Toshkent viloyati hokimligi
14.9K subscribers
40.4K photos
5.51K videos
48 files
22K links
Download Telegram
#Qishloq_xoʻjaligi

Piskent tumanida 1 yarim ming gektar bog‘ tartibga keltirilib, qator oralariga to‘qsonbosti ekinlari joylashtiriladi

Bu haqda tuman hokimi Nodirbek Yakubov 198-10-142-Q/23-sonli qarorni imzoladi. Mazkur qarorga ko‘ra, agrar soha mutaxassislari va mas’ullaridan iborat ishchi guruhi mavjud bog‘larni nazorat qilib, tartibga keltirish, qator oralariga to‘qsonbosti ekinlari ekilishini ta'minlaydi.

Piskent tumanidagi 10 ta agrar hududda jami 1814 gektar bog‘ va tokzor mavjud bo'lib, shundan ekin joylashtirish imkoni bo‘lgan 1555 gektar yer maydoni tartibga keltirilib, qator oralariga kuz oylarida 450 gektar piyoz, 180 gektar sarimsoqpiyoz, 103 gektar sabzi, 18 gektar ko‘katlar, 40 gektar karam, 15 gektar rediska, jami 645 gektar qishloq xo‘jaligi ekinlari ekish rejalashtirilgan.

Buning natijasida bog‘lar va tokzor maydonlaridan samarali foydalanib, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va eksport hajmini yanada kengaytirish ko‘zda tutilgan.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида шу йилнинг октябрь ойида ўтган асосий тадбир ва воқеалар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Hamkorlik

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI SOHASIDA TOSHKENT VILOYATI VA KOREYANING NAVBATDAGI HAMKORLIK KELISHUVIGA ERISHILDI

“ICTWEEK Uzbekistan 2023” haftaligi doirasida Koreyaning yigirmadan ortiq IT-kompaniyalari jalb qilinib, ular bilan aloqa oʻrnatish va qoʻshma loyihalarni boshlash uchun noyob imkoniyatlar yaratildi.

Festival davomida IT Park Toshkent viloyati filiali bilan Koreyaning “HOCA” va "KOIIA” xalqaro kompaniyalari o'rtasida hamkorlik qilish bo'yicha kelishuvga erishildi. Xorijiy hamkorlar tomonidan Oʻzbekiston-Koreya o'rtasida biznes hamkorlik sohada jozibadorlik kasb etishi va ikki tomonlama manfaatli ekani xususida ta'kidlandi.

Shuningdek, viloyatda "HOCA" IT kompaniyasi faoliyatini yo'lga qo'yish maqsadida, Chirchiq shahridan zamonaviy, shinam va qulay shart-sharoitlarga ega bo'lgan binodan ish ofisi uchun joy taklif qilinib, kompaniya filialini ochishga kelishib olindi. Bu esa o'z navbatida viloyat IT eksport hajmining yanada ortishi uchun xizmat qiladi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Франция Республикаси Президенти Эммануэль Макрон 1-2 ноябрь кунлари расмий ташриф билан мамлакатимизда бўлади.

По приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева 1-2 ноября Президент Французской Республики Эммануэль Макрон совершит официальный визит в нашу страну.

#Mirziyoyev #tashrif #Fransiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Diqqat

Тoshkent viloyatida 1 noyabrdan isitish mavsumiga start berildi

Toshkent viloyati hokimining qaroriga asosan, markazlashgan issiqlik ta’minotidan foydalanuvchi iste’molchilarni issiqlik bilan ta’minlash maqsadida, 1-noyabrdan boshlab issiqlik manbalaridan chiqadigan issiqlik energiyasining aylanma harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM