TRM - Rasmiy kanal
3.71K subscribers
1.57K photos
277 videos
829 links
Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi rasmiy kanali

Rasmiy sahifalarimiz: https://linktr.ee/trmuz

🌐https://trm.uz
Download Telegram
Davlat dasturi ijrosi amalda: “Barkamol avlod” bolalar maktabi xodimlari Hindistonda malaka oshirmoqda

Prezidentimizning “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” gi farmonida Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markaziga maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari o‘qituvchi-trenerlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish bo‘yicha vazifalar belgilangan.

Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi xodimlari hozirda Hindistonda maktabdan tashqari ta’lim yo‘nalishida malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqda.

Batafsil: https://trm.uz/news/02092025?lang=uz

— — — — —

Исполнение государственной программы на практике: сотрудники детской школы «Баркамол авлод» повышают квалификацию в Индии

В Указе Президента о Государственной программе по реализации Стратегии «Узбекистан – 2030» в «Год охраны окружающей среды и зелёной экономики» определены задачи для Республиканского научно-методического центра развития образования по направлению отправки педагогов-тренеров внешкольных образовательных организаций на стажировку и повышение квалификации в развитые зарубежные страны.

В целях реализации данных задач сотрудники Республиканской детской школы «Баркамол авлод» при Министерстве дошкольного и школьного образования в настоящее время принимают участие в курсах повышения квалификации по направлению внешкольного образования в Индии.

Подробно: https://trm.uz/news/02092025?lang=ru

🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ta’limni rivojlantirish markazida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy metodik markazi va "Zakovat" intellektual klubi hamkorligida markaz xodimlari o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Mazkur jarayonda ishtirokchilar 2 tur davomida jami 24 ta savolga javob qaytarishdi.

Ushbu o‘yinda 6 ta jamoa ishtirok etdi va eng ko‘p savollarga javob topgan 3 ta jamoa g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

🌐Youtube (HD)da ko'rish: https://youtu.be/SzQ6uHknpsw

🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Taʼlimda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish boʻyicha xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Joriy yilning 5-sentyabr kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida Qohiraning Helvan universiteti taʼlim texnologiyalari boʻyicha dotsenti, "Beijing Normal University"ning "Smart learning" instituti tadqiqotchisi Dr. Ahmed Hosny bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda oʻzaro hamkorlikda tadqiqotlar olib borish, maʼlumotlarni tahlil qilish hamda ilmiy natijalarni xalqaro miqyosda chop etish strategiyalari boʻyicha ham fikr almashildi.

Batafsil: https://trm.uz/news/05092025?lang=uz

— — — — —

Обсуждены перспективы международного сотрудничества по развитию цифровых технологий в образовании

5 сентября текущего года в Республиканском научно-методическом центре развития образования состоялась встреча с доцентом Хелуанского университета по образовательным технологиям, исследователем института «Smart learning» "Beijing Normal University" доктором Ахмедом Хосни.

На встрече были обсуждены вопросы проведения совместных исследований, анализа данных, а также стратегии публикации научных результатов на международном уровне.

Подробно: https://trm.uz/news/05092025?lang=ru

🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taʻlim

⚡️ ICESCO shafeligida o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro forum yuzasidan muhokama bo‘lib o‘tdi

👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/83720

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#haftadayjesti

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi faoliyatidagi haftaning eng muhim voqealari | 02 – 05.09.2025

🌐Youtube (HD): https://youtu.be/Of9QVkFuNV4

🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев таълим тизимини ислоҳ қилиш масалаларига оид тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по вопросам реформирования системы образования.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #islohot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида мактабгача ва мактаб таълими соҳасидаги ислоҳотлар ижроси ва келгусидаги устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёев начнется видеоселекторное совещание по обсуждению хода реформ и дальнейших приоритетных задач в сфере дошкольного и школьного образования.

Facebook|Instagram|X
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ta’lim sohasidagi islohotlar ijrosi va kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. 

“Iqtisodiyot rivojlanishi, yurtimiz va farzandlarimiz kelajagi faqat va faqat ta’lim va muallimga bog‘liq. Sizlar bilan ish boshlagan birinchi kundan aytaman: ta’lim, ta’lim, ta’lim, muallim, muallim, muallim”, – dedi davlatimiz rahbari.

O‘qituvchiga munosib sharoit yaratish, bog‘cha, maktab qurish, jihozlash, chetdan mutaxassis olib kelish, zamonaviy darslik va o‘quv dasturlarini joriy qilish bo‘yicha juda ko‘p sharoitlar yaratilgani va bu yana davom ettirilishi ta’kidlandi.

“Lekin har bir tuman, viloyat hokimi, biz farzandlarimizni ishonib topshirgan bog‘cha, maktab, texnikum, oliygoh rahbarlari bir haqiqatni aniq bilishi zarur.

Odamlarimiz yaxshi yashashi uchun iqtisodiyotimiz kuchli bo‘lishi kerak! Buning uchun yangi tovar, yangi xizmat, yangi texnologiya kerak! Sifatli ta’lim tizimi orqaligina bularga erisha olamiz! Boshqa yo‘limiz yo‘q!

Shu haqiqatni anglab, har kuni o‘zini qiynab ishlagan rahbarning tumanida, bog‘chasi, maktabi, texnikumi, oliygohida albatta o‘zgarish va natija bo‘ladi!”
,

– dedi Prezident.

🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yig‘ilishda jalb qilinayotgan investisiyalarga, yangi ochilayotgan korxonalarga yarasha munosib kadr ham tayyorlanishi lozimligi qayd etildi.

O‘tgan davrda o‘qituvchilarning oyligiga qo‘shimcha 10 dan ziyod ustamalar joriy qilindi.

“E’tibor bering, bugun o‘z ustida ishlagan 60 mingdan ortiq o‘qituvchi 10-12 million so‘m maosh olyapti. Bu qachon bo‘lgan?”

– dedi Prezident.

Joriy oydan boshlab maktab direktorlari, bog‘cha mudiralari va ularning o‘rinbosarlari oyligi ham 10 million so‘mdan oshdi. Yangi baholash tizimiga o‘tgan 1,5 ming maktabning 300 tasi ijobiy natija ko‘rsatgani uchun butun jamoasi 40 foizgacha ustama oladi.

“Men xalqimizga vaqti kelib o‘qituvchilarning maoshini ming dollarga yetkazamiz degan gaplarim mana uch yil ichida haqiqatga aylandi”,

– dedi davlatimiz rahbari.

🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilda bog‘cha o‘rinlarini qo‘shimcha 182 mingtaga ko‘paytirish rejalashtirilgan. Ularning 82 mingi yangi bog‘chalar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Tumanlar hokimlari qolgan o‘rinlar nima hisobidan yaratilishini o‘ylamayotgani tanqid qilindi.

Misol uchun, 118 ta bog‘chadagi 255 ta xona ta’mirga muhtoj bo‘lgani uchun bo‘sh turibdi. Yoki joylarda 8 ta bog‘chani qurish va ta’mirlash 2-3 yildan beri cho‘zilmoqda.

Chimboy, Gʻallaorol, Qiziriq, Boysundagi 1 tadan bog‘cha hali ta’mirdan chiqmagan. Dehqonobod, Sariosiyo, Bo‘stonliq, Nurafshonda 1 tadan yangi bog‘cha qurilishi yakunlanmagan.

Viloyat va tumanlar hokimlariga 118 ta bog‘chadagi xonalarni ta’mirlab jihozlashga, yana 8 ta bog‘chani to‘liq ishga tushirishga 1 noyabrgacha muhlat berildi, aks holda tegishli choralar ko‘rilishi haqida ogohlantirildi.

🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Qamrovni oshirish uchun barcha sharoit qilib beryapmiz, lekin bog‘chalarga yangi nafas, yangi metodika kirib borishi, tarbiyachilarning salohiyati ham shunga yarasha bo‘lishi kerak”,

dedi Prezident.

Yoz mavsumida 118 ming tarbiyachining malakasi oshirildi, lekin bu yetarli emasligi qayd etildi.

Shu bois, yangi o‘quv yilidan pedagogika oliygohlarida o‘rta maxsus ma’lumotli tarbiyachilar uchun “1+5” (1 kun o‘qish, 5 kun ish) bakalavr ta’lim shakli joriy qilinadi. Bu orqali bog‘chalarga har yili qariyb 10 ming oliy ma’lumotli mutaxassis kirib keladi.

Xususiy bog‘cha bilan davlat bog‘chasi uchun ta’lim-tarbiya sifati bo‘yicha yagona yondashuv yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shu munosabat bilan kelgusi yilda har bir viloyatda bog‘cha tarbiyachilari pedagogik mahoratini oshirishga metodik ko‘maklashuvchi tayanch “Yangi avlod” bog‘chalari barpo qilinadi.

Mutasaddilarga “Yangi avlod” bog‘chasi loyihasini eski va bir xil yondashuvlardan chekinib, yangicha ishlab chiqish topshirildi.

🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘tgan yildan boshlab 1-sinflarda axborot texnologiyalari darslari yo‘lga qo‘yildi. Keyingi o‘quv yilidan yuqori sinflar uchun sun’iy intellekt bo‘yicha darslar kiritiladi.

Buning uchun 2 mingta sinf xonasiga kompyuter, 6 ming 300 ta interfaol doska kerak. Ushbu maqsadlarga zarur mablag‘larni keyingi yil davlat budjetida nazarda tutish topshirildi.

Iqtidorli o‘quvchilarga sharoit yaratish uchun viloyatlarda axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan Al-Xorazmiy, muhandislik bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek, tabiiy fanlar yo‘nalishida Ibn Sino maktablari filiallari tashkil etiladi.

Endi ularning barchasi hududlardagi texnika oliygohlariga nomma-nom biriktiriladi. Yaxshi natijaga erishgan bitiruvchilar ushbu oliygohlarning 2-kursiga qabul qilinadi.

2026-yilda maktab o‘quvchilari o‘rtasida eng nufuzli ikkita – xalqaro kimyo va informatika olimpiadalari Markaziy Osiyo davlatlari ichida ilk bor O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.

Bosh vazirga poytaxtimizda ushbu olimpiadalarni yuqori saviyada o‘tkazish uchun barcha tashkiliy masalalarni nazoratga olish topshirildi.

🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kuni kecha Prezidentimiz maktabdan tashqari ta’limni yangi bosqichga olib chiqish, o‘quvchilarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha qarorni imzoladi.

Joylardagi 219 ta “Barkamol avlod” maktabi, “Yoshlik” sport jamiyati, O‘quvchi yoshlar markazi va O‘zbekiston bolalar tashkiloti negizida respublika, hudud va tumanlarda “Kelajak” markazlari tashkil etiladi.

“Kelajak” markazlari maktablar bilan uzviy va maqsadli tadbirlarni jonlantirib, muhandislik, ilm-fan, madaniyat, san’at, kitobxonlik, sport va ekologiya yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quvchilarni to‘garaklarga jalb qiladi.

Ushbu tizim bilan barcha maktablar qamrab olinishi ta’kidlandi. Har bir o‘rta maktabda maslahatchi lavozimi joriy qilinadi. Maslahatchilar o‘quvchilarning qobiliyati va qiziqishiga qarab, til, kasb, muhandislik, ijod, san’at va sport to‘garaklarini tashkil qiladi.

Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari sinf rahbari, maktab psixologi bilan xulq-atvorida salbiy o‘zgarish bo‘lgan o‘quvchilarni ta’lim va oiladagi muammolarini o‘rganib, ularni yengib o‘tishga hamrohlik qiladi.

Mahalladagi yoshlar yetakchilari esa o‘quvchilarni maktabdan tashqari vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun mas’ul bo‘ladi.

Eng asosiysi, endi maktablarda o‘quvchilarning to‘garaklar, sport, volontyorlik va olimpiadalarda erishgan natijalari bo‘yicha “raqamli portfolio”si shakllanib, elektron shahodatnomada ko‘rsatiladi.

🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM