This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon_2023 #Piskent
Bugun Piskent tumani "Suvti" mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng koʻlamdagi hashar ishlari olib borildi.
Hashar doirasida hududda obodonlashtirish bilan bir qatorda koʻchat ekish tadbirlari amalga oshirildi.
Toshkent viloyati hokimi oʻrinbosarlari, tuman hokimi N.Yakubov, sektor rahbarlari, mahalla raislari va jamoatchilik vakillari ishtirok etgan xayrli tadbir avvalida Qurʼon tilovat oʻqilib, yurt tinchligi, viloyat va tuman farovonligi yoʻlida duolar qilindi. Shundan soʻng jonliq soʻyildi.
Hasharda 5 ming tup terak, 2 ming 750 tup olma, 1 ming 240 tup olxoʻri va 1 ming tup gilos koʻchati oʻtqazildi. Loyiha doirasidagi amaliy ishlar natijasida "Suvti" mahallasidagi Oʻzbekiston koʻchasida 9 sotix boʻsh turgan yer maydonida "Olmazor bogʻi" tashkil etildi.
Shuningdek, 16 ta ehtiyojmand oila vakillariga 12 tupdan mevali daraxt koʻchatlari tarqatildi.
✉ Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon_2023 #Yangiyoʻl_shahri
Toshkent viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish ishlari jadallik bilan davom etmoqda.
Xususan, Yangiyoʻl shahrida mavsumga puxta tayyorgarlik chora-tadbirlari olib borilmoqda. Shuningdek, "Baxt" mahallasida "Yashil makon" umummilliy aksiyasi doirasida "Onalar bogʻi" va sport maydonchasini tashkil qilish borasida tizimli ishlar bajarildi.
"Oʻzbekiston 24" telekanali lavhasida batafsil tanishishingiz mumkin.
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter

#Yashil_makon_2023
OHANGARON TUMANIDA BIR GURUH DEPUTATLAR DARAXT EKDILAR
Bugun Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi "Tangatopdi" qishlogʻi hududiga "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida koʻchat ekish ishlari amalga oshirildi.
Jarayonlarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Tolibjon Madumarov, Senatning Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish va ekologiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Botir Matmuratov, Ekologiya vazirligi departament boshligʻi Olim Xakimov hamda viloyat, tuman va shahar kengashi deputatlari qatnashdi.
Loyiha doirasida mutasaddilar tomonidan hududga 1000 tup manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazilib, atrof koʻkalam holga keltirildi.

#Yashil_makon_2023 #Nurafshon
Nurafshon shahrining "Birlik" mahallasida 1,3 gektar maydonga mutasaddilar boshchiligida 500 tup turli mevali koʻchatlar oʻtqazildi.
Mazkur manzilda koʻchat ekilgan maydon qarovsiz qolmasligi maqsadida, daraxt ekilgan hudud mahallaning ishsiz, kam taʼminlangan oilalariga boʻlib berilib, koʻchatlar parvarishida yerdan maqsadli foydalanish hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ekib, yetishtirilishi choralari koʻrildi.
Batafsil "Oʻzbekiston 24" telekanali lavhasida