TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal
4.23K subscribers
16.7K photos
1.57K videos
358 files
5.37K links
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
Download Telegram
Bugundan oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun test sinovlari boshlandi

Bugun, 8-avgust sanasidan O‘zbekiston bo‘ylab barcha oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlandi. 8-9-10 avgust kunlari asosan Tibbiyot yo‘nalishlari, shuningdek, Kimyo-biologiya ixtisoslashtirilgan fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

An’anaviy tarzda barcha test sinovlari stadionlar, xiyobonlar va ochiq sport maydonlarida tashkil etilgan. Jumladan, Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasi hududi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 5-avgust sanasidagi 4/10-45-sonli xatiga asosan Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialiga biriktirilgan.

Shu kungacha ushbu hududda test sinovlarini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar Xorazm viloyati hokimligi, davlat test markazi Xorazm viloyati bo‘limi va boshqa tegishli tashkilotlar hamda TTA Urganch filiali tomonidan ta’minlanib kelindi.

Bundan tashqari, bugungi imtihon jarayonlarida TTA Urganch filiali ko‘ngilli talaba-yoshlaridan iborat ikkita guruh abituriyentlarga yengillik yaratish maqsadida ularning shaxsiy buyumlarini saqlash ishlarida beminnat yordam ko‘rsatmoqdalar.

Shuningdek, “Yoshlik” sport majmuasi yonida joylashgan Turizm va mehmonxona xo‘jaligi kasb-hunar kolleji binosida ruxsatnoma olishni unutgan abituriyentlarga filialning Raqamli ta’lim texnologiyalar markazi xodimlari ko'magida abituriyent ruxsatnomasini chiqarib berish tashkillashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Test sinovlari 20-avgustga qadar ikki smenada:

1 - smena — 07:00 dan 10:00 ga qadar;
2 - smena — 19:00 dan 22:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari hamda 1-smenada 06:30 ga qadar, 2-smenada 18:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim.

Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.

Test sinovlarini abituriyentlar hamda ularning ota-onalari
test2022.uz sayti va “Viasat Explore” telekanali orqali onlayn kuzatib borishlari mumkin.

Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Sapayeva Zulfiya Amangaldiyevnaning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida e’lon

Sapayeva Zulfiya Amangaldiyevnaning 14.00.05 – Ichki kasalliklar ixtisosligi bo‘yicha “Diabetik nefropatiyani erta tashxislashning kliniko-diagnostik va genetik xususiyatlari” tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali huzuridagi falsafa doktori ilmiy darajasini beruvchi PhD.04/30.09.2020.Tib.123.01 raqamli Ilmiy Kengashning 2022-yil 22-avgust kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президентимиз Шавкат Мирзиёев Ҳиндистоннинг Ченнай шаҳрида бўлиб ўтган 44-Бутунжаҳон шахмат олимпиадасида чемпионликни қўлга киритган жамоамиз билан телефон орқали мулоқот қилиб, уларни ушбу буюк ғалаба билан қизғин табриклади.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Qabul_2022

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinik ordinaturasi bo'yicha qabul parametrlari "Xorazm tibbiyoti Медицина Хорезма" gazetasining navbatdagi sonida e'lon qilindi

🔹
ttauf_pressa
Forwarded from Edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent arxitektura-qurilish institutining yangi binosini borib koʻrdi, talabalar, doktorantlar va professor-oʻqituvchilar bilan muloqot qildi.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил новое здание Ташкентского архитектурно-строительного института, побеседовал со студентами, докторантами и профессорско-преподавательским составом.

#Mirziyoyev #tanishuv #institut #muloqot

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tarixiy gʻalaba muborak, Oʻzbekistonning oltin avlodi!

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from MinInnovation
“Stipendium Hungaricum” дастури доирасида Венгрияда докторантурада ўқиш учун таълим гранти

Ўзбекистон Республикаси Инновацион ривожланиш вазирлиги Венгрия билан ҳамкорликда олий таълимдан кейинги таълимда илмий тадқиқот фаолияти билан шуғулланиш истагини билдирган тадқиқотчиларга “Stipendium Hungaricum” дастурини эълон қилади.

Танловда иштирок этмоқчи бўлганлар 2022-йил 30 ноябргача [email protected] электрон манзилига хужжатларни (паспорт, диплом, диплом иловаси ва портфолио) тақдим этишингиз сўралади.

БАТАФСИЛ

@mininnovation
Forwarded from MinInnovation
Туркиянинг Истанбул тижорат университетида докторантурада ўқиш учун таълим гранти

Ўзбекистон Республикаси Инновацион ривожланиш вазирлиги Туркиянинг Истанбул тижорат университетига олий таълимдан кейинги таълимда илмий тадқиқот фаолияти билан шуғулланиш истагини билдирган тадқиқотчиларга 14 та ихтисосликдаги дастурлар бўйича керакли мезонларга жавоб берадиган 3 нафар талабгорга докторантура йўналишлари бўйича 100% ҳамда яна 3 нафар талабгорга 50% миқдорида стипендия берилишини эълон қилади.

Танловда иштирок этмоқчи бўлганлар 2022 йил 31 августгача [email protected] электрон манзилига барча ҳужжатларни (паспорт, диплом, диплом иловаси ва портфолио) тақдим этишингиз сўралади.

БАТАФСИЛ

@mininnovation
🇺🇿 TTA URGANCH FILIALINING BIR GURUH TALABALARI TURKIYA RESPUBLIKASINING ISTANBUL UNIVERSITETIDA AMALIYOT O‘TASH UCHUN JO‘NAB KETISHDI
____
🇬🇧 A GROUP OF STUDENTS FROM URGENCH BRANCH OF TMA
LEFT FOR AN INTERNSHIP AT THE ISTANBUL UNIVERSITY OF THE REPUBLIC OF TURKEY
____
🇷🇺 ГРУППА СТУДЕНТОВ УРГЕНЧСКОГО ФИЛИАЛА ТМА
ВЫЕХАЛА НА СТАЖИРОВКУ В СТАМБУЛЬСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ ТУРЕЦКОЙ РЕСПУБЛИКИ

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube