Toshkent viloyati hokimligi
14.4K subscribers
38.4K photos
5.29K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
#NazoratPressTur

VILOYAT HOKIMI BOSHCHILIGIDA CHIRCHIQ SHAHRIDA NAZORAT TADBIRLARI OʻTKAZILDI

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Chirchiq shahridagi ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati va issiqlik tizimini shahar hokimi Davron Xidoyatov va tegishli masʼullar, OAV vakillari va blogerlar ishtirokida nazorat qildi.

Mazkur manzildagi "Iqbol" mahallasida joylashgan tugʻruqxona qozonxonasi hozirda toʻliq taʼmirlanib, ishga tushirilgan. 9 ta koʻp qavatli va 2 ta ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik taʼminoti ham ichki tizimlari bilan birga toʻliq yaxshilandi.

Shuningdek, viloyat hokimi "Mirzogʻolib" va "Nur" mahallalaridagi yangitdan qurilayotgan qozonxona, "Bobur" mahallasidagi 10 ta koʻp qavatli uylarning issiqlik tizimi, 3-kichik nohiyadagi "Aleya", bolalar oʻyingohi hamda avtoturargoh holatini oʻrgandi.

Maʼlumot oʻrnida, mazkur xonadonlar 30 yildan ortiq vaqt mobaynida issiqlik taʼminoti bilan taʼminlanmagan edi, hozirda mavjud muammolar bartaraf etilgan.

Bundan tashqari mutasaddilar hududdagi 8-qozonxonada yakuniga yetkazilgan taʼmirlash jarayonlari va "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan ham yaqindan tanishdilar.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бугун, 19 ноябрь куни Тошкент вилояти, Бўстонлиқ туманида Ўзбекистон Республикаси Бош вазири Абдулла Арипов бошчилигидаги Вазирлар Маҳкамаси жамоаси “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси доирасида кузги дарахт кўчатлари экиш мавсумида иштирок этишди.

Ушбу тадбирда бодом, садақайрағоч, эман, қрим саснаси сингари мевали ва манзарали дарахт кўчатлари экилди.

Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yugurish_marafoni #Videorolik

Bugun Toshkent viloyati maʼmuriy markazi Nurafshon shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining 32 yilligiga bagʻishlangan "Bir Vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda yuguramiz" shiori ostidagi "Yangi nafas" ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon_2023 #Piskent

Bugun Piskent tumani "Suvti" mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng koʻlamdagi hashar ishlari olib borildi.

Hashar doirasida hududda obodonlashtirish bilan bir qatorda koʻchat ekish tadbirlari amalga oshirildi.

Toshkent viloyati hokimi oʻrinbosarlari, tuman hokimi N.Yakubov, sektor rahbarlari, mahalla raislari va jamoatchilik vakillari ishtirok etgan xayrli tadbir avvalida Qurʼon tilovat oʻqilib, yurt tinchligi, viloyat va tuman farovonligi yoʻlida duolar qilindi. Shundan soʻng jonliq soʻyildi.

Hasharda 5 ming tup terak, 2 ming 750 tup olma, 1 ming 240 tup olxoʻri va 1 ming tup gilos koʻchati oʻtqazildi. Loyiha doirasidagi amaliy ishlar natijasida "Suvti" mahallasidagi Oʻzbekiston koʻchasida 9 sotix boʻsh turgan yer maydonida "Olmazor bogʻi" tashkil etildi.

Shuningdek, 16 ta ehtiyojmand oila vakillariga 12 tupdan mevali daraxt koʻchatlari tarqatildi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

20-22-NOYABR KUNLARI TOSHKENT VILOYATINING AYRIM YO‘LLARIDA HARAKAT VAQTINCHA CHEKLANADI

Joriy yilning 20-22-noyabr kunlari soat 08:00 dan 14:00 ga qadar Bo‘stonliq tumanida velosport-shosse sport turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilishi munosabati bilan, “Bektemir – Chorbog‘” avtomobil yo‘lining 34 kilometridan (Chirchiq platina) 54 kilometrigacha (Gazalkent shahriga kirish) hamda 22-noyabr kuni soat 08:00 dan 14:00 ga qadar Chirchiq shahrining Amir Temur ko‘chasi hududida avtotransport vositalari harakatlanishi vaqtincha cheklanadi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_farmoyishi

VILOYATDA EHTIYOJMAND AHOLI QATLAMI "GEPATIT A" KASALLIGIGA QARSHI BEPUL EMLANADI

Viloyat mahalliy byudjetining joriy yil 2-chorak yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasiga 200 million soʻm miqdorda mablagʻ ajratildi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

Mazkur ajratilgan mablagʻlar viloyatda oʻtkir virusli "Gepatit A" kasalligi boʻyicha epidemik vaziyatning barqarorligini taʼminlash maqsadida, aholining ehtiyojmand va kam taʼminlangan qatlamini birinchi bosqichda kasallikka qarshi emlash xarajatlari uchun sarflanadi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

Hurmatli fuqarolar!

Toshkent viloyati boʻylab kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrishni jadallashtirish maqsadida,
hududlarda aholining mavjud muammolarini oʻrganish hamda ularni oʻz vaqtida bartaraf etishga qaratilgan MAXSUS SHTAB faoliyati yoʻlga qoʻyilganini bildiramiz.

Shtab Milliy gvardiya qoʻmondoni nazorati ostida faoliyat koʻrsatadi. Unga viloyat IIB, FVB va ijro hokimligining sohaga oid mutasaddi rahbarlari jalb etilgan.

Quyidagi raqamlar orqali murojaatingizni bildirishingiz mumkin:

📌Uy-joy kommunal sohalarda (55)901 41 17;

📌Issiqlik manbai (55)901 41 27;

📌Elektr energiyasi (55)901 41 18;

📌Gaz taʼminoti
(55)901 41 07;

📌Suv taʼminoti
(70)202 51 24

yoki barcha masalalar boʻyicha Call-markazning 1055 qisqa raqamiga hamda telegram manziliga yuborishingiz mumkin.

Shuningdek, joriy yilning 20-noyabr sanasidan 20-dekabr kuniga qadar sohalarga aloqador mutasaddilar ishtirokida ochiq muloqotlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter