Toshkent viloyati statistika boshqarmasi
863 subscribers
11.3K photos
320 videos
3 files
7.05K links
🏢 Toshkent viloyati statistika boshqarmasi Axborot xizmati

📍Manzil:
100198, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Yangi Qo'yliq ko'chasi, 2-uy.

📲web-sayt:
https://toshvilstat.uz/

📲Facebook:
https://www.facebook.com/toshvilstat.uz

📞 +998 (71) 203 44 22
Download Telegram
Parkent tumanida tashqi savdo aylanmasi hajmi qanchaga yetdi?

〽️2025- yil yanvar-iyun oylarida Parkent tumanida tashqi savdo aylanmasi hajmi 26,9 mln AQSH dollarini tashkil etdi.


Shundan:

🔶Eksport – 17,7 mln AQSH dollari

🔶Import – 9,2 mln AQSH dollari


Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
Ohangaron shahrining asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari

✔️2025- yilning yanvar-iyun oylarida Ohangaron shahrida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 506,2 mlrd so‘mga yetdi. 2024- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 115 % ni tashkil etdi.

✔️Ohangaron shahrida 2 657,7 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.


✔️6 oy mobaynida jami 141,7 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 114 % tashkil qildi.


Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
Toshkent viloyatida bajarilgan qurilish ishlari

2025- yilning yanvar-iyun oylarida, Toshkent viloyatida jami 16 793,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 118,3 % ni tashkil etdi.



Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
Ohangaron tumanida korxona va tashkilotlar demografiyasi

2025- yilning yanvar-iyun oylarida Ohangaron tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 1 288 ta bo‘lib, shundan, 153 tasi yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar.


Faoliyat koʻrsatayotgan kichik biznes subyektlari soni esa 1044 tani tashkil qildi.

Tumanda ko‘proq faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlari bular qishloq va o‘rmon xo‘jaligi 253 ta, sanoat yo‘nalishida 234 ta, savdo sohasida 320 ta korxona va tashkilotlar faoliyati koʻrsatmoqda.


Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
O‘rta Chirchiq tumanida amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi qanchaga yetdi?

〽️2025- yilning yanvar-iyun oylarida O‘rta Chirchiq tumanida jami 439,4 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.


Shu jumladan:

〽️Yirik tashkilotlar tomonidan – 5,3 mlrd so‘mlik

〽️ Kichik va mikrofirmalar tomonidan – 276,4 mlrd so‘mlik

〽️ Norasmiy sektor tomonidan – 157,7 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.


Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
🌍 6 oyda Toshkent viloyatining tashqi savdo aylanmasi hajmi 3,1 mlrd AQSH dollariga yetdi

2025- yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent viloyatining tashqi savdo aylanmasi 3 074,3 mln AQSH dollariga yetdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 390,5 mln AQSH dollariga yoki 14,6 % ga oshgan.


Toshkent viloyatining tashqi savdo aylanmasi hajmida:

🌍 Eksport – 964,7 mln

🌍 Import – 2 109,6 mln

TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoyda 29 %, Rossiyada 26,5 %, Qozog‘istonda 11,7 %, Turkiyada 5,6 % va Qirg‘iz Respublikasida 2,8 % qayd etilgan.


Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
🌀Toshkent viloyatida ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulot

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi joriy narxlarda 77,6 trln so‘mni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 7,3 % ga o‘sdi.


YAHM deflyator indeksi 2024- yilning yanvar-iyun oylari narxlariga nisbatan 107,6 % ni tashkil qildi.

O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Toshkent viloyatining qo‘shgan hissasi 9,6 % ga yetdi.


Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
Toshkent viloyatida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar

Iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirishga 2025- yil yanvar-iyun oylarida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 40 687,6 mlrd so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi va bu ko‘rsatkich 2024- yilning mos davriga nisbatan 112,0 % ni tashkil etdi.


Besh yildagi asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi deyarli 3,4 barobarga ko‘paydi, shuningdek, 2025- yil yanvar-iyun oylarida 2024- yilning mos davriga nisbatan 6 804,5 mlrd so‘mga ko‘p investitsiyalar o‘zlashtirildi.


Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
☑️Toshkent viloyatida 6 oyda 72,1 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan

2025- yilning yanvar-iyun oylarida viloyat korxonalari tomonidan 72 117,5 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2024- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 105,7 % ni tashkil etdi.



Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
Viloyatimizda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari

2025- yilning yanvar-iyun oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 47,8 % ni to‘g‘ri kelib, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2024- yilning mos davriga nisbatan 108,7 % ni tashkil etgan holda 8 019,4 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.


Kichik korxonalar va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining eng yuqori o‘sish sur’atlari Toshkent (2024- yilning mos davriga nisbatan 2,0 m.), Qibray (188,9 %) va Bo‘ka (178,4 %) tumanlarida kuzatildi.


Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
Qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari hajmi

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2025- yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent viloyatida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 19 616,0 mlrd soʻmni tashkil qildi.


Shu jumladan dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda koʻrsatilgan xizmatlar – 18 888,6 mlrd soʻmni, oʻrmon xoʻjaligi – 597,0 mlrd soʻmni, baliqchilik xoʻjaligi – 130,4 mlrd soʻmni tashkil qildi.


Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
Toshkent viloyatida 6 oyda 4 109 ta kichik korxona va mikrofirmalar yangi tashkil etilgan

2025- yilning 1- iyul holatiga faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 38 140 tani tashkil etdi.

6 oyda 4 109 ta yangi kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilindi.


Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p kichik korxona va mikrofirma savdo sohasida 1 612 ta, boshqa xizmatlarda 549 ta, sanoatda 555 ta hamda yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlarda 428 ta tashkil etilgan.


Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
🌍6 oy davomida qancha piyoz eksport qilingan?

2025- yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent viloyatida xorijga qiymati 5,2 mln AQSH dollarga teng 20,7 ming tonnaga yaqin piyoz eksporti amalga oshirildi. Ushbu ko‘rsatgich 2024- yilning mos davriga nisbatan 29,5 % ga o‘sgan.



Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
Ялпи ички маҳсулот

Миллий статистика қўмитаси дастлабки маълумотларига кўра, 2025 йилнинг январь-июнь ойларида Ўзбекистон Республикаси ялпи ички маҳсулоти (ЯИМ) ҳажми жорий нархларда 807 937,1 млрд. сўмни ташкил этди ва 2024 йилнинг мос даврига нисбатан 7,2 % га ўсди.

Саноат тармоғининг ўсиши 6,6 % ни ташкил этди ва ЯИМ ўсишига ижобий ҳиссаси 1,6 ф.п.ни ташкил этди.

Қишлоқ, ўрмон ва балиқчилик хўжалигининг ўсиши 4 % ни ташкил этди ва ЯИМ ўсишига ижобий ҳиссаси 0,6 ф.п.ни ташкил этди.

Қурилиш ишлари ҳажмининг ўсиши 10,7 % ни ташкил этди. Қурилиш тармоғининг ЯИМ ўсишига ижобий ҳиссаси 0,8 ф.п.ни ташкил этди.

Хизматлар кўрсатиш соҳасида ўсиш суръати 8,2 % ни ташкил этди. Шундан савдо, яшаш ва овқатланиш бўйича хизматлар 10,2 % га, ташиш ва сақлаш, ахборот ва алоқа 14,7 % га ҳамда бошқа хизмат соҳалари 5,7 % га ўсди. Хизматлар кўрсатиш соҳасининг ЯИМ ўсишига ижобий ҳиссаси 4,0 ф.п.ни ташкил қилди.

Маҳсулотларга соф солиқлар ҳажми 6,5 % га ўсди ва унинг ЯИМ ўсишига ижобий ҳиссаси 0,2 ф.п.ни ташкил этди.

Читать на русском
📊 Toshkent viloyatining demografik holati raqamlarda

🏢 Toshkent viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yilning 1- iyul holatiga viloyatda doimiy aholi soni 3 134,1 ming kishini tashkil qildi.


👧👩 Aholi soni – 3 134 131 kishi

🧍🏻‍ Erkaklar soni – 1 573 214 kishi

🧍🏻‍ Ayollar soni – 1 560 917 kishi

🌇 Shaharda yashovchilar – 1 564 485 kishi

🌇 Qishloqda yashovchilar – 1 569 646 kishi

🏘 Tug‘ilganlar soni – 31 236 chahaloq

🏘 O’lganlar soni– 7 914 kishi

💫 Nikohlar soni – 7 216 ta

💫 Nikohdan ajralishlar soni – 2 330 ta

🛩 Ko‘chib kelganlar – 15 727 kishi

✈️Ko‘chib ketganlar – 13 447 kishi


Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
👍2
Toshkent viloyatida xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning sonini bilasizmi?

2025- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, viloyatimizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 2 053 tani tashkil etdi. Ularning hududlar kesimidagi ko‘rinishi quyidagicha aks etdi:


Oqqo‘rg‘on tumani – 23 ta
Ohangaron tumani– 102 ta
Bekobod tumani– 11 ta
Bo‘stonliq tumani– 49 ta
Bo‘ka tumani– 18 ta
Quyi Chirchiq tumani– 59 ta
Zangiota tumani– 547 ta
Yuqori Chirchiq tumani– 103 ta
Qibray tumani– 132 ta
Parkent tumani– 27 ta
Piskent tumani. – 37 ta
O‘rta Chirchiq tumani– 110 ta
Chinoz tumani– 43 ta
Yangiyo‘l tumani– 102 ta
Toshkent tumani– 93 ta
Nurafshon shahri– 91 ta
Olmaliq shahri– 62 ta
Angren shahri– 112 ta
Bekobod shahri– 26 ta
Ohangaron shahri– 69 ta
Chirchiq shahri– 158 ta
Yangiyo‘l shahri– 79 ta


Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#интервью

Халқаро миқёсда статистик ҳисоботларнинг аҳамияти

Бугунги кунда расмий статистика нафақат мамлакат ичида, балки халқаро миқёсда ҳам асосий маълумот манбаи сифатида эътироф этилмоқда. Тадбиркорлик субъектларидан ҳисоботлар ва кузатувлар орқали олинадиган маълумотлар мамлакатнинг ижтимоий-иқтисодий ривожланиши, иқтисодиётдаги тенденциялар ҳамда бозордаги ўзгаришлар динамикасини аниқ баҳолашда муҳим аҳамият касб этади. Халқаро амалиётда ушбу маълумотлар хорижий сармоядорлар учун инвестиция қарорларини қабул қилишда асосий манба ҳисобланади. Шу билан бирга, ушбу кўрсаткичлар мамлакатнинг халқаро рейтинглардаги ўрнини белгилашда ҳам катта роль ўйнайди.


Улуғбек Ноипов
Миллий статистика қўмитаси Халқаро ҳамкорлик бошқармаси бошлиғи
📢 ДИҚҚАТ, ТEНДEР!

🤩 Ўзбекистон Республикаси Миллий статистика қўмитаси Жаҳон банкининг “Ўзбекистон статистика тизимини мустаҳкамлаш” лойиҳаси доирасида АКТ (ахборот-коммуникация технологиялари) ускуналари ва периферик қурилмаларни харид қилиш учун нарх таклифларини сўраш асосида тендер эълон қилади.

📌 Лойиҳа номи:
“Ўзбекистон статистика тизимини мустаҳкамлаш”

📄 Шартнома рақами:
SSS/C3.1/RFQ/43

📅 Таклифларни тақдим этиш муддати:
2025 йил 7 август, соат 17:00 гача (Тошкент вақти билан)

📍 Манзил:
Тошкент шаҳри, Мустақиллик проспект, 42-б

🏬 «Ўзбекистон статистик тизимини мустаҳкамлаш» ДУК

📞 Телефон: +998 71 203 80 00 (ички рақам: 1673)

📨 E-mail: [email protected]

Тендерда қатнашишни истаган барча етказиб берувчилар иштирок этишлари мумкин. Харидлар Жаҳон банкининг 2020 йил ноябрь ойида қабул қилинган зарурий харидлар қоидаларига мувофиқ амалга оширилади.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM