TSUL - Science and Innovation
2.1K subscribers
1.37K photos
122 videos
99 files
1.64K links
📢: Ushbu kanalda Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimi, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat hamda Ilm-fan taraqqiyotiga ko‘maklashadigan ma’lumotlar berib boriladi.

📢:Murojaatlar uchun:
@TSUL_Science_and_Innovation_bot

TSUL_SCIENCE_AND_INNOVATION
Download Telegram
Forwarded from TDYU_Ma'naviyat
👍3🔥21
Forwarded from TDYU_Ma'naviyat
#dolzarb_90_kun

📍 TDYUda “Bir talabaga – bir loyiha” o‘quv-akseleratsiya dasturi bo‘lib o‘tdi

📌 Toshkent davlat yuridik universiteti Huquqiy tashabbuslar va innovatsiyalar markazida o‘tkazilgan ushbu o‘quv-akseleratsiya dasturi doirasida ishtirokchilar o‘zlarining g‘oya va tashabbuslarini amaliy loyihalarga aylantirish yo‘lida zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

👥 Dasturda TDYU talabalari, M. Vosiqova nomidagi akademik litsey o‘quvchilari hamda boshqa oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etdi.

💡 Ishtirokchilarga innovatsion fikrlash, startap asoslari, biznes-reja tuzish, pitching texnikasi, jamoada ishlash va taqdimot ko‘nikmalari bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Ushbu mashg‘ulotlar soha mutaxassislari tomonidan olib borildi va ishtirokchilarga startap ekotizimi haqida chuqur bilimlar berdi.

🤝 Qatnashchilar turli sohalardagi mutaxassislar bilan bevosita muloqot qilish, tajriba almashish hamda professional aloqalarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

🎓 Dastur yakunida faol ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi. Pitching bosqichida esa eng yaxshi loyihalar saralanib, taqdirlandi.

🚀 Ushbu tashabbus yoshlarning innovatsion salohiyatini yuzaga chiqarish, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish va huquqiy yo‘nalishda startap muhitini shakllantirishga xizmat qildi.

@TDYU_Manaviyat
@tsul_science
👍3😇1
⬆️ Xalqaro xususiy huquq kafedrasi professor-o‘qituvchisi tomonidan yozilgan “Digital Defense Drives Economic Growth in Indonesia and Uzbekistan” nomli maqola Scopus 1-quartile jurnalida indeksatsiya bo‘ldi.

Ushbu maqola kafedra mudiri o‘rinbosari, TDYU mustaqil izlanuvchisi Turdialiyev Muhammad Ali Po‘latjon o‘g‘lining dissertatsiyasi mavzusida yozilgan bo‘lib, maqolada tijorat munosabatlarida blokcheyn tizimlari, raqamli banking va boshqa raqamli faoliyatga oid huquqiy munosabatlar quyosiy tahlili amalga oshirilgan.
O‘zbekiston va Indoneziyada raqamli shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish muhimligi va uning har ikki mamlakatdagi raqamli iqtisodiy rivojlanish bilan bog‘liqligini masalalari o‘rganilgan.

🔗:Maqola to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:
https://journal.contrariusactus.com/index.php/JSDERI/article/view/47
👍6🔥2
📊Toshkent davlat yuridik universitetining xalqaro ilmiy faoliyatini kengaytirish va xalqaro ilmiy bazalarda tan olinishini ta’minlash borasida navbatdagi muhim yutuqqa erishildi. Jumladan, Xalqaro xususiy huquq kafedrasi tomonidan hamkorlik o’rnatilgan Qubahan Academic Journal (Scopus Q1) nufuzli xalqaro ilmiy jurnalida o‘tgan 1 yil ichida jurnalning 5 ta sonida universitet nomidan 10 ta ilmiy maqola muvaffaqiyatli chop etildi va Scopus xalqaro ilmiy bazasida indekslandi.
Mazkur yutuq universitetimizning ilmiy salohiyati va xalqaro tan olinishiga katta hissa bo‘lib qo‘shilmoqda.

Mazkur maqolalarning Scopus bazasida indekslanishi universitetimiz tadqiqotchilarining xalqaro ilmiy hamjamiyatda tan olinishiga, ilmiy reytinglar va hamkorlik aloqalarining mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

🔗 Maqolalar bilan tanishish uchun havolalar:
1. https://journal.qubahan.com/index.php/qaj/article/view/863/217
2. https://journal.qubahan.com/index.php/qaj/article/view/1209/316
3. https://journal.qubahan.com/index.php/qaj/article/view/1204/302
4. https://journal.qubahan.com/index.php/qaj/article/view/1246/330
5. https://journal.qubahan.com/index.php/qaj/article/view/1222/331
6. https://journal.qubahan.com/index.php/qaj/article/view/1709/421
7. https://journal.qubahan.com/index.php/qaj/article/view/1723/420
8. https://journal.qubahan.com/index.php/qaj/article/view/1712/429
9. https://journal.qubahan.com/index.php/qaj/article/view/1722/428
10. https://journal.qubahan.com/index.php/qaj/article/view/1698/426

📌 Scopus profili orqali tekshirish uchun:
https://www.scopus.com
5
Axborot xati.pdf
817.9 KB
🔉Diqqat, e’lon!

Markaziy saylov komissiyasi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan kelib tushgan topshiriq yuzasidan “Saylov qonunchiligi va amaliyoti” mavzusida ilmiy maqolalar va tezislar elektron to‘plamini tayyorlash belgilangan.

Ilmiy maqolalar va tezis materiallari to‘plam shaklida chop etilishi munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning ilmiy maqola yoki tezislarning yozma va elektron variantlarini joriy yilning 1-sentyabr kuniga qadar [email protected] manziliga yuborilishi lozim.

📞Ma'lumot uchun telefon: +998997209506.
📭Elektron manzilimiz: [email protected].
1
4️⃣4️⃣4️⃣ • “Jinoiy odil sudlov: shaxs huquq va erkinliklari” moduli bo‘yicha o‘quv kursi 2-iyuldan boshlanadi

Xabaringiz bor, TDYU tomonidan “Huquq maktabi” mobil ilovasi yaratildi. Mazkur ilovadan yuqori malakali ustoz va ekspertlar tomonidan tayyorlangan huquqiy o‘quv materiallari o‘rin olgan.

Mazkur mobil ilovada “Jinoiy odil sudlov: shaxs huquq va erkinliklari” moduli bo‘yicha o‘quv kursi tashkil etilmoqda. Kurs doirasida jinoyat protsessida shaxsning huquqiy maqomi, asosiy kafolatlari va sud amaliyoti bilan interaktiv tarzda tanishishingiz mumkin.

Kursda ishtirok etish uchun quyidagi linklar orqali “Huquq maktabi” mobil ilovasi yuklab olish va ro‘yxatdan o‘tish lozim:
👉 IOS
👉 Android

Kurs yakunida foydalanuvchilarga sertifikat beriladi.


4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣ • Учебный курс по модулю «Уголовное правосудие: права и свободы личности» стартует с 2 июля

Как вы знаете, Ташкентским государственным юридическим университетом было создано мобильное приложение «Huquq maktabi». В данном приложении размещены правовые учебные материалы, подготовленные высококвалифицированными преподавателями и экспертами.

На этой платформе организуется учебный курс по модулю «Уголовное правосудие: права и свободы личности». В рамках курса вы сможете в интерактивной форме ознакомиться с правовым статусом личности в уголовном процессе, основными гарантиями и судебной практикой.

Для участия в курсе необходимо скачать мобильное приложение «Школа права» и пройти регистрацию по следующим ссылкам:
👉 iOS
👉 Android

По окончании курса участникам будет выдан сертификат.


🔴 🔵 🟣 @tsulofficial #elon #объявление #announcement
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣Yuridik bilimlarni sun’iy intellekt bilan birlashtirgan innovatsion loyiha!

TDYU talabasi Sunnat Panjiyev Sherzod o‘g‘li va uning jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan “Yurist AI” – bu huquqiy sohada sun’iy intellekt va RAG (Retrieval-Augmented Generation) texnologiyasi asosida ishlovchi zamonaviy platformadir

Ushbu loyiha quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
🔹O‘zbekiston Konstitutsiyasi, kodekslari va 450 dan ortiq qonuniy manbalar asosida real vaqt rejimida izlash va huquqiy javoblar taqdim etish
🔹AI yordamida aniq, tushunarli va ishonchli huquqiy maslahatlar berish
🔹Hujjat tuzish, hujjat tahlili, Sudga tayyorgarlik, qonunlarni izohlash, mutaxassislarni topish va boshqa yuridik xizmatlar

🎯 Maqsadimiz – huquqiy xizmatlarni raqamlashtirish, fuqarolarga tezkor va sifatli yuridik yordam ko‘rsatish

📈 Loyiha universitet ichki tanlovlarida 1-o‘rinni egallagan bo‘lib, hozirda kengaytirish va ommalashtirish bosqichida

Sinab ko'ring https://431451b5-66c7-4435-8d16-13b65b4852cd-00-39llszyhj9ccv.picard.replit.dev/
3👍2🔥1
📢 Diqqat, e’lon!

🏛Toshkent davlat yuridik universiteti Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar yig‘ilishida Xaliqulov Komoliddin Nosirovich tomonidan tayyorlangan yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun dissertatsiya ishining muhokamasi bo‘lib o‘tadi.

📕 Dissertatsiya mavzusi: «Xorijiy davlatlar sud qarorlarini tan olish va ijro etish bo‘yicha xalqaro-huquqiy hamkorlik»

🎓 Ixtisoslik: 12.00.10 – Xalqaro huquq

📅 Sanasi: 25-iyul kuni soat 9:00 da

📍Manzil: 3-bino 234-xona(Forsayt)

🔗Zoom: https://us06web.zoom.us/j/85704107934?pwd=HWC0gPaekMTvjblagfsakp1Yvut447.1
ID: 857 0410 7934
PAROL: 792006

#seminar
1
📢 Diqqat, e’lon!

🏛Toshkent davlat yuridik universiteti Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar yig‘ilishidaShermamatova Maftuna Shokir qizi tomonidan tayyorlangan yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun dissertatsiya ishining muhokamasi bo‘lib o‘tadi.

📕 Dissertatsiya mavzusi: «Implementation of WTO TFA standards in Uzbekistan’s customs legislation»

🎓 Ixtisoslik: 12.00.10 – Xalqaro huquq

📅 Sanasi: 25-iyul kuni soat 10:00 da

📍Manzil: 3-bino 234-xona(Forsayt)

🔗Zoom: https://us06web.zoom.us/j/85704107934?pwd=HWC0gPaekMTvjblagfsakp1Yvut447.1
ID: 857 0410 7934
PAROL: 792006

#seminar
2🤩1
📢 E’lon! Ilmiy seminar majlisi

Toshkent davlat yuridik universitetida 2025-yil 28-iyul kuni soat 09:00 da (3-o‘quv bino, 234-xona) Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar a’zolarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

📝 Kun tartibi:
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti mustaqil izlanuvchisi Fayziyev Farxod Furqat o‘g‘lining
“Гражданско-правовое регулирование торговых отношений через сеть интернет” mavzusidagi yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi.

📚 Ixtisoslik: 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq

🔗 https://us02web.zoom.us/j/86804001660?pwd=8d1jOB4VIWNpOdTA3OhK4oJIzmYnPp.1
🔥3
📢 E’lon! Ilmiy seminar yig‘ilishi

Toshkent davlat yuridik universitetida 2025-yil 28-iyun kuni, soat 10:30 da (3-o‘quv bino, 234-xona) Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar a’zolarining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

📝 Kun tartibi:
Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi Marufov Oybekjon Uktamovichning
“Yerga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni sudda ko’rishning protsessual hususiyatlari” mavzusidagi yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi.

📚 Ixtisoslik: 12.00.04 – Fuqarolik protsessual huquqi. Iqtisodiy protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya

https://us02web.zoom.us/j/86804001660?pwd=8d1jOB4VIWNpOdTA3OhK4oJIzmYnPp.1
🔥1
📢 E’lon! Ilmiy seminar yig‘ilishi

Toshkent davlat yuridik universitetida 2025-yil 30-iyul kuni, soat 09:00 da (3-o‘quv bino, 234-xona) Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar a’zolarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

📝 Kun tartibi:
Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi Sarabekov A’zamjon Abdukadirovich tomonidan tayyorlangan
“O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni shakllantirish va rivojlantirishning fuqarolik-huquqiy tartibga solinishini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya muhokamasi.

📚 Ixtisoslik: 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq


🔗 https://us02web.zoom.us/j/83995607136?pwd=9qu1ctD0BsBdNoqY73ZQFuBz5ua3Ni.1
🔥2
📢 E’lon! Ilmiy seminar yig‘ilishi

Toshkent davlat yuridik universitetida 2025-yil 30-iyul kuni, soat 10:30 da (3-o‘quv bino, 234-xona) Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar a’zolarining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

📝 Kun tartibi:
Toshkent davlat yuridik universiteti tayanch doktoranti Xatamjonova Gulsanam Yasharjon qizining
“Xalqaro xususiy huquqda erk muxtoriyati (Party autonomy) prinsipi va uning cheklovchi xususiyatlari” mavzusidagi yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi.

📚 Ixtisoslik: 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq

Barcha ilmiy tadqiqotchilar va qiziquvchilar taklif etiladi!
🔗 https://us02web.zoom.us/j/83995607136?pwd=9qu1ctD0BsBdNoqY73ZQFuBz5ua3Ni.1
4🔥1
📣 Diqqat, e'lon

🔹Bugun soat 16:00da “Pivot-RP platformasi imkoniyatlaridan foydalanish: grantlar va ilmiy konferensiyalar” mavzusida seminar-trening tashkil etilmoqda.

👤Spiker: Behruz Shamsutdinov, TDYU Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻlimi boshligʻi

Zoom havola:
https://us06web.zoom.us/j/89567605111?pwd=4X0bqCpWxunaJGx3WsExUGvstqlD4Q.1
Konferensiya identifikatori: 895 6760 5111
Kirish kodi: 722983

Ulanishda muammolar yuzaga kelsa, quyidagi raqam bilan bog'lanish mumkin: 99 936 80 00 (Behruz)
🔥2👍1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Pivot-RP platformasi imkoniyatlaridan foydalanish: grantlar va ilmiy konferensiyalar” mavzusidagi seminar-trening vidoyozuvi e'tiboringizga havola etilmoqda.
🤩1
🎓 HUQUQ MAKTABI foydalanuvchilari uchun BEPUL MASTER-KLASS!
📅 28–30 iyul kunlari
Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan “Huquq Maktabi” mobil ilovasidan samarali foydalanish va uning asosiy imkoniyatlari bo‘yicha maxsus master-klasslar tashkil etiladi!

🔍 Nimalarni o‘rganasiz?
Ilovaning asosiy bo‘limlari: testlar, podkastlar, maslahatlar, viktorinalar va boshqalar
Huquqiy bilimlarni mustaqil o‘rganish strategiyalari
Sertifikat olish tartibi
Ilovadan interaktiv foydalanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar

🤝 Mutaxassislar bilan jonli muloqot imkoniyati

👉zoom havola //us05web.zoom.us/meetings/86160420941/invitations?signature=o5HyTrekUwqAr_gOx438t3z0mYqNwswlf27HD_o_tCQ

Qo‘shimcha ma’lumot: https://t.iss.one/Yuldashevnamaftuna

Huquqiy bilimga birinchi qadamni biz bilan qo‘ying!
👍1🤩1