Toshkent viloyati hokimligi
14.3K subscribers
38.6K photos
5.32K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
Бугун, 19 ноябрь куни Тошкент вилояти, Бўстонлиқ туманида Ўзбекистон Республикаси Бош вазири Абдулла Арипов бошчилигидаги Вазирлар Маҳкамаси жамоаси “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси доирасида кузги дарахт кўчатлари экиш мавсумида иштирок этишди.

Ушбу тадбирда бодом, садақайрағоч, эман, қрим саснаси сингари мевали ва манзарали дарахт кўчатлари экилди.

Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yugurish_marafoni #Videorolik

Bugun Toshkent viloyati maʼmuriy markazi Nurafshon shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining 32 yilligiga bagʻishlangan "Bir Vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda yuguramiz" shiori ostidagi "Yangi nafas" ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon_2023 #Piskent

Bugun Piskent tumani "Suvti" mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng koʻlamdagi hashar ishlari olib borildi.

Hashar doirasida hududda obodonlashtirish bilan bir qatorda koʻchat ekish tadbirlari amalga oshirildi.

Toshkent viloyati hokimi oʻrinbosarlari, tuman hokimi N.Yakubov, sektor rahbarlari, mahalla raislari va jamoatchilik vakillari ishtirok etgan xayrli tadbir avvalida Qurʼon tilovat oʻqilib, yurt tinchligi, viloyat va tuman farovonligi yoʻlida duolar qilindi. Shundan soʻng jonliq soʻyildi.

Hasharda 5 ming tup terak, 2 ming 750 tup olma, 1 ming 240 tup olxoʻri va 1 ming tup gilos koʻchati oʻtqazildi. Loyiha doirasidagi amaliy ishlar natijasida "Suvti" mahallasidagi Oʻzbekiston koʻchasida 9 sotix boʻsh turgan yer maydonida "Olmazor bogʻi" tashkil etildi.

Shuningdek, 16 ta ehtiyojmand oila vakillariga 12 tupdan mevali daraxt koʻchatlari tarqatildi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

20-22-NOYABR KUNLARI TOSHKENT VILOYATINING AYRIM YO‘LLARIDA HARAKAT VAQTINCHA CHEKLANADI

Joriy yilning 20-22-noyabr kunlari soat 08:00 dan 14:00 ga qadar Bo‘stonliq tumanida velosport-shosse sport turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilishi munosabati bilan, “Bektemir – Chorbog‘” avtomobil yo‘lining 34 kilometridan (Chirchiq platina) 54 kilometrigacha (Gazalkent shahriga kirish) hamda 22-noyabr kuni soat 08:00 dan 14:00 ga qadar Chirchiq shahrining Amir Temur ko‘chasi hududida avtotransport vositalari harakatlanishi vaqtincha cheklanadi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_farmoyishi

VILOYATDA EHTIYOJMAND AHOLI QATLAMI "GEPATIT A" KASALLIGIGA QARSHI BEPUL EMLANADI

Viloyat mahalliy byudjetining joriy yil 2-chorak yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasiga 200 million soʻm miqdorda mablagʻ ajratildi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

Mazkur ajratilgan mablagʻlar viloyatda oʻtkir virusli "Gepatit A" kasalligi boʻyicha epidemik vaziyatning barqarorligini taʼminlash maqsadida, aholining ehtiyojmand va kam taʼminlangan qatlamini birinchi bosqichda kasallikka qarshi emlash xarajatlari uchun sarflanadi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

Hurmatli fuqarolar!

Toshkent viloyati boʻylab kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrishni jadallashtirish maqsadida,
hududlarda aholining mavjud muammolarini oʻrganish hamda ularni oʻz vaqtida bartaraf etishga qaratilgan MAXSUS SHTAB faoliyati yoʻlga qoʻyilganini bildiramiz.

Shtab Milliy gvardiya qoʻmondoni nazorati ostida faoliyat koʻrsatadi. Unga viloyat IIB, FVB va ijro hokimligining sohaga oid mutasaddi rahbarlari jalb etilgan.

Quyidagi raqamlar orqali murojaatingizni bildirishingiz mumkin:

📌Uy-joy kommunal sohalarda (55)901 41 17;

📌Issiqlik manbai (55)901 41 27;

📌Elektr energiyasi (55)901 41 18;

📌Gaz taʼminoti
(55)901 41 07;

📌Suv taʼminoti
(70)202 51 24

yoki barcha masalalar boʻyicha Call-markazning 1055 qisqa raqamiga hamda telegram manziliga yuborishingiz mumkin.

Shuningdek, joriy yilning 20-noyabr sanasidan 20-dekabr kuniga qadar sohalarga aloqador mutasaddilar ishtirokida ochiq muloqotlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Aholi_soni

VILOYATDA AHOLI SONI 42,8 ming kishiga KO'PAYDI

Joriy yilning 1-oktabr holatiga viloyatda doimiy aholi soni 3 036,0 ming kishini tashkil etdi va yil boshidan 42,8 ming kishi (1,4 %)ga ko‘paydi. Shundan, 1 517,7 ming kishi viloyatning shahar joylarida, 1 518,6 ming kishi esa qishloq joylarida istiqomat qiladi.

Hududlar kesimida:

📍Nurafshon shahri – 55 732 kishi;
📍Olmaliq shahri – 144 329 kishi;
📍Angren shahri – 181 728 kishi;
📍Chirchiq shahri – 171 608 kishi;
📍Bekobod shahri – 103 789 kishi;
📍Yangiyo‘l shahri – 84 134 kishi;
📍Ohangaron shahri – 41 205 kishi;
📍Oqqo‘rg‘on tumani – 111 645 kishi;
📍Ohangaron tumani – 110 662 kishi;
📍Bekobod tumani – 165 226 kishi;
📍Bo‘stonliq tumani – 176 285 kishi;
📍Bo‘ka tumani – 134 020 kishi;
📍Quyi Chirchiq tumani – 115 484 kishi;
📍Zangiota tumani – 169 940 kishi;
📍Yuqori Chirchiq tumani – 138 517 kishi;
📍Qibray tumani – 174 727 kishi;
📍Parkent tumani – 177 263 kishi;
📍Piskent tumani – 102 710 kishi;
📍O’rta Chirchiq tumani – 136 334 kishi.


Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ҳафтанинг энг муҳим воқеалари шарҳи: Ваъда бажарилди. 3 миллиардлик мажмуа. Тўпаланг ГЭСнинг қуввати ошди. Олимпия шаҳарчаси.

Обзор важнейших событий недели: Обещание выполнено. Комплекс на 3 миллиарда. Тупалангская ГЭС стала мощнее. Олимпийский городок.

Facebook|Instagram|Twitter
Audio
🟦🟦🟩🟩

Dushanba - viloyat hokimligida hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli oʻrganiladi hamda muhokama qilinadi. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash, muammolarni oʻrganish va amaliy koʻmak berish kuni.

🔘Bekobod tumani. Tuman hokimi o‘rinbosarlari va hokimlik mutaxassislari ishtirokida ijro intizomi masalalariga bagʻishlangan yig’ilish o’tkazildi.

🔘O'rta Chirchiq tumani. Tuman hokimi 1- va 3-sektor binolarida yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

🔘Bekobod shahar. Shahar hokimligi katta majlislar zalida mahalla raislari hamda korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida navbatdagi  "Hokimlik soati" yigʻilishi bo‘lib o‘tdi.   

🔘Chinoz tumani. Ko‘p yillar davomida tumandagi korxona va tashkilotlarda samarali mehnat qilgan nuroniylar holidan xabar olindi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tuman hokimi rahbarligida ijro intizomi holati va hafta davomida bajarilgan ishlar yuzasidan navbatdagi faollar yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

🔘Piskent tumani. Kommunal sohaga oid muammolarni xonadonbay va mahallabay oʻrganish hamda bartaraf etish choralari koʻrildi.

🔘Angren shahri. Davlatimiz bayrogʻining 32 yilligi hamda Oʻzbekiston liberal demokratik partiyasi tashkil topganining 20 yilligi munosabati bilan “Prokuror kubogi” musobaqasi oʻtkazildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ishlab_chiqarish

VILOYATDA ISTE’MOL MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISH HAJMI 16,9 TRILLION SO‘MNI TASHKIL ETDI


Tayyor mahsulot turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasida, Toshkent viloyatida iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 16,9 trillion so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning mos davriga nisbatan 113,8 %ni, uning jami sanoatdagi ulushi esa 22,7 %ni tashkil qilmoqda.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter