TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal
4.72K subscribers
17.4K photos
1.67K videos
359 files
5.61K links
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
Download Telegram
September 3, 2021
Forwarded from Edu.uz
#Oʻqishni_koʻchirish

⚠️ RESPUBLIKA DAVLAT OLIY TAʼLIM MUASSASALARIARO OʻQISHINI KOʻCHIRISH (TIKLASH) BOʻYICHA ROʻYXATDAN OʻTGANLAR DIQQATIGA !!!

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi vakolatidagi talabalar oʻqishini koʻchirish boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan arizalar (oliy taʼlim muassasalaridan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimidagi oliy taʼlim muassasalariga mos va turdosh yoʻnalishlar boʻyicha) vazirlik komissiyasi tomonidan koʻrib chiqildi.

Koʻrib chiqish natijalari ariza mualliflariga quyidagi tartibda eʼlon qilinadi:

Oʻqishi koʻchirilishi tavsiya etilmaganligi boʻyicha maʼlumotlar ariza mualliflarining transfer.edu.uz elektron tizimidagi shaxsiy kabinetlariga yuboriladi. Shunga koʻra ushbu toifadagi talabalar 2021-yil 5-sentabr kuni soat 10:00 dan boshlab arizalarining koʻrib chiqish natijalari boʻyicha shaxsiy kabinetlari orqali maʼlumot olishlari mumkin.

Oʻqishi koʻchirilishi tavsiya etilgan talabalar roʻyxati 2021-yil 6-sentabr kuni 16:00 dan boshlab talabalar oʻqishi koʻchirilishi soʻralgan oliy taʼlim muassasalarining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.

Oʻqishi koʻchirilishi tavsiya etilgan talabalarning bazaviy yoki tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida koʻchirilishi muayyan oliy taʼlim muassasasi tomonidan uzrli sabablarni asoslovchi hujjatlarning asli koʻrib chiqilgandan soʻng belgilanadi.
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
September 4, 2021
Forwarded from Edu.uz
September 4, 2021
September 5, 2021
Forwarded from Edu.uz
September 5, 2021
September 6, 2021
Birinchi o‘qish kuni “Mustaqillik darsi” bilan boshlandi

Bugun, 6-sentabr kuni, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida 2021-2022 - o‘quv yilida talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan birinchi bosqich talaba-yoshlarining ilk sabog‘i “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi.

“Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiorini o‘zida mujassam etgan ushbu tadbirni filial direktori R.Y. Ruzibayev ochib berib, barcha talabalarni va ota-onalarni mustaqilligimizning 30 yilligi hamda yangi o‘quv yili bilan samimiy tabrikladi.

Mustaqillik darsi davomida filial tarixi va bugungi faoliyati haqida videorolik namoyish etilib, respublikamizning istiqlol yillarida qo‘lga kiritgan yutuqlari, mustaqillik bergan imkoniyatlarning ahamiyati hamda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy sohada erishilgan yutuqlar xususida so‘z bordi.

Ko‘tarinki kayfiyatda kechgan uchrashuvda eng yuqori natijalarga erishgan talabalar va ularning ota-onalari so‘z olib, o‘z xursandchiliklarini bildirishdi.

Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar yoshlarga bugungi zamon talablariga javob beradigan yuksak bilimli va mahoratli shifokor bo‘lish yo‘lidagi initilishlari va izlanishlarida kuch-quvvat va shijoat tiladilar!

Shundan so‘ng, talabalarga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha mas’ul dekanlari tanishtirilib, filial ichki-tartib qoidalari va talabalik vazifalari hamda burchlari tushuntirildi.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
September 6, 2021
Forwarded from Edu.uz
September 6, 2021