TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal
4.83K subscribers
17.9K photos
1.72K videos
360 files
5.77K links
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Халқаро конгресс марказида “Таълим сифатини ошириш – Янги Ўзбекистон тараққиётининг яккаю ягона тўғри йўлидир!” мавзусидаги замонавий дарсликлар кўргазмаси билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев в Международном конгресс-центре ознакомился с выставкой современных учебников «Повышение качества образования – единственно правильный путь развития Нового Узбекистана!».

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #yangidarsliklar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Filialda seminar-trening davom etmoqda.

2022-yil 29-dekabr kuni “Stomatologiya” fakultetiga tegishli kafedralarning professor-o‘qituvchilari uchun 26-dekabrdan 7-yanvargacha tashkil etilgan navbatdagi seminar -trening bo‘lib o‘tdi.

Ushbu seminarda C1 darajasidagi xalqaro sertifikatga ega mutaxassis ingliz tili kafedrasi o‘qituvchisi Matkarimova Barno Xabibullayevna “Now it is time to learn English” mavzusida seminar o‘tkazdi.

Seminar davomida ishtirokchilarga til o‘rganishdagi to‘siqlar hamda ingliz tilini tez va oson o‘rganish usul va metodlari haqida ma‘lumotlar berib o‘tildi.

Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
TTA Urganch filialida navbatdagi filial Kengash majlisi bo‘lib o‘tdi.

2022-yil 28-dekabr kuni filial Kengashi kun tartibida “Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida yil yakunlari bo‘yicha hisobotTTA Urganch filiali direktori R.Y.Ruzibayev, “Turkiya Respublikasiga xizmat safari to‘g‘risida ma’lumot” bo‘yicha “UASH qayta tayyorlash kafedrasi” mudiri M.A Yusupova axboroti va hisobotlari hamda turli masalalar ko‘rib chiqildi.

BATAFSIL 📖🖊

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Filialda zoom-konferensiya o‘tkazildi.

2022-yil 29-dekabr kuni “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”ga
bag‘ishlangan “Toshkent tibbiyot akademiyasi moliyaviy va akademik mustaqillik yo‘lida erishilgan yutuqlar, muammolar va istiqbol rejalar” nomli XVIII-o‘quv-uslubiy xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu konferensiyada Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali jamoasi zoom platformasi orqali ishtirok etdi.

Konferensiya davomida akademiya rektori A.Shadmanov ilmiy-pedagogik jamoa oldida o‘tgan yildagi muammolarga qanday yechim topilgani, ta'lim sifatiga erishish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e'tibor berdi.

Tanqidiy-tahliliy yondashuv asosida o‘tgan xalqaro konferensiya ishida sifatli tibbiy ta'limning kechiktirib bo‘lmaydigan muhim vazifalari muhokama etildi.


TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Toshkent tibbiyot akademiyasida o'tkazilgan xalqaro-konferensiyadan fotolavhalar