#Rasmiy_bayonot
Ijtimoiy tarmoqlarda yangi o‘quv yilida ta’lim jarayonining an’anaviy (oflayn) tarzda boshlanishi haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan
Ayni kunlarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining pandemiya sharoitida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda ta’lim jarayonini an’anaviy (oflayn) tarzda tashkil etish bo‘yicha tayyorgarlik holati o‘rganilmoqda.
O‘rganishlar natijasiga ko‘ra tegishli ma’lumotlar Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish yuzasidan yakuniy xulosa tasdiqlangandan so‘ng, vazirlik sayti va ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari orqali rasmiy tarzda e’lon qilinadi.
Shu o‘rinda, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi talabalarni pandemiya sharoitida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishlarini, ularning ota-onalari ham farzandlari sog‘lig‘iga mas’uliyat bilan qarashlari va, albatta, vaksinatsiya jarayoniga faol ishtirok etishlarini so‘rab qoladi.
Emlash talabalarning yaxshi bilim olishlari bilan bir qatorda o‘zlari hamda professor-o‘qituvchilarning ham sog‘-salomat bo‘lishini ta’minlaydi.
————————
➖ Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU Matbuot xizmati
https://t.iss.one/navoiy_uni_uz

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_bayonot
2021/2022-oʻquv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha toʻlov-kontrakt qiymati miqdorlari toʻgʻrisida Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining bayonoti
Axborot xizmati rahbari Sardor Usmanov
👉 Matn formatida o'qish
👉 Kontrakt miqdorlari
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Talaba.uz telegram kanalida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti yotoqxonasida boshqa oliy taʼlim muassasasi talabasi joylashganligi haqida tarqalgan xabar yuzasidan
Talaba.uz telegram kanalida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti yotoqxonasida boshqa oliy taʼlim muassasasi talabasi joylashganligi haqida asossiz xabar tarqatildi. Biz ushbu xabarni o‘ganish natijasida quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida 2 ta Talabalar turar joyi mavjud. Talabalar turar joyi 480 talabaga moʻljallangan, bu yil qo'shimcha yotoqlar qoʻyilgani hisobiga 672 taga kengaytirilgan. Bugungi kunda 672 nafar talaba (shundan 61 nafar xorijlik) TTJda istiqomat qiladi. Bulardan 538 nafari qizlar, 73 nafari oʻgʻil bolalardir.
Joriy oʻquv yilida universitet miqyosida TTJga joylashish uchun talabalardan 966 ta ariza kelib tushgan. Ushbu arizalar universitet rektori SH.Sirojiddinov buyrugʻi bilan tuzilgan maxsus komissiya tomonidan oʻrganilib chiqilgan, murojaat etgan talabalardan: 569 nafar nogiron, boquvchisini yoʻqotgan, koʻzi ojiz, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”da qayd etilgan, shuningdek, oilasida 2 va undan ortiq toʻlov-shartnoma asosida tahsil oladigan ehtiyojmand talabalar joylashtirilgan.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda tekshirilmagan, asossiz ayblovlarni tarqatmaslikni soʻraymiz, shuningdek, anonim tarzda yozilgan xabarlarni tarqatish orqali o‘z manfaatini qondirishga harakat qiladigan turli kanallarga qonunchiligimizga koʻra, jinoiy javobgarlik belgilanganligini eslatib oʻtamiz.
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU Matbuot xizmati Telegram / Facebook / Instagram

Forwarded from Edu.uz
#Rasmiy_bayonot
Acharya universitetiga oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya berilmagan
Ijtimoiy tarmoqlarda Acharya universitetiga qabul bo‘lib o‘tayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Vazirlik vakolatli organ sifatida ushbu xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
Vazirlik ushbu xususiy ta’lim muassasasiga oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya bermagan. Litsenziya olgandan keyingina ta’lim faoliyati olib borishi mumkin.
Shu o‘rinda, abituriyentlar va ularning ota-onalaridan faqatgina vazirlikning edu.uz rasmiy saytida ko’rsatilgan davlat, nodavlat va xorijiy oliygohlar ro‘yxatidagi oliy o’quv yurtlarini tanlashlari tavsiya etiladi.
👉На русском
👉In English
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

👍5❤1
Forwarded from Edu.uz
#Rasmiy_bayonot
Magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda sertifikat talabi bekor qilinmagan
Ijtimoiy tarmoqlarda 2025-yil 19-iyuldagi PF–114-sonli Prezident Farmoni noto‘g‘ri talqin qilinmoqda. Shu munosabat bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Mazkur Prezident Farmoni bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritildi va ba’zilarining ayrim bandlari o‘z kuchini yo‘qotdi.
Xususan, 2021-yil 19-maydagi PQ–5117-sonli Qarorning 6-bandi to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlandi. Ushbu bandda magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda xorijiy til sertifikati talabining ilk joriy etilishi nazarda tutilgan edi.
Biroq, mazkur normaning chiqarib tashlanishi xorijiy til bo‘yicha sertifikatlar talabi butunlay bekor qilindi degani emas.
Sababi, 2024-yil 24-maydagi PF–81-sonli Prezident Farmoni bilan magistratura mutaxassisliklari va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar quyidagi darajalarda talab etilishi belgilangan:
🟢 xorijiy tillar yoʻnalishlari boʻyicha — kamida C1 darajasida;
🟢 gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat koʻrsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taʼlim sohalari boʻyicha — kamida B2 darajasida;
🟢 boshqa taʼlim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari boʻyicha — kamida B1 darajasida.
Shu munosabat bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi PF–81-son Prezident Farmoni bilan belgilangan xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar talabi hozirda ham amalda ekanini eslatadi va bu borada tarqalayotgan noto‘g‘ri talqinlarga e’tibor bermaslikni so‘raydi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda sertifikat talabi bekor qilinmagan
Ijtimoiy tarmoqlarda 2025-yil 19-iyuldagi PF–114-sonli Prezident Farmoni noto‘g‘ri talqin qilinmoqda. Shu munosabat bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Mazkur Prezident Farmoni bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritildi va ba’zilarining ayrim bandlari o‘z kuchini yo‘qotdi.
Xususan, 2021-yil 19-maydagi PQ–5117-sonli Qarorning 6-bandi to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlandi. Ushbu bandda magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda xorijiy til sertifikati talabining ilk joriy etilishi nazarda tutilgan edi.
Biroq, mazkur normaning chiqarib tashlanishi xorijiy til bo‘yicha sertifikatlar talabi butunlay bekor qilindi degani emas.
Sababi, 2024-yil 24-maydagi PF–81-sonli Prezident Farmoni bilan magistratura mutaxassisliklari va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar quyidagi darajalarda talab etilishi belgilangan:
Shu munosabat bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi PF–81-son Prezident Farmoni bilan belgilangan xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar talabi hozirda ham amalda ekanini eslatadi va bu borada tarqalayotgan noto‘g‘ri talqinlarga e’tibor bermaslikni so‘raydi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍1