Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati
5.73K subscribers
3.88K photos
1.39K videos
10 files
2.91K links
"Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik Jamiyatining telegramdagi rasmiy sahifasi:
E-mail: [email protected]
Call center: 1062
Instagram: https://instagram.com/toshbus?igshid=YmMyMTA2M2Y=
Facebook:
https://www.facebook.com/profile.
Download Telegram
#sorovnoma

141-sonli avtobus
yo‘nalishi harakatini Kichik halqa yo‘lidan Bog‘iston, Samarqand darvoza ko‘chalari orqali o‘zgartirish taklif etilmoqda. Ushbu o‘zgartirish amalga oshirilganda, yo‘nalishning Kichik halqa yo‘li, Ko‘kcha mavzesi, 1-shahar shifoxonasidagi harakati o‘zgartiriladi. Mazkur oraliqda harakatlanuvchi yo‘lovchilar 141-sonli yo‘nalish bilan parallel harakatlanuvchi 146-sonli yo‘nalish xizmatlaridan foydalanishlari imkoniyati mavjud.

💬 Ushbu taklif etilayotgan yangi harakat chizmasi yuzasidan quyidagi so'rovnomada fikringizni qoldiring ⬇️
#sorovnoma

150-sonli avtobus yo‘nalishi
harakatini Furqat ko‘chasidan Sebzor, Nurafshon, Labzak ko‘chalari orqali Malika fabrikasi bekatigacha uzaytirish taklif etilmoqda. Ushbu o‘zgartirish amalga oshirilganda, yo‘nalishning A.Navoiy ko‘chasi va Paxtakor metrosidagi harakati o‘zgartiriladi. Mazkur oraliqda harakatlanuvchi yo‘lovchilar 150-sonli yo‘nalish bilan A.Navoiy ko‘chasida parallel harakatlanuvchi 53, 64, 65-sonli yo'nalishlar xizmatlaridan foydalanishlari imkoniyati mavjud.

💬 Ushbu taklif etilayotgan yangi harakat chizmasi yuzasidan quyidagi so'rovnomada fikringizni qoldiring ⬇️
#sorovnoma

12-sonli avtobus yo‘nalishi harakatini Food city savdo markazidan THAY orqali Qo‘yliq 1-mavzesi bekatida qisqartirish taklif etilmoqda. Ushbu o‘zgartirish amalga oshirilganda, yo‘nalishning Bektemir yo‘li ko‘chasi Food city savdo markazidagi harakati o‘zgartiriladi. Ushbu oraliqdagi yo‘lovchilar 12-sonli yo‘nalish bilan Bektemir yo‘li ko‘chasida parallel harakatlanuvchi 45, 68, 93, 110, 117, 128, 130-sonli yo‘nalishlar xizmatlaridan foydalanishlari imkoniyati mavjud.

💬 Ushbu taklif etilayotgan yangi harakat chizmasi yuzasidan quyidagi so'rovnomada fikringizni qoldiring ⬇️
#sorovnoma

99-sonli avtobus
yo‘nalishi harakatini "Farxod bozori" bekatidan "Janubiy vokzal" avtoshoxbekatiga qisqartirish taklif etilmoqda. Qisqartirishdan so'ng yo'nalish "Suvsoz mavzesi - Janubiy vokzal" oralig'ida harakatlanadi. 99-sonli yo'nalish xizmatlaridan foydalanuvchi yo‘lovchilar Janubiy vokzal bekatidan Farxod bekatigacha yetib borish uchun 8, 134 va 131-sonli yo'nalishlar xizmatlaridan foydalanishlari imkoniyati mavjud. Ushbu taklif Kichik halqa yo'lining Janubiy vokzaldan Farxod bozorigacha bo'lgan qismida yuzag kelayotgan tirbandliklarni kamaytirish, Chilonzor metrosi bekatida avtobuslarni yig'ilib qolishini kamaytirish maqsadida kiritilmoqda.

Eslatib o'tamiz, 2023-yil 1-noyabr kunidan Toshkent shahridagi avtobus yo'nalishlarida imtiyozli yo'l haqi tariflari joriy etilgan.

💬 Ushbu taklif etilayotgan yangi harakat chizmasi yuzasidan quyidagi so'rovnomada fikringizni qoldiring ⬇️