TSUE-TDIU
20.2K subscribers
16.1K photos
2.1K videos
154 files
7.76K links
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining rasmiy axborot kanali \ Официальный новостной канал ТГЭУ

Instagram: https://www.instagram.com/tsueuzofficial/

Facebook: https://www.facebook.com/tsueuzofficial/

Aloqa: +998 71 239 28 66
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
AL qabul_parametrlari2023.pdf
1.4 MB
#qabul2023
#alademik_litsey

Akademik litseylarga qabul kvotalari tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 71 ta litseyga jami 14 690 ta kvota ajratildi: 11 544 ta o‘zbek, 2 678 ta rus va 468 ta qoraqalpoq tillari uchun.

Qabulga doir rasmiy bot: @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2023

📹
magistr.edu.uz platformasi orqali ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma

Eslatma: hujjatlarni qabul qilish 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

👉
Sertifikatlar ro‘yxati

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#qabul2023
#statistika

2023/2024-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot
(2023-yil 10-iyul 18:00 holatiga)

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — 357 424 nafar.

🔹Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

O‘zbek tili — 308 524 nafar;
Rus tili — 40 290 nafar;
Qoraqalpoq tili — 7 376 nafar;
Boshqa tillar — 1 234 nafar.

🔸Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

Kunduzgi ta’lim shakli — 239 777 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 9 303 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 105 627 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 2 717 nafar.

🔹Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

🏛 O‘zbekiston milliy universiteti — 13 827 nafar;
🏛 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti — 12 083 nafar;
🏛 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 11 113 nafar;
🏛 Toshkent davlat pedagogika universiteti — 11 021 nafar;
🏛 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 10 782 nafar.

🔸 Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha top 5 talik:

Samarqand viloyati — 43 728 nafar;
Qashqadaryo viloyati — 37 760 nafar;
Toshkent viloyati — 33 548 nafar;
Farg‘ona viloyati — 32 775 nafar;
Andijon viloyati — 32 748 nafar.

Eslatma: hujjatlar my.uzbmb.uz yoki my.gov.uz elektron platformalari orqali 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

Kvotalar to‘liq
@eduuzuniversalbot’da

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2023

Oliy taʼlimni biz bilan boshlang!

🏛 Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga 2023/2024-yilida bakalavriatning 32 ta ta’lim yo‘nalish (kunduzgi, sirtqi) va 26 ta magistratura mutaxassisligiga o‘qishga qabul qilinishi rejalashtirilmoqda.

Eng muhim yangilik, joriy yil qabuli uchun universitetda bakalavriat kunduzgi ta’lim shaklida 5 ta, magistratura bosqichida esa 3 ta mutaxassislik yangi ochildi.

Batafsil ma’lumot uchun telefon raqamlari:
+998 71 245 42 43, +998 71 239 01 59,+998 71 239 28 79.

❗️Eslatma: hujjatlar my.uzbmb.uz yoki my.gov.uz elektron platformalari orqali 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

Kvotalar to‘liq
@eduuzuniversalbot’da

Bizni kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
#Qabul2023 #Natija

2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

📌 Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:

my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:

mandat.uzbmb.uz saytining “Bakalavr-2023” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100
raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

4️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @edtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

5️⃣ QR-kod orqali:

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

6️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

👉@eduuz