TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal
4.2K subscribers
16.5K photos
1.56K videos
357 files
5.3K links
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Спорт мусобақалари бўйича ДХХ Хоразм вилояти бўйича бошқармаси бошлиғи кубоги вилоятимизда қизғин ўтказилмоқда. Спорт мусобақалари ёшлар сиёсати доирасида амалга оширилмоқда.
🔰“Mahallabay” tizimi doirasidagi ishlar davom etmoqda

Filial “Fakultet va gospital terapiya” kafedrasi mudiri, dotsent A.B. Yaqubova boshchiligida filial iqtidorli talabalari K. Abdalova va R. Jalilovlar Bog’ot tumanidagi “To‘pchi” mahallasida bo’lib, mahalla fuqarolari yig’ini faollari va 27-son umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchilari hamda maktab bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🔗Batafsil🖌

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔔25.05.2021

Bugun mamlakatimiz bo’ylab barcha umumta’lim maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari tashkil etilib, bitiruvchilarga “oq yo‘l” tilanmoqda.

Shu munosabat bilan viloyat hokimi F.Ermanov tomonidan tasdiqlangan ro’yhat asosida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali direktori R.Y. Ruzibayev Xonqa tumani 48-ixtisoslashtirilgan maktab internatiga tashrif buyurib,
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.

Tadbirda direktor R.Y. Ruzibayev so’zga chiqib, katta hayotga qadam qo’yish arafasida turgan bitiruvchi yoshlarga kelgusida oldilariga qо‘ygan maqsadlariga erishish, oliy о‘quv yurtida ta’limni davom ettirish yoki biror kasb egasi bо‘lib, yurtimiz taraqqiyoti, uning rivoji, ertangi kuni uchun kerakli insonlar bо‘lib yetishishlarida omadlar tiladi.

Shuningdek, yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish, ularni prezidentimiz tomonidan yaratilib berilayotgan sharoit va imkoniyatlardan keng foydalanishga jalb etish hamda tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida o’qish istagida bo’lgan bitiruvchilarga zarur maslahatlar berilishi xususida to’xtalib o’tdi.

Bundan tashqari, TTA Urganch filialiga viloyat kesimida biriktirilgan 5 ta umumta’lim maktablarida mas’ul kafedra professor-o’qituvchilari ishtirokida, jumladan Xiva shahridagi 14-sonli (filial direktori R.Y. Ruzibayev) va Xiva tumanidagi 33-sonli (“Mikrobiologiya” kafedrasi mudiri O.Q. Sadullayev), Hazorasp tumani 44-sonli (“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri Z.Q. Abidova), Tuproqqal’a tumanidagi 11-son (“Tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri M.S. Mehmonov), hamda 18-sonli (“Biofizika va axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri B.S. Rahimov) maktablarda tashkil etilgan “So’nggi qo’ng’iroq” tadbirlarida ishtirok etishdi.

Maktablarga tashrif davomida filial jamoasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 24-may sanasidagi “maktab bitiruvchi o’g’il-qizlariga murojaati” va prezident tabrigini o’qib eshittirdilar.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔔25.05.2021

Yangiariq tumanida joylashgan 38-ixtisoslashgan maktabiga filial Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha direktor o'rinbosari R.B. Abdullayev tashrif buyurib, umumta’lim maktabi bitiruvchilarni "So‘nggi qo‘ng‘iroq" bilan muborakbod etdi hamda kelgusida o‘zlari xohlagan, ota-onalari va yaqinlari orzu qilgandek yetuk inson bo‘lishlariga ishonch bildirdi.

Tadbir davomida 2019-2020 - o'quv yilida ushbu maktab bitiruvchilarining 46% i oliy ta'lim muassasalari talabalari bo'lish baxtiga muyassar bo'lganligi aytilib, bugungi kunda mazkur maktabni bitiruvchi 25 nafar yoshlarga bundanda yuqori natijalarga erishish umidi bog’langanligi alohida ta’kidlandi.

Ma’lumot o’rnida aytish kerakki, hozirda maktabda 760 nafar o’quvchi tahsil olib kelmoqda.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔹24.05.2021

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialiga AQSHning Pensilvaniya shtati Pittsburg shahrida joylashgan Pittsburg universitetining O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, Ph.D. professor Salim Ahmad Han tashrif buyurdi.

🔗Batafsil🖌

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube