-oʻquv yili bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga test topshiriladigan fanlar majmuasi hamda test savollari tushadigan darsliklar roʻyxatini oson topishi mumkin.

Shuningdek:

🏛 OTM haqida maʼlumotlar (joylashgan manzili, sayt va ijtimoiy tarmoqlari, undagi mavjud yo‘nalishlar v.h);
✔️Xorijiy hamda nodavlat OTMdan oʻqishni koʻchirish boʻyicha 2022-yil uchun oʻtish ballari.

☝️@eduuzuniversalbot biz sanamagan yana koʻplab qulayliklarga ega.

Bizni kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
📌26.12.2022
Filialda seminar-trening o‘tkazilmoqda
.

2022-2023 o‘quv yili qishki ta’til mobaynidaTTA Urganch filiali “Stomatologiya” fakulteti tomonidan 26-dekabrdan 7-yanvargacha “Stomatologiya” fakultetiga tegishli kafedralarning professor-o‘qituvchilari uchun seminar-treninglar tashkil etildi.

Ushbu seminar-treninglarning 1-kunida A.A. Allayarovaning “Ta'lim tizimida IT-texnologiyalarni qo‘llash” mavzusida hamda A.A. Xodjaniyazovning “Oliy ta'lim jarayonida “HEMIS” axborot tizimidan samarali foydalanish” mavzusida seminar-treninglari o‘tkazildi.

Seminar davomida IT texnologiyalarning qaysi sohalarga bo‘linishi hamda HEMIS axborot tizimida fanlar bazasini tashkil etish va professor-o‘qituvchilarning ilmiy faoliyatini HEMIS axborot tizimida tashkil etish bo‘yicha muhim ma’lumotlar berib o‘tildi.

Shuningdek, professor-o‘qituvchilar seminar-trening davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishd
i.

🔹ttauf_pressa
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal
Photo
#Диққат_танлов

Хоразм вилояти Ахборот ва оммавий коммуникациялар бошқармаси, Ёшлар ишлари агентлиги вилоят бошқармаси, Ўзбекистон Журналистлар уюшмаси вилоят бўлими ҳамда вилоятдаги олий таълим муассасалари ҳамкорлигида
Миллий армиямиз - Янги Ўзбекистоннинг қалқонидир!” мавзусида ҳарбий хизматчилар ва ўқувчи-ёшлар ўртасида Қуролли Кучларимизнинг 31 йиллик тарихига оид фото ва видеороликлар танлови ўтказилади.

Ижодий ишлар 2023 йил 6 январь 16.00 гача қабул қилинади.

Ижодий ишлар “Миллий армиямиз - Янги Ўзбекистоннинг қалқонидир!” танловига деб кўрсатилиши ва қуйидаги манзилга юборилиши лозим:
Манзил: Урганч шаҳар, А.Қодирий кўчаси, 2 “Б” уй.
Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги Хоразм вилояти бошқармасига.
Мўлжал: вилоят ахборот-кутубхона маркази.
Телефон: 62 223-13-26. Телеграм: 97 529-72-27 ёки @xorazmaoka

Танлов натижалари маҳаллий оммавий ахборот воситаларида, ижтимоий тармоқларда эълон қилинади.
Ғолиблар Хоразм вилоят ҳокимлигининг қимматбаҳо совғалари билан тақдирланади
Тақдирлаш маросими 2023 йил 7 январь соат 9.00 да вилоят маданият бошқармасида ўтказилади.
Forwarded from Edu.uz
👏21 nafar magistr Prezident davlat stipendiyasiga munosib koʻrildi

2022/2023-oʻquv yilida magistratura bosqichi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga respublika oliy taʼlim muassasalarining 21 nafar talabasi tanlov komissiyasi qaroriga koʻra munosib deb topildi.

Prezident stipendiyasi talabalarga 1-sentabrdan boshlab, belgilangan miqdorlarga qat’iy rioya qilingan holda tayinlanadi.

Shuningdek, sovrindor boʻlgan talabalarning ilmiy rahbarlari ham belgilangan tartibda moddiy ragʻbatlantiriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев Халқаро конгресс марказида “Таълим сифатини ошириш – Янги Ўзбекистон тараққиётининг яккаю ягона тўғри йўлидир!” мавзусидаги замонавий дарсликлар кўргазмаси билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев в Международном конгресс-центре ознакомился с выставкой современных учебников «Повышение качества образования – единственно правильный путь развития Нового Узбекистана!».

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #yangidarsliklar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter