TDSHU • ТГУВ • TSUOS
6.1K subscribers
11.2K photos
1.32K videos
185 files
6.61K links
TDSHU rasmiy kanali
Официальный канал ТГУВ

Veb-sayt tsuos.uz
Facebook fb.com/tsuos.uz
Instagram instagram.com/tsuos.uz
Twitter https://twitter.com/tsuos_uz
YouTube youtube.com/c/tsuosuz

Murojaat uchun @tsuos_bot
Rektorga murojaat tsuos.vqabulxona.uz
Download Telegram
#tilimiz_tarovati #tanlov
Diqqat tanlov❗️

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi o‘zbek tilining sofligi va tozaligini targ‘ib qiluvchi eng yaxshi videoroliklar tanlovini e’lon qiladi.

🛎 O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish, davlat tilini milliy qadriyat sifatida targ‘ib qilish, unga nisbatan milliy g‘urur hissini tarbiyalash, tilimizning xalqaro mavqeini mustahkamlashga xizmat qiluvchi videolavhalar 5 daqiqaqadan oshmasligi lozim.
👩‍💻Tanlovda respublikamizdagi barcha oliy o‘quv yurtlari talabalari ishtirok etishlari mumkin.

🏆 Tanlov g‘oliblari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.

👨‍💻 Ijodiy ishlar joriy yilning 18-oktabriga qadar @TalabaMedia_bot telegram kanali orqali qabul qilinadi.
🎬 Tanlovga yuborilgan videolavhalar https://t.iss.one/TALABAMG kanali orqali namoyish etib boriladi.
☎️ Murojaat uchun telefon: 71 246-64-09

Tanlovda ishtirok eting va tilimiz targ‘ibotiga o‘z hissangizni qo‘shing!
#Tanlov
Davlat ekologiya qo‘mitasi World Cleanup Day – Butunjahon tozalik kuni https://www.worldcleanupday.org/ munosabati bilan atrof-muhit tozaligiga bag‘ishlangan eng yaxshi ijtimoiy roliklar uchun tanlovini e'lon qiladi!

Ijtimoiy roliklarga quyiladigan asosiy talablar:

1. Ijtimoiy rolik qisqa (2 daqiqagacha) bo‘lishi;
2. Mazmuni jihatdan atrof-muhit tozaligi, ona tabiatni asrash masalalarini ochib berishi;
3. Kreativ yondoshuvlarga asoslangan bo‘lishi;
4. Kamida HD formatda bo‘lishi;
5. Ijtimoiy tarmoqlarda (Instagram, Facebook, Youtube) ko‘p marotaba ko‘rilgan bo‘lishi lozim.

Mazkur tanlov natijalari Davlat ekologiya qo‘mitasi, jamoatchilik vakillari hamda tajribali jurnalistlar ishtirokida ko‘rib chiqiladi hamda 17 sentyabr' - Butunjahon tozalik kuni munosabati bilan tashkil etiladigan tadbirda e'lon qilinadi.

⚜️ Eng yaxshi ijtimoiy roliklar tanlovi g‘oliblari tashkilotchilar hamda homiylar tomonidan pul mukofotlari, qimmatbaho sovg‘alar va sertifikatlar bilan taqdirlanadi:

Birinchi o‘rin – 50 mln.so‘m;
Ikkinchi o‘rin – 25
mln.so‘m (2 ta);
Uchinchi o‘rin – 10
mln.so‘m (3 ta).

Mazkur tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan shaxslar Davlat ekologiya qo‘mitasining Matbuot xizmatiga quyidagi manzillarga murojaat qilishlari so‘raladi:
[email protected],
tel.: (90) 138 47 47, (90) 006 62 79

🗓️ Tanlovning oxirgi muddati - 16 sentyabr', 16-00.

TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram|tsuos.uz
⭐️ Nobel mukofoti sohiblari bilan uchrashishni istaysizmi?

Shoshiling! Biz sizga shunday imkoniyatni taqdim etamiz.

26-28-oktabr kunlari o‘tkaziladigan V Nobel festivali doirasida Nobel mukofoti sovrindorlarining eng yaxshi talabalar, yosh olimlar va professorlar bilan uchrashuvi o‘tkaziladi.

Quyidagi shartlarni bajaring va uchrashuvda ishtirok eting:

"Men nima uchun Nobel mukofoti sohiblari bilan uchrashmoqchiman?" mavzusida esse yozing;

O‘zbek, ingliz yoki rus tilidagi esselaringizni 23-oktabrga qadar quyidagi havola orqali yuboring:

https://forms.gle/FNNLgs5iujXg9YrZA

Eng yaxshi deb topilgan 5 ta muallif Qozog'istonning Ostona shahrida o‘tkaziladigan uchrashuvda qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

✈️ Sayohat bilan bog‘liq barcha xarajatlar Yoshlar ishlari agentligi va festivalning bosh homiysi — tomonidan moliyalashtiriladi.

Ma'lumot uchun, uchrashuvda Nobel mukofoti sovrindori Rae Kvong Chung va boshqa taniqli olimlar ishtirok etadi.

#tanlov #NobelFest
TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS

🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube |📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov #Maqola

✅️ “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal tahririyati 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi!

Tanlovga Respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, ilmiy izlanuvchilari va boshqaruv xodimlari qatnashishi mumkin.

Tanlov mukofot jamgʻarmasi 10 million soʻm:

1-oʻrin 5 000 000 (besh million) soʻm
2-oʻrin 3 000 000 (uch million) soʻm
3-oʻrin 2 000 000 (ikki million) soʻm

⚠️ Muddat 2022-yil 20-dekabrga qadar davom etadi.(o'sha kuni ham)

📲 Maqola yuborish:👉 @EduJournalBot

Batafsil ushbu 👉 havola orqali bilib olishingiz mumkin.

TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS

🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube |📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#Tanlov

Shaxmat bo‘yicha “Eng yaxshi o‘quv-metodik qo‘llanma” tanloviga hujjatlar qabuli davom etmoqda

📖 Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi oliy ta’lim muassasalari pedagog xodimlari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha “Eng yaxshi o‘quv-metodik qo‘llanma” tanlovida ishtirok etishga taklif etadi.

📚 Tanlovning umumiy talablari va unda ishtirok etish bo‘yicha shartlar bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin 👉 Batafsil ko‘rish

🔚 Ishtirok etish uchun tayyorlangan takliflar joriy yilning 18-dekabr kuniga qadar Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markaziga adabiyot.edu.uz elektron platformasi orqali taqdim etiladi.

☎️ Qoʻshimcha maʼlumot uchun: 71-207-03-43 (108)

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Eʼlon
#Tanlov

⚡️Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha “Eng yaxshi darslik” tanlovi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy ta’lim muassasalari pedagog xodimlari o‘rtasida ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha “Eng yaxshi darslik” tanlovida ishtirok etishga taklif etadi.

Tanlov o‘tkaziladigan fanlar ro‘yxati ushbu havolada keltirilgan.

Tanlovning umumiy talablari va unda ishtirok etish bo‘yicha shartlar bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin 👉 Batafsil ko‘rish

Tanlovda yuqorida keltirilgan fanlar bo‘yicha tayyorlangan darsliklar talab etilgan hujjatlar birgalikda yig‘ma jildli papkada joriy yilning 10-avgust kuniga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markaziga taqdim etiladi.

☎️ Qoʻshimcha maʼlumot uchun: 71-207-03-43 (108)

TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press Service of TSUOS

🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube |📹 Instagram| 🌐Twitter | 🌐linkedin|🗄 tsuos.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#e’lon #tanlov

⚡️⚡️“O‘zbekistonda oliy ta’lim” jurnali maqolalar tanlovini e’lon qiladi!

Eng yaxshi deb topilgan maqola mualliflariga tashkilotchilar tomonidan pul mukofoti va g‘oliblik sertifikati taqdim etiladi.

Tanlov mukofot jamg‘armasi 10 million so‘m:
1-o‘rin
— 5 000 000 (besh million) so‘m;
2-o‘rin — 3 000 000 (uch million) so‘m;
3-o‘rin — 2 000 000 (ikki million) so‘m.

⚠️ Maqolalar telegram messenjeridagi @EduJournalBot orqali 2023-yilning 20-noyabriga qadar qabul qilinadi.

📡 Tanlov jarayoni va natijalari haqidagi ma’lumotlar Markazning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari (www.edujournal.uz, www.devedu.uz)da e’lon qilib boriladi.

➡️ Maqolalarga qo‘yiladigan umumiy talablar bilan jurnal saytida batafsil tanishing ⬅️

👉На русском
👉In English

TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS

🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube
📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov
#stipendiya

⚡️ “El-yurt umidi” jamg‘armasi granti uchun 2-stipendiya tanlovi boshlandi

Stipendiya tanloviga nomzodlar hujjatlarini 10-oktabrdan 10-noyabrgacha https://admission.eyuf.uz/ platformasi orqali onlayn yuborishlari mumkin.

2-tanlovda xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida ta’lim olish uchun 345 ta:

✔️ bakalavriat ta’lim dasturi uchun 22 ta;
✔️ magistratura ta’lim dasturi uchun 193 ta;
✔️ doktorantura ta’lim dasturi uchun 130 ta o‘rin ajratiladi.

❗️ Eslatma: nomzodlar tomonidan tizimga yuklanadigan xorijiy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilinganligi / shartli qabul qilinganligi to‘g‘risidagi taklifnoma-xat (Letter of acceptance yoki Letter of conditional acceptance) yoki ma’lumotnomalarda ta’lim olishni boshlash davri va ta’lim oladigan mutaxassislik nomi aniq ko‘rsatilishi lozim.

Qo‘shimcha savollarga quyidagi manzillar orqali javob olish mumkin:
Telefon:
71 203 14 41, 71 203 00 47, 71 203 00 48, 71 203 00 53
Telegram-bot: https://t.iss.one/EYUF_Admission_2023bot
E-pochta: [email protected]

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#tanlov

🏛 Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Yoshlar akademiyasi Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarning tashabbusini qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, ularni ilmiy-texnik faoliyatga keng jalb qilish, iqtidorli yoshlarning innovatsion g'oyalarini amaliyotga tatbiq etish maqsadida "Mirzo Ulug'bek" Respublika tanloviga start berilganini ma'lum qiladi.

❇️ Tanlov uch (tuman, viloyat, respublika) bosqichda o'tkaziladi.

🏆 Tanlov g'oliblari mos ravishda BHMning 5, 10 hamda 20 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

❗️ Tanlovda ishtirok uchun yosh chegarasi: 16 yoshdan 25 yoshgacha

🔗 Ro'yxatdan o'tish hamda batafsil ma'lumot uchun: https://vorislar.uz

Kanalimizni kuzatishda davom eting!!!

👉 @tdshuiqtidor
#tanlov #bahs #munozara #aql_jangi

🌐"Bitiruvchi va talaba 2024 Toshkent" festivali doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida "Munozara" intellektual o‘yini tashkil etiladi.

❇️- Sizga turli xil mavzularda bahslashish qiziqmi?

❇️- O’z fikringizni notiqlardek yetkazib bera olasizmi?

❇️- Jamiyatdagi og’riqli va bahsli mavzular sizni o’ylantiradimi?


Unda sizni universitetimizda bo'lib o'tadigan “Munozara” o‘yinida kutib qolamiz!

📑Shartlar oddiy:

- 3kishidan iborat jamoa tuzing
- ro‘yxatdan o‘ting
- ishtirok eting

📍Manzil: Asosiy bino fayesi
🗓O'tkazilish vaqti: 16-may soat 14:00da

Murojaat uchun: @Muslimbek_shaxsiy

TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS

🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube |📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM