TRM Metodik yordam
15.9K subscribers
538 photos
213 videos
278 files
890 links
TRM Metodik yordam
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TRM_Metodika

📚#matematika #4_sinf

❇️ Aniq va taqribiy qiymatlar

👩🏻‍🏫 G.D.Axmedova
Mirobod tumanidagi 125-maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi

🌐Youtube (HD) da ko'rish: https://youtu.be/sZw4R14a7S0

Kanalga ulanish:👇
https://t.iss.one/trm_metodika
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14
Matematika

1-sinf

40-dars Taqqoslash xossalari

3-sinf
(2-qism)

53-dars Masalalar yechish

4-sinf (2-qism)

52-dars Quvlama harakat
54-dars Kechikishli harakat
55-dars Kechikishli harakat
55-dars Yakuniy dars
56-dars Aniq va taqribiy qiymatlar

🌐Youtube (HD) da ko'rish: https://bit.ly/3GHr2qP

Kanalga ulanish:👇
https://t.iss.one/trm_metodika
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8👌1
🎁 Yangi yil o'yinlari: Baxt bankasi

''Kichkina narsalardan zavqlaning, chunki bir kun ortga qaraganingizda ular katta narsa bo'lganligini tushunasiz." 

Robert Brault

🎄 Yangi yil bolalar uchun eng yaxshi bayramlardan biri hisoblanadi.

Quyidagi o'yin orqali sinf o‘quvchilarining kayfiyatini ko'tarish, ular bilan do'stona munosabat o‘rnatish mumkin.

Bu amaliy mashg'ulot Elizabet Gilbert tomonidan ilk bor taqdim etilgan.

Zero, "Baxt bankasi" texnikasidan dunyoning koʻp mamlakatlarida o‘qituvchilar foydalanishdi.

Mamnuniyat tuyushning foydali jihatlarini bolaga his qildirish uchun "Baxt bankasi'' yasaladi.

Bu esa yaxshi kayfiyat, yaxshi uyqu, ko‘proq ijobiy odatlarni shakllantirishga yordam beradi.

📚 Mashg'ulotni o'tkazish

Chiroyli qog'oz oling va bolalarga bankaga ularni yil davomida xursand qilgan lahzani aks ettirgan eslatma yozishlarini so'rang.

Bankani qancha ko‘p quvonchli va shukronalik lahzalari bilan to‘ldirsa, shuncha chiroyli chiqishini ayting.

Nega o'quvchilar baxt bankasini yaratish kerak?

Chunki  ularga 365 kun ichida hech narsa o‘zgarmagandek tuyulishi mumkin, aslida, oʻzi sezmagan ko'plab yutuqlarga ega bo'lgan bo'lishi mumkin: harf tanish, karra jadvalini yodlash yoki katta sinflar IELTS olish uchun ko'plab so'zlarni yodlash, kitoblar o'qish, sport bilan shug'ullanish va hk.

Agar bola ''Baxt bankamga nimalarni qo'shishim kerak?'' deb savol bersa:

Bu Sizning bankangiz, shuning uchun qoidalarni oʻzingiz belgilaysiz, eng baxtli daqiqangiz, minnatdor bo'lgan narsalaringiz, omad, oʻzingiz yoqtirgan sayohatdan chipta qogʻozlari yoki olgan sovg'alaringizni ham qoʻshishingiz mumkin, deb ayting.

Baxt bankasi qachon ochiladi?


Istalgan paytda. Ba'zilar uni Yangi yil kuni ochishni yaxshi ko'radilar, boshqalari esa tug'ilgan kun, yubiley yoki hayotdagi barcha yaxshiliklar haqida eslatma kerak bo'lgan istalgan vaqtda ochishni afzal ko'radi.

⚙️ Texnik ko'rsatmalar

Buning uchun sizga banka, qalam va rangli qog'oz kerak boʻladi.

Kanalga ulanish:👇
https://t.iss.one/trm_metodika
👍301😁1👌1
Taʼlimda sunʼiy intellekt chatbotlari koʻchirmakashlikka sabab boʻlmasligi aniqlandi

Stenford universitetida oʻtkazilgan tadqiqotlar sun’iy intellekt chatbotlari, shu jumladan, ChatGPT maktablarda koʻchirmakashlikning kuchayishiga olib kelmasligini isbotladi.

Batafsil: https://bit.ly/3NCnMkm

———————————

Чатботы с искусственным интеллектом (ИИ) в образовании: Развенчание мифов о списывании

Недавнее исследование Стэнфорда опровергает опасения, что чат-боты с ИИ, включая ChatGPT, способствуют росту списывания в средних школах.

Подробно: https://bit.ly/48J16XV

Kanalga ulanish:👇
https://t.iss.one/trm_metodika
👍72
​​O'quvchilar xotirasini kuchaytiruvchi o'yinlar

Obyektlarni yodlash o'yini

Ushbu o'yin kimyo, fizika, texnologiya fanlarida qo'l keladi. Tegishli vositalar va materiallar bilan o‘quvchilaringizni yangi mavzuni tanishtirishning qiziqarli usulini izlab yurgan bo'lsangiz — bu usul aynan siz uchun!

O'tkazilishi

Sinfdagi stolingiz ustiga kamida 15 xil obyektni joylashtirasiz va o‘quvchilar ularni ma’lum vaqt oralig‘ida o‘rganadilar.

Vaqt belgilashda o'quvchilarning yoshidan kelib chiqasiz. O‘quvchilardan ular haqidagi tafsilotlarni eslab qolishlarini so‘rang.

Shundan so‘ng obyektlar ustini yoping va bolalardan bu jihozlardan qanday maqsadda foydalanish mumkinligi haqida so‘rang yoki proyektor ekranida tasvirlarni ko‘rsatib, takrorlashlarni tashkil etishingiz ham mumkin.

"Gapni tugating'' o'yini

Siz ushbu o‘yindan o'quvchilarni so‘z yodlash va diqqatlarini jamlash ko‘nikmasiga o‘rgatish uchun foydalanishingiz mumkin. Doskaga jumlaning yarmini yozasiz, o'quvchilar uni davom ettiradilar. Masalan, "Men ta'tilga ketyapman" kabi gapning yarmini yozib, ikkinchi yarmi uchun bo‘sh joy qoldiring.

Birinchi raqamdagi o‘quvchi doskaga chiqib, “Men taʼtilga ketyapman va kitoblarimni o‘zim bilan olib ketaman” kabi biror fikrni qoʻshadi. Shundan so‘ng, har bir o‘quvchi o‘zinikining fikrini kiritishdan oldin avvalgi gapni tugatadi.

Kanalga ulanish:👇
https://t.iss.one/trm_metodika
👍15🔥1🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💻 Physics Aviary platformasi 2014-yilda AQShlik tadqiqotchi olim Frank Makkalli tomonidan tashkil etilgan. Ushbu platformadan 75 dan ortiq mamlakatlarda foydalaniladi.

📚 Platformada foydalanuvchilar uchun 6 milliondan ortiq dasturni koʻrish imkoniyati mavjud.

🖥 Platforma kontenti 183 ta virtual laboratoriya ishlari, 317 ta muammoli masalalar, 63 ta oʻyin shaklidagi topshiriqlar va 15 ta vizualizatsiya qilish imkoniyatini beruvchi instrumentariyalardan iborat.

🌏 Bugungi kunda platforma dasturlari ispan, portugal, xorvat, makedon, turk, alban va polyak tillariga tarjima qilingan.

📹 Yuqoridagi videoyo‘riqnoma orqali ushbu platformadan samarali foydalanishingiz mumkin.

🌐Youtube (HD) da ko'rish: https://youtu.be/7wvKbG1q2ck

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/trm_metodika
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#matematika #3_sinf

Massa,qiymat,jadval

👩🏻‍🏫K.A.Azimbayeva
Mirobod tumanidagi 125-maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi

🌐Youtube (HD) da ko'rish: https://youtu.be/AShHYEteGyM

Kanalga ulanish:👇
https://t.iss.one/trm_metodika
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#matematika #3_sinf

Masalalar yechish Matnli va geometrik masalalar

👩🏻‍🏫K.A.Azimbayeva
Mirobod tumanidagi 125-maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi

🌐Youtube (HD) da ko'rish: https://youtu.be/z2jL-UjBxaw

Kanalga ulanish:👇
https://t.iss.one/trm_metodika
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥1🥰1👏1👌1
Hurmatli ustozlar!

Birozdan so'ng Grone ta’lim akademiyasining ta’lim va mehnat bozori loyihalari koordinatori, Bremen Universiteti ilmiy xodimi Akramjon Matkarimov ishtirokidagi onlayn vebinar boshlanadi.

Taqdimot mavzusi: PISA tadqiqoti: Oʻquvchilarda hayotiy koʻnikmalarni rivojlantirish

🗓 O‘tkaziladigan sana: 2023-yil 22-dekabr

Boshlanish vaqti: 15:00

🌐 Vebinarda ishtirok etish uchun havola: https://bit.ly/4avgEQE

ID: 869 2430 8099
Kod: 855250

Kanalga ulanish:👇
https://t.iss.one/trm_metodika
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
XXI asr o‘quvchisi uchun zarur ko‘nikmalarini o‘rgatuvchi model – 4K tarkibi haqida

🌐Youtube (HD) da ko'rish: https://youtu.be/OhZOv9Eh_Ag

Kanalga ulanish:👇
https://t.iss.one/trm_metodika
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
⚡️Pedagoglar uchun Metodik marafon o‘tkaziladi

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan 2024-yilning 4–10-yanvar kunlari umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun Metodik marafon tashkil etilmoqda.

Marafondan ko‘zlangan maqsad:

👉 umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida oʻquv-tarbiya jarayonini zamonaviy talablar asosida innovatsion usullar yordamida oʻqitishni taʼminlash;

👉 xalqaro baholash dasturi (PISA-2022) tadqiqotlarida oʻquvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy fanlar savodxonligi bo'yicha baholash natijalaridan kelib chiqib, ularning o‘zlashtirishdagi boʻshliqlar bilan ishlash;

👉 o‘qituvchilarga oʻquvchilarning mantiqiy fikrlash va samarali muloqot qilish, real hayotiy muammolarga yechim topa olishiga yoʻnaltirilgan metodlarni oʻrgatish;

👉 pedagog kadrlarning ilgʻor tajribalarini aniqlash, oʻzaro tajriba almashishlarini yoʻlga qoʻyish va qoʻllab-quvvatlash.

Marafonda ishtirok etish uchun taqdimotlar @metodik_marafon_bot telegram botiga yuboriladi. Bunda taqdimot hajmi 50 MB'dan oshmasligi kerak.

Eng yaxshi metodik resurs mualliflari tanlab olinadi hamda trener sifatida jalb etiladi. Shuningdek, Ta’limni rivojlantirish markazi rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali e’lon qilinadi.

Marafonga oid yangiliklar markazning @trm_metodika kanalida e’lon qilib boriladi.
👍16🔥3👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#matematika #3_sinf

Masalalar yechish Matnli va geometrik masalalar

👩🏻‍🏫K.A.Azimbayeva
Mirobod tumanidagi 125-maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi

Youtube (HD) da ko'rish: https://youtu.be/z2jL-UjBxaw

Kanalga ulanish:👇
https://t.iss.one/trm_metodika
👍8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TRM_Metodika

📚#ona_tili #3_sinf

❇️Gapda eganing qo'llanishi

👩🏻‍🏫
Z.Xusenova
Yashnobod tumanidagi 244-maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi

Youtube (HD) da ko'rish: https://youtu.be/_LVmH2_kSaw

Kanalga ulanish:👇
https://t.iss.one/trm_metodika
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#matematika #3_sinf

Sonli ifodalar, yaxlit sonlar

👩🏻‍🏫K.A.Azimbayeva
Mirobod tumanidagi 125-maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi

Youtube (HD) da ko'rish: https://youtu.be/7TGS_ph-2Sk

Kanalga ulanish:👇
https://t.iss.one/trm_metodika
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#matematika #3_sinf

Diagramma, ustun ko'rinishda ko'paytirish, ifoda

👩🏻‍🏫F.Jumayeva
Chilonzor tumanidagi 188-maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi

Youtube (HD) da ko'rish: https://youtu.be/Ph3eSjYcvew

Kanalga ulanish:👇
https://t.iss.one/trm_metodika
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TRM_Metodika

📚#ona_tili #3_sinf

❇️Gapning bosh bo'laklari

👩🏻‍🏫
Z.Xusenova
Yashnobod tumanidagi 244-maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi

Youtube (HD) da ko'rish: https://youtu.be/73gunLMyk3k

Kanalga ulanish:👇
https://t.iss.one/trm_metodika
👍4
Kommunikatsiya

Kommunikatsiya fikrni, g‘oyalarni yoki loyihani dars jarayonida taqdim etish va kelajakda muhim muzokaralar, tadbirlar paytida o‘z iste'dodini malakali shaklda ko‘rsata olish uchun zarurdir.

Kommunikativlik, ritorika ko‘pincha notiqlik sifatida tavsiflanadi, lekin aslida notiqlik ulkan aysbergning ko‘rinadigan bir qismi xolos.

Uning yashirin, chuqur qismi “Nimani gapirish kerak?”, “Kimga gapirish kerak?”, “Qachon va qanday gapirish kerak?” kabi savollarga javob beradi.

Shundan keyingina chiroyli gapirish vazifasi paydo bo‘ladi va u kritik fikrlash, kreativ fikrlash va kollaboratsiya mahoratlarining bog‘lovchi bo‘g‘ini hisoblanadi.

Kritik fikrlash bizga nimani bilishimiz, qanday ma’lumotlarga ega bo‘lishimiz kerakligini tushunishga yordam bersa, kommunikatsiya “Aynan nimani gapirishimiz kerak?” degan savolga javob topishimizga yordam beradi.

Kommunikativ fikrlash quyidagilarni mukammal darajada bilishga ko‘maklashadi:

👉 nutq texnikasi va uslublari;
👉 notiqlik san’atining qurollari;
👉 argumentatsiya qoidalari;
👉 xulosa chiqarish mantig‘i;
👉 muzokara olib borish texnikasi.

Kanalga ulanish:👇
https://t.iss.one/trm_metodika
👍9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#matematika #3_sinf

Massa,qiymat,jadval

👩🏻‍🏫K.A.Azimbayeva
Mirobod tumanidagi 125-maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi

Youtube (HD) da ko'rish: https://youtu.be/AShHYEteGyM

Kanalga ulanish:👇
https://t.iss.one/trm_metodika
👍6
⚡️Для педагогов проводится Методический марафон

По инициативе Республиканского научно-методического центра развития образования 4-10 января 2024 года организуется методический марафон для педагогов общеобразовательных учреждений.

Цели марафона:

👉 обеспечение проведения учебно-воспитательного процесса в общеобразовательных организациях с использованием инновационных методов, основанных на современных требованиях;

👉 улучшение успеваемости учащихся на основе данных, полученных в ходе проведения исследований по программе международной оценки, исходя из результатов оценки грамотности учащихся в области чтения, математики и естественных наук;

👉 обучение учителей методам, направленным на формирование у учащихся логического мышления и эффективного общения, навыков поиска решения реальных жизненных проблем;

👉 выявление передового опыта педагогических кадров, налаживание и поддержание взаимного обмена опытом.

Презентации для участия в марафоне следует отправлять на телеграм-бот @metodik_marafon_bot. При этом объем презентации не должен превышать 50 МБ.

Отобранные авторы лучших методических ресурсов будут привлечены в качестве тренеров. Избранные ресурсы будут размещены на официальном сайте Центра развития образования и в социальных сетях.

Новости о марафоне будут публиковаться на канале центра @trm_metodika.
👍6👏2🔥1
⭕️Kollaboratsiya

Ikki yoki undan ortiq taraflar birgalikda biron ishni amalga oshirishi — kollaboratsiya, ya'ni hamkorlik deyiladi.

💡U ishga oqilona yondashish, muayyan natijaga erishish uchun vazifalarni bosqichma-bosqich harakatlar sifatida ko‘rib chiqish bo‘lib, g‘oyalarni hayotga tatbiq etishga qaratilgan samarali fikrlash uslubidir.

🌏 Bugungi dunyoda boshqaruvning iyerarxik uslubi, ya’ni, yuqoridan ko‘rsatmalar, buyruqlar, topshiriqlar berilishi asta-sekin o‘tmishga aylanib bormoqda.

👨‍💼👩‍💼Bizning zamonamiz tendentsiyasi - bu loyihaviy boshqaruv hisoblanadi, mutaxassislar loyiha guruhlariga aylanishiga va natijada loyihalarni boshqarish bo‘yicha bilimlar tobora dolzarb ahamiyat kasb etishiga olib keladi.

Loyihaviy fikrlash quyidagilarga qaratiladi:

👉 muammoni aniqlash;
👉 muammoni hal etish usullarini ishlab chiqish;
👉 g‘oyalarni amalga oshirishning aniq rejasini tuzish;
👉 g‘oyani kerakli natijaga aylantirish uchun zarur resurslarni izlash.

Kollaboratsiya muammoga qaratilgan yo‘nalishga ega. Muammoni ko‘rish va uni hal qilish imkoniyatini topish, barqaror hayotiy pozitsiyani egallashga ko‘maklashadi. Har qanday muammoli vaziyatni vazifaga aylantirish va ularning yechimini topa oladi.

Kanalga ulanish:👇
https://t.iss.one/trm_metodika
👍8
​​Singapur ta’limi haqida 8 ta fakt (1-qism)

Singapur dunyo mamlakatlariga oʻrnak boʻlgan yuqori sifatli taʼlim uchun oxirgi yillarda xalqaro baholash dasturlari bo'yicha ko'rsatkichlarda eng yuqori o'rinni egallab turibdi.

Singapurdagi taʼlimga oid quyidagi sakkizta fakt maktab ta’limining muvaffaqiyatga erishish uchun hukumat tomonidan qoʻllanilgan siyosatni to‘g‘ri ekanligini ko‘rsatadi.

1-fakt:

Singapurda ta'lim majburiydir. 2003-yildan boshlab barcha bolalar maktabga yozilishi shart etib belgilandi. Bu boshlang‘ich va o‘rta ta’limgacha davom etadi.

Majburiy ta’lim qoidasi ham fuqarolar, ham chet elliklar uchun amal qiladi. Agar ota-onalar o‘z farzandlarini maktabga yoki uyda o‘qitishga majburlamasa, ular katta miqdorda jarimaga tortilishi yoki 12 oygacha qamoqqa tushishlari mumkin.

2-fakt:

Singapur fuqarolari boshlang'ich ta’limni bepul olishadi. O‘rta ta’lim oyiga taxminan 5 dollar turadi.

Ta’lim bilan bog‘liq boshqa xarajatlar mavjud bo‘lsa-da, ular har ikkala holatda ham (boshlang‘ich yoki o‘rta ta’lim) oyiga 30 dollardan oshmaydi. U shunday tuzilganki, ta’lim olish barcha tabaqadagi singapurliklar uchun qulay.

3-fakt:

Singapurda deyarli hamma savodli. CIA Factbook maʼlumotlari shuni ko‘rsatadiki, 2016-yil holatiga ko‘ra, 15 yoshdan oshgan aholining 97 foizi o‘qish va yozishni biladi. 16 yoshga kelib, talabalar boshlang‘ich va oʻrta ta‘limni tamomlagan bo‘lishi kutiladi.

O'quvchilar oliy ta’lim darajasini olishga yoki kasb-hunar egallashga qaror qiladimi, ular allaqachon professional dunyoga kirish uchun asosiy ko'nikmalar bilan ta'minlangan bo'ladi.

4-fakt:

Yuqori sifatli ta'lim ota-onalarga emas, ta'lim oluvchilarga qimmatga tushadi. O‘quvchilar maktab vazifasi yoki imtihon testlari bilan bog‘liq stress va tashvishlardan azob chekadilar.

OECD tashkilotining "Talabalar farovonligi" haqidagi hisobotida ta’kidlanganidek, Singapur o'quvchilarining 75 foizdan ortig‘i imtihon topshirishdan oldin qattiq xavotirga tushadi. Qanchalik o'qiganlaridan qat’i nazar, o‘quvchilarning yarmidan ko‘pi o‘qish paytida stressni his qilishadi.

Kanalga ulanish:👇
https://t.iss.one/trm_metodika
👍15🎉1