Toshkent viloyati statistika boshqarmasi
369 subscribers
10K photos
290 videos
3 files
6.14K links
Download Telegram
4 xizmat (jsh) choraklik tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi

Joriy yilning 26- may kuni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari X.Igamberdiyev hamda Bo‘stonliq tumani statistika bo‘limi ma’sul xodimi bilan birgalikda Bo‘stonliq tumanida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.
So‘rovnomada sartoroshxonalar, kiyim tikish, ta’mirlash, kesuvchi buyumlar va asboblarni charxlash kuzovlari va boshqa xizmat turlari kuzatildi. Olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.
Hurmatli Baxodir Abdusabirovich!

Sizni Toshkent viloyati statistika boshqarmasi jamoasi nomidan tug‘ilgan kuningiz bilan chin dildan tabriklaymiz !!!
Barcha ezgu niyatlaringiz amalga oshsin, hayotingiz mazmunli, muhabbat va shirin xotiralarga boy bo‘lsin.
Biz Sizning barcha ishlaringizda doim omad, muvaffaqqiyat va zafarlar hamroh bo‘lishini tilaymiz.
Hayotingizda farovonlik va sog‘lik eng yaqin hamrohingiz bo‘lsin !!!
📊Qaysi faoliyat turida kichik tadbirkorlik subyektlari ko‘proq yangi tashkil etilgan?

Toshkent viloyatida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 2 498 tani tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

🔺savdo sohasida – 976 ta
🔺sanoat sohasida – 437 ta
🔺qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 275 ta
🔺yashash va ovqatlanish bo‘yicha 🔺xizmatlar sohasida – 214 ta
🔺qurilish sohasida – 173 ta
🔺tashish va saqlash sohasida – 83 ta
🔺axborot va aloqa sohasida – 75 ta
🔺sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 32 ta
🔺boshqa sohalarda – 233 tani tashkil etgan

Rasmiy sahifalar👇

Facebook |Telegram
🏗Toshkent tumanining qurilish ishlari hajmi 200,0 mlrd. so‘mga yetdi

2023-yil yanvar-aprel oylarida Toshkent tumanida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar soni 181 tani tashkil etib, ular tomonidan 200,0 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi.

Shundan:

🏗kichik va mikrofirmalar - 126,7 mlrd. so‘m

🏗norasmiy sektor – 73,3 mlrd. so‘m

Rasmiy sahifalar👇

Facebook |Telegram
4 ойда энг кўп қайси давлатларнинг капитали иштирокида янги корхоналар ташкил этилган?

Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Статистика агентлиги маълумотларига кўра, 2023 йилнинг январь-апрел ойларида республикамизда хорижий капитал иштирокида янги ташкил этилган корхоналар сони:

— Россия – 341 та

— Хитой – 187 та

— Туркия – 99 та

— Қозоғистон – 74 та

— Жанубий Корея – 42 та

— Тожикистон – 27 та

— Қирғизистон – 25 та

—Туркманистон – 24 та

— Озарбайжон – 17 та

— АҚШ – 14 та

— Германия – 14 та
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
Toshkent viloyatida 2 872,9 mlrd. soʻm nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi

💯Batafsil

Rasmiy sahifalar

| Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
So‘nggi yillarda sanoat korxonalari qanchaga ko‘paydi?

⚡️Qayd etish kerakki, sanoat tarmog‘i iqtisodiy faoliyat turlari ichida yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Joriy yilning 1-may holatiga viloyatimizda 2019- yilga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 120,9 foizni tashkil etdi. So‘nggi yillarda sanoat sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning o‘sish dinamikasi quyidagicha aks topdi:

• 2019 yilda – 6 405 ta
• 2020 yilda – 7 705 ta
• 2021 yilda – 8 924 ta
• 2022 yilda – 9 302 ta
• 2023 yilda – 7 745 ta

Rasmiy sahifalar👇

Facebook |Telegram
📊Toshkent viloyatida yil boshidan qayd etilgan tugʻilishlar soni

2023-yilning yanvar-mart oylarida FHDYO organlari tomonidan Toshkent viloyati boʻyicha 16 713 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

Shundan,

🔹oʻgʻil bolalar – 8 593 nafar

🔸qiz bolalar – 8 120 nafar

Rasmiy sahifalar👇

Facebook |Telegram
📊Toshkent viloyatida 3 oy davomida 230,3 mln. dona tuxum yetishtirilgan

2023- yilning yanvar - mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 230,3 mln. dona tuxum (2022- yilning yanvar - martiga nisbatan 3,2 %ga kam) yetishtirildi.

Tuxum yetishtirish ko‘rsatkichlari xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, tuxum yetishtirish umumiy hajmidan 58,3 %i dehqon va tomorqa xo’jaliklari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Rasmiy sahifalar👇

Facebook |Telegram
☑️Toshkent viloyatining qaysi hududida xususiy korxonalar ko‘proq joylashgan?

2023-yilning 1-may holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 45 515 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 4 462 tani tashkil qildi (ulushi 9,8 %). Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:

☑️Zangiota tumani – 410 ta
☑️Toshkent tumani – 392 ta
☑️Qibarat tumani – 342 ta
☑️Chirchiq shahri – 317 ta

⚡️Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:

☑️savdo sohasida – 2 074 ta
☑️sanoat sohasida – 637 ta
☑️yashash va ovqatlanish bo‘yicha ☑️xizmatlar sohasida – 439 ta
☑️boshqa turlar – 529 ta
☑️qurilish– 227 ta
☑️qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 244 ta
☑️sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish – 164 ta
☑️axborot va aloqa – 74 ta
☑️tashish va saqlash – 74 ta

Rasmiy sahifalar👇

Facebook |Telegram
🌎4,3 ming tonna meva va rezavorlar eksport qilindi

⚡️Meva-sabzavot mahsulotlarining eksport tarkibiga qaralsa, Toshkent viloyatida 2023- yil yanvar-aprel oylarida 27,3 mln. AQSh dollariga teng 46,0 ming tonnadan ortiq sabzavot eksport qilindi va 52,9 %ga ko‘paygan.

⚡️Shuningdek, 6,7 mln. AQSh dollari qiymatidagi 4,3 ming tonna meva va rezavorlar eksport qilindi. qiymatda o‘zgarish sur’ati 50,7 %ga ko‘paygan.

Rasmiy sahifalar👇

Facebook |Telegram
📊2022-2023- yillarning yanvar-mart oylarida Toshkent viloyatida YAHMning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha mutlaq o‘sish sur’atlari (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan %da)

Rasmiy sahifalar
👇

Facebook |Telegram
🏗Toshkent viloyatida 3 818,4 mlrd. soʻm nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi

⚡️2023-yilning yanvar-aprel oylarida Toshkent viloyati boʻyicha 3 818,4 mlrd. soʻm nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

⚡️Nodavlat mulkchiligidagi qo‘rilishning respublikadagi ulushi mos ravishda 98,1 %ni tashkil etdi.

Rasmiy sahifalar👇

Facebook |Telegram
📊Chirchiq shahrida aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 2 206,4 ming. so‘mni tashkil qildi

⚡️Chirchiq shahri bo‘yicha 2023- yilning yanvar-aprel oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 371,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-aprel oylariga nisbatan 106,2% ni tashkil etdi.

Jumladan,

🔺Yirik korxonalar - 103,0 mlrd. so‘m

🔺Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik – 268,8 mlrd. so‘m


⚡️2023- yil yanvar-aprel oylarida Chirchiq shahrida o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 2 206,4 ming. so‘mni) tashkil qildi.

2022- yilning mos davriga nisbatan 104,1 %ni tashkil etdi.

Rasmiy sahifalar👇

Facebook |Telegram
📊Olmaliq shahrida jami 518,7mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi

⚡️2023- yilning yanvar-aprel oylarida Olmaliq shahrida jami 518,7mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilibo‘sish sur’ati 2022- yilning mos davrigaga nisbatan 15,1 %ni tashkil etdi.

⚡️shu jumladan: yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 348,97mlrd. so‘mlik va kichik va mikrofirmalar tomonidan 146,3 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Norasmiy sektor tomonidan 23,57mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi

⚡️Olmaliq shahrida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar soni 213 taga yetdi, oʻtgan yilga nisbatan 68,1 %nitashkil etdi.

⚡️Viloyatdagi ulushi 4,7 %ni tashkil qildi.

Rasmiy sahifalar👇

Facebook |Telegram
📊Toshkent viloyatining yalpi hududiy mahsuloti tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining ulushi qanday?

2023- yilning yanvar-aprel oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 2 775,3mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-aprelt oylari bilan taqqoslaganda 2,9 % ga o‘sdi.


Rasmiy sahifalar👇

Facebook |Telegram
📊 Angren shahrida uyushmagan savdo aylanmasi 13,1 mlrd. so‘mni tashkil qildi

⚡️2023-yil yanvar-aprel oylarida Angren shahrida chakana savdo aylanmasidagi hajmi 416,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 107,6 %ni tashkil etdi.
Shu jumladan:
🔺Yirik korxonalar – 88,1 mlrd. so‘m
🔺Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik – 373,7 mlrd. so‘m
Bundan tashqari:
🔸Aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi - 2 578,3 ming so‘m
🔸Uyushmagan savdo aylanmasi – 13,1 mlrd. so‘m
🔸Umumiy ovqatlanish korxonalarida – 28,9 mlrd. so‘m
🔸Ulgurji savdo tovar aylanmasida – 83,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.


Rasmiy sahifalar👇

Facebook |Telegram
📊Yirik korxonalar tomonidan 1 241,9 ming tonna portlandsementt ishlab chiqarildi

Toshkent viloyatida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 810,2 ming tonna portlandsement ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davrida 1439,5 ming tonna ishlab chiqarilgan.


Rasmiy sahifalar👇

Facebook |Telegram
☑️Ulgurji savdo tovar aylanmasi

⚡️Toshkent viloyati bo‘yicha 2023- yilning yanvar-aprel oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 4615,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 15,0 %ga o‘sdi.

Shu jumladan, kichik biznes subyektlarining savdo tovar aylanmasi 3097,7 mlrd. so‘mni (104,6 %ga teng) tashkil etdi.

⚡️Ushbu sektor jami viloyat ulgurji savdo tovar aylanmasida 67,1 % ulushni tashkil etdi.

Rasmiy sahifalar👇

Facebook |Telegram
Avtotransport vositalari, treylerlar va yarim tirkamalar ishlab chiqarish

2023- yilning yanvar-aprel oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyatida avtotransport vositalari, treylerlar va yarim tirkamalar ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 6,1 %ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi esa 128,3 %ni tashkil etdi va ishlab chiqarish hajmi 1855,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Rasmiy sahifalar👇

Facebook |Telegram