ToshDO‘TAU | RASMIY
4.53K subscribers
5.85K photos
827 videos
141 files
4.09K links
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining "Telegram"dagi rasmiy sahifasi

Murojaat uchun: @ToshDOTAU_qabulxonabot

Rasmiy veb-sayt: www.tsuull.uz
Instagram: https://www.instagram.com/navoi.uni
Facebook : @tsuull
Download Telegram
#tabriklaymiz


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan ta'sis etilgan esdalik nishoni sohiblari ro‘yxati e'lon qilindi.
Fidoyi va zahmatkash ustozlarimiz, universitetimizning xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Nozliya Normurodova, O‘zbek tili ta'limi fakulteti dekani Saodat Muhamedova, Ishlar boshqarmasi boshlig‘i Jamoliddin Xoltayevlar ham ushbu ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.


Iqtidorli Ona tili adabiyot ta'limi fakulteti talabasi Asroriddin Saydazimov ham ushbu ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi.

Barcha mukofotlanganlarni tabriklaymiz!


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Matbuot xizmati
Telegram / Facebook / Instagram
11👍6🔥2🥰1
#xalqaro_reyting #tabriklaymiz

♻️ Dunyoga mashhur "UI GreenMetric"  jahon universitetlari reytingining 2022-yil natijalari e'lon qilindi.
Unga ko‘ra universitetimiz dunyoning kuchli 500+ OTMlari qatoridan o‘rin oldi.

🔗Batafsil...


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Matbuot xizmati
Telegram / Facebook / Instagram
🔥8👏41
#tabriklaymiz #bayramingiz_bilan


❗️Bugun, 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni. Shu munosabati bilan barcha mard va jasur o‘zbek o‘g‘lonlarini, ToshDO‘TAUning ustoz va talabalarini, samimiy muborakbod etamiz. Albatta, har bitta erkak o‘z kasbi va xarakteriga qaramasdan, tabiatan vatan himoyachisidir. Insoniyatning barcha eng yuksak va kuchli tomonlarini jamlagan holda, sizning yakdilligingizni, bir so‘zligingizni, idrok va kuchingizni, ichonchli tirgak va suyanch ekanlingizni qadrlaymiz. Axir siz Vatan himoyasida posbondirsizlar! Bayramingiz bilan!
Sizga ishlaringizda zafarlar, baxt va omad, dunyodagi eng ezgu niyatlarni tilab qolamiz. Har doim bilaklaringizdan kuch-quvvat arimasin, yuragingiz esa Vatan ishqida yonib yashasin, ko‘zlaringiz esa doim taqdirning ajoyib tuhfalaridan porlayversin.


Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU xotin-qizlari!
👍14👏52
#tabriklaymiz

🎉 Joriy o'quv yilida “Islohotlar bilimdoni” respublika koʻrik-tanlovining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra” nominatsiyasida universitetimizning O‘zbek tilshunosligi kafedrasi faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
🥇 Kuni kecha ushbu kafedra mudiri, filologiya fanlari doktori, professor, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiysi Zulxumor Xolmanovaga mukofotlar tantali topshirildi. 

🏆 Eslatib o‘tamiz, tanlovning 1-o‘rin sohiblari BHMning 45 barobari miqdorida pul mukofoti, statuetka, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Matbuot xizmati
Telegram / Facebook / Instagram
16👍6😁2
#tabriklaymiz

🏛 Universitetimiz media makondagi har qanday holatga tezkor va xolis munosabat bildirish, shuningdek, vazirlik Axborot xizmati bilan hamkorlikda sohadagi islohotlarning OAV va ijtimoiy tarmoqlarda tezkorlik bilan yoritilishini ta'minlash borasidagi amaliy ishlari hamda Axborot xizmati faoliyatini namunali yo‘lga qo'ygani uchun tashakkurnoma va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

🔗 Batafsil...


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Matbuot xizmati
Telegram / Facebook / Instagram
11👏8
#tabriklaymiz

🎉🎊🎉 23-iyul Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi, filologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Sirojiddinov tavallud topgan kun.
Ushbu sana munosabati bilan Shuhrat Samariddinovichni samimiy qutlaymiz. Millat rivoji, milliy ta’lim istiqboli yoʻlida yana uzoq yillar xizmat qilishdan charchamang, ustoz!

Bizni tarmoqlarda kuzating
👇

Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter
🎉6113🔥2👍1
#tabriklaymiz

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrugʻi bilan 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oliy taʼlim sohasida vijdonan faoliyat olib borib, yosh avlodning sifatli taʼlim olishida oʻzining fidokorona mehnati bilan namuna boʻlayotgan, tizim rivoji uchun oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan bir guruh soha fidoyilari “Oliy taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Taqdirlanganlar ichida universitetimizning Xorijiy tillar kafedrasi mudiri, dotsent Nargiza Rashidova ham bor. Nargiza Rashidovani yuksak e'tirof bilan chin dildan muborakbod etamiz.
12🔥4👍2🎉1
#tabriklaymiz

"Yil ayoli" milliy tanlovi Toshkent shahar bosqichida universitetimiz Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektori v.v.b. Gulnoza Jo'rayeva "Yilning eng kuchli ma'naviy-ma'rifiy targ'ibotchi ayoli" nominatsiyasining II o'rin sohibi bo'ldi.
Gulnoza Jo'rayevani ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz.
Eslatib o'tamiz, "Yil ayoli" milliy tanlovidan maqsad jamiyatimiz rivojiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan, yuksak maʼnaviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat, oʻzlari faoliyat koʻrsatayotgan tashkilotlar nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari boʻlgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ilgʻor tajribalarini ommalashtirishdan iborat.

Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter
👏32👍127🎉7🔥3
#tabriklaymiz

Respublikamizda an'anaga kirgan "Hududning 100 nafar ixtirochi ayoli" ko'rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichida universitetimiz dotsenti, filologiya fanlari doktori Manzura Abjalova "Eng yaxshi EHM uchun dastur va ma'lumotlar bazasi" nominatsiyasining g‘olibi bo'ldi.
Manzura Abjalovani ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz.

Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter
👍175🔥2👏2
#tabriklaymiz
Universitetimizning O'zbek filologiyasi fakulteti ikkinchi bosqich talabasi Dilnavoz Hayitahmadova "Yosh kitobxon" respublika tanlovida faxrli uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Dilnavozni ushbu muvaffaqiyati bilan qutlaymiz!


👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter
🔥3511🎉9👍4👏1
#tabriklaymiz

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining tarix, madaniyat, adabiyot va tasviriy san’at nominatsiyasi boʻyicha 2023-yilgi mukofoti sohibi boʻldi.
Ustozimizni navbatdagi haqli e’tirof bilan qutlaymiz!

👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
27🎉14👍8👏2
#tabriklaymiz

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti Ergasheva Sadoqat Eshmamat qizi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Qaroriga muvofiq Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi boʻldi.

👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
26🤩9👍5🎉5🔥4
#tabriklaymiz

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti Qurbonova Munavvara Abdujabbarovna Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Qaroriga muvofiq “Shuhrat” medali sohibasi boʻldi.

👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉52👍15🔥8🤩21
#tabriklaymiz

🗣 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan oʻtkazilgan “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-ma’rifiy koʻrik tanlovining “Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi” nominatsiyasida universitetimiz ustozi Gulnoza Joʻrayeva faxrli 2-oʻrinni egalladi.
Bu muvaffaqiyat bilan Gulnoza Ahmadovnani qutlaymiz!

👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
28👏16👍9🎉3
#tabriklaymiz

📌 “Ma’rifat maydoni” respublika tanlovining 2-hududiy bosqichi bo'lib o'tdi. Ushbu tanlovda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti jamoasi faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritib, keyingi bosqichga yo'llanma oldi.

🔗 Batafsil

👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
23👏7👍5🎉3🔥2🤩1
#tabriklaymiz

📌 Azim Buxoroda “Ma’rifat maydoni” respublika tanlovining mintaqaviy bosqichi bo'lib o'tdi. Ushbu tanlovda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti jamoasi faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritib, respublika bosqichga yo'llanma oldi.
Talabalarimizni qutlaymiz!!!

👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter
🎉3810👍8👏7🔥2🆒2
#tabriklaymiz

🌟 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga asosan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti 2-bosqich talabasi Dilnavoz Xaytaxmatova Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi.

👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ X
🎉36🔥115👏4👍2
#tabriklaymiz

🌟 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga asosan universitetimiz professori, filologiya fanlari doktori Samixon Ashirboyev “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi.
Ustozimizni tabriklaymiz!

👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏62🎉20🤩9🔥8👍63
#etirof #tabriklaymiz

📚 Universitetimizning fidoyi ustozlari - xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor Nozliya Normurodova hamda Ona tili va adabiyotini o'qitish kafedrasi mudiri Saodat Muhammedova "Oliy ta'lim a'lochisi" ko'krak nishoni bilan mukofotlandi.

Zahmatkash va jonkuyar ustozlarimizni munosib e'tirof bilan qutlaymiz!!!

👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
38🎉13👍10👏9🤩1
#tabriklaymiz

Bugun nafaqat mamlakatimizda, xalqaro miqyosda ham turkologiya jonkuyari, oʻzbek tili fidoyisi, manbashunoslik va matnshunoslik ilmining atoqli vakili – nuktadon olim, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov tavallud topgan kun.
Bugungi kun munosabati bilan ustozni samimiy qutlaymiz. Shuhrat Samariddinovich yana uzoq yillar yurt manfaati, ilm-fan ravnaqi yoʻlida mehnat qilishdan tolmasin. Uning rahbarligida universitetimiz bundan-da baland marralarni zabt etaversin!

👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉5815👏15🤩1