TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal
4.22K subscribers
16.7K photos
1.57K videos
358 files
5.35K links
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
Download Telegram
🔹 Tanishtiruv haftaligi
9 sentabr kuni  "Tibbiy profilaktika, sog'liqni saqlashni boshqarish va xorijiy talabari" fakultetining 1-kurs talabalari bilan “Tanishtiruv haftaligi” rejasi asosida erkin kun, talabalar, volontyorlar bilan turli muzey, istirohat bog‘lari va kutubxonalarga borishlari tavsiya etilgan. Shu munosabat bilan talabalar  Xiva Ichan qal'a tarixiy majmuasiga sayohat uyushtirishdi
.
TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🌞 Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali talabalari viloyat musiqali drama teatriga “Manqurt” nomli spektaklini tomosha qilish uchun tashrif buyurishdi.
Mazkur spektaklni tomosha qilish uchun, TTA Urganch filialining 350 nafardan ortiq talabalari tashrif buyurib, spektakl davomida maroqli xordiq olishdi.
TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
📌Korrupsiyasiz soha
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi 2023 yil uchun yo‘l xaritasida belgilangan tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida, oliygohga yangi talabalikka qabul qilingan talabalar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, joriy yilning 12 sentabr kuni filialda “Korrupsiyasiz soha” loyihasi asosida Akademik litseyga yangi o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilar bilan “Bizning muassasa korrupsiyadan holi hududga aylangan” mavzusida mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mashg‘ulotni filial KQK “Komplaens nazorat” TB bo‘limi boshlig‘i M.B.Jumaniyozov olib borib, talabalarni O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni, “Korrupsiyasiz soha” loyihasi asosida qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining tegishli moddalari tanishtirildi. Shuningdek, M.B.Jumaniyozov korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni oldini olish yuzasidan nimalarga e’tibor berish lozimligi haqida ko‘rsatmalar berib, talabalar asosiy e’tiborlarini haqiqiy bilim olishga qaratishlari lozimligini ta’kidladi.
TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#voleybol
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida 2023-yil 12-sentabr kuni sportning voleybol turi bo‘yicha talaba-qizlar o‘rtasida “Talabalar ligasi” sport musobaqasiga start berildi.
Musobaqaning birinchi kunida Davolash fakulteti qiz talabalari o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tmoqdi.
TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ELON!

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 80 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.

2023-yil 26 – 28-sentabr kunlari o‘tkaziladigan konferensiyada dunyoning 30 dan ortiq va O‘zbekistondan 300 ga yaqin taniqli olim va ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Anjumanga biologiya, qishloq xoʻjaligi, tibbiyot, farmatsevtika, veterinariya yo‘nalishlaridagi maqolalar qabul qilinadi!

Axborot xati: 👉https://scientists.uz/files/conference8.pdf

Qabul: 2023-yil 13-sentabr soat 23:00 ga qadar.
Murojaat uchun:
@Science_inno1 (993319654) profili orqali.

Bizni kuzating
👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#litsenziya

Namangan xalqaro nodavlat universitetining litsenziyasi bekor qilindi

Uchqo‘rg‘on tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qarori bilan “NAMXU OTM” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga 2023-yil 10-fevralda nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati uchun berilgan 062797-sonli litsenziyasi bekor qilindi. Boʻlib oʻtgan sud majlisi muhokamalarida oliy taʼlim tashkiloti faoliyatida aniqlangan qoʻpol qoidabuzarliklar asosli hujjatlar bilan sudga taqdim etilib, oʻz isbotini topdi.

Ma’lumot o‘rnida, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 10-maydagi buyrug‘iga muvofiq tekshiruv o‘tkazilib, unga ko‘ra universitet tomonidan ta’lim tashkiloti, ta’lim oluvchilar va pedagog xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar vazirlikning “HEMIS” axborot tizimiga kiritilmagani, tashkilotda rektor maslahatchisi shtati birligi joriy etilmagani, talabalarning o‘qishni ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi ishlab chiqilmagani, barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha adabiyotlar, shu jumladan 95 foiz adabiyotlarning elektron variantlari yetishmasligi, universitet o‘qituvchilarining 23 nafari ilmiy darajaga ega professor-o‘qituvchilar hisoblansa-da, ular 15 nafarining asosiy ish joyi Namangan davlat universitetida ekanligi, litsenziya talabi bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun 35 foiz ilmiy salohiyat belgilangan bo‘lsa-da, ta’lim tashkilotida 17 foizni tashkil etishi, ichimlik suvi va kanalizatsiya bilan ta’minlanmagani, tahsil olayotgan 858 nafar talabaga nisbatan ta’lim tashkilotining hududi yetishmasligi kabi holatlar aniqlangan edi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
🔹 Tanishtiruv haftaligi
2023-2024 o'quv yilida 1-bosqichga  qa'bul qilingan talabalar uchun tashkil etilgan tanishtiruv haftaligi doirasida filial Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi boshlig'i Y.M.Yuldashbayevna Davolash, Pediatriya, Stomatologiya, SSV Tibbiy profilaktika va Xorijiy talabalar fakultet talabalari bilan uchrashiv o'tkazdi.
Uchrashuv davomida filialda 2022-2023 yili davomida Iqtidorli talabalar erishgan yutiqlari, Olimpiada, Prezident va nomli davlat Stipendiyalari, Startap va innovatsion loyihalar, turli tanlovlar haqida prezentatsiya qilib berdi.
Uchrashuv yakunida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga qoniqarli javob oldilar.
TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#shaxmat
“Talabalar ligasi” sport musobaqalari dasturi doirasida 13 sentabr kuni filialda Pediatriya fakulteti talabalari o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha fakultet bosqichiga start berildi.
Musobaqalarda 100 nafar talaba qatnashmoqda.
TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube