Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
RАUF PАRFI TАVАLLUDINING 80 YILLIGI NISHONLАNDI
Bugun Oʼzbekiston xalq shoiri Rauf Parfi tavalludining 80 yilligi munosabati bilan Yangiyoʼl tumanidagi “Xalqobod” madaniyat markazida adabiy-badiiy anjuman oʼtkazildi.
Shoir va yozuvchilar, shoirning oila aʼzolari, sinfdoshlar va doʼstlari, muxlislar va OАV vakillari yigʼilgan anjumanni Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzaev tabrik soʼzi bilan ochib berdi. Shundan soʼng “Nuroniy” jamgʼarmasi boshqaruvi raisi oʼrinbosari Sharof Ubaydullaev, Oʼzbekiston xalq shoirlari Usmon Аzim, Mahmud Toir, atoqli sanʼatkor Dadaxon Hasanov hamda boshqalar Rauf Parfining hayoti va ijodi haqida oʼz fikr-mulohazalari, shoir xotirasiga koʼrsatilayotgan ehtirom haqida toʼxtalib oʼtdi.
Shoirning oila aʼzolariga Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati boʼlimining esdalik sovgʼalari topshirildi.
Аnjuman doirasida ijodkorlar, muxlislar va shoirning yaqinlari ishtirokida tumanning Shoʼralisoy qishlogʼidagi shoir tugʼilib, oʼsgan uy joylashgan koʼchaga “Rauf Parfi” nomi berilishi munosabati bilan ramziy peshlavha oʼrnatildi.
Maʼlumot uchun, Rauf Parfi (Tursunali Parfiev) 1943 yil 27 sentyabrda tugʼilgan. ToshDUning filologiya fakulьtetini tamomlagan. “Karvon yoʼli”, “Tasvir”, “Koʼzlar”, “Sabr daraxti”, “Tanlangan asarlar”, “Iymon asiri” kabi oʼndan ortiq sheʼriy toʼplamlari chop etilgan.
Shoir va tarjimon sifatida Hamid Olimjon nomidagi Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasining yillik mukofoti (1986), Mahmud Qoshgʼariy nomidagi xalqaro mukofot (1989), Turkiya Davlat adabiyot mukofoti (1996) laureati. 1999 yilda “Oʼzbekiston xalq shoiri” unvoni bilan taqdirlangan. Shoir 2005 yil 28 mart kuni 61 yoshida yurak xurujidan vafot etgan.
✉ Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter

Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида энергетика бозори регулятори фаолиятини самарали ташкил этиш чора-тадбирлари бўйича тақдимот ўтказилди.
—
При Президенте Шавкате Мирзиёеве состоялась презентация мер по эффективной организации деятельности регулятора энергетического рынка.
#Mirziyoyev #taqdimot #energetika #islohot
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

Audio
Payshanba - sektor rahbarlarining kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan uchrashadigan va muammolarini hal qilishga e'tibor qaratiladigan kun. Shu jumladan, bu kunda avval xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatini oʻrganish, davlat tasarrufidagi obyektlarning auksion savdolariga chiqarilishi, sotilishi va investitsion majburiyatlarning bajarilishi ham oʻrganiladi.
*Yuqori Chirchiq tumani. Trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Tiger textile" korxonasida ayni vaqtda 60 nafar yoshlarning bandligi taʼminlangan boʻlib, yil oxiriga qadar yana 50 ta yangi ish oʻrinlari yaratish rejalashtirilgan.
*Boʻstonliq tumani. Tuman hokimligi va "DANAM" xorijiy kompaniyasi o'rtasida turizm yoʻnalishida 200 million dollar miqdoridagi togʻ changʻi majmuasini tashkil etish loyihasi boʻyicha kelishuvga erishildi.
*Chinoz tumani. Tumanda faoliyat olib borayotgan "Nuriya baraka teks" korxonasi infratuzilmasini yaxshilish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatildi.
*Piskent tumani. Tuman hokimining oʻrinbosari rahbarligida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan yigʻilish oʻtkazilib, unda tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar qaytimi hamda mavjud muammoli qarzdorliklarni undirilishini jadallashtirish choralari borasida fikr almashildi.
*Qibray tumani. Senatning sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi, senator Narimon Umarov viloyat va tuman prokuraturasi masʼullari hamrohligida "Ges Qodiriya" mahallasidagi 19-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida olib borilayotgan taʼmirlash ishlarini koʻzdan kechirdi.
*O'rta Chirchiq tumani. “Bunyodkor” mahallasidagi hajmli va shaklli buyumlarni yasovchi usta-hunarmand ustaxonasida aholi bandligi taʼminlanmoqda.
📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from OYINA.UZ
#RaufParfi
Olovlar ichra o‘zim bor – Rauf Parfi xotirlandi
Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/19698
Rasmiy sahifalarimiz👇
Web-site | Telegram | Facebook | YouTube