Toshkent viloyati hokimligi
14.4K subscribers
38.4K photos
5.29K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
#obod_mahalla

Piskentda suv ta'minotini yaxshilash uchun 18 ta mahallada qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilmoqda

Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ichimlik suvi taqchilligi dolzarb masala bo‘lib turgan bir vaqtda, mamlakatimizda aholiga toza ichimlik suv ta’minotini yaxshilash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 408-sonli qarori asosida tumandagi 9 ta mahalla hududida jami 17 mlrd. so‘mlik qurilish va ta’mirlash ishlari bajarildi, 275 ta nazorat quduqlari, yangi suv inshoatlari qurildi, 46,6 km suv tarmoqlari tortilib, suv inshootlari ta’mirlandi.

Qolaversa, “Obod qishloq” davlat dasturi asosida G‘ayrat, Chimqo‘rg‘on, Zominovul, Oqtom mahallalarida (28 km), PQ-98-sonli qaror asosida 5 ta mahallada jami 18 mlrd. so‘m evaziga (33 km) suv tarmoqlari tortilmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#saxovat

Bugun Chirchiqda 1000dan ortiq ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi

Chirchiq shahar sektor rahbarlari tashabbusi bilan saхovatpesha homiylar tomonidan Qurbon hayiti arafasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan, daftarlarda turgan nogironligi bor, ehtiyojmand oilalarning 1200 nafariga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

Bu kabi tashabbuslar joylarda davom ettirilib, yana koʻplab oilalarga yordam qoʻllari choʻziladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида шу йилнинг июнь ойида ўтган асосий тадбир ва воқеалар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Forwarded from PISMIQ.uz
#сайлов_2023

⭕️Хорижлик кузатувчилар Тошкент вилоятида сайловга тайёргарлик жараёнларини ўрганди

📍МДҲ кузатувчилари миссияси аъзолари Евгений Козяк ва Денис Варганов Нурафшон шаҳридаги 10-Тошкент вилояти округ сайлов комиссияси биносида бўлиб, ҳудудда амалга оширилаётган ишлар билан танишди.

➡️Округ сайлов комиссияси раиси Улуғбек Тўхтаев меҳмонларга ҳудудда Муддатидан илгари Ўзбекистон Республикаси Президенти сайловига тайёргарлик кўриш борасида амалга оширилаётган ишлар ҳақида батафсил маълумот берди.

✔️Ўтган вақт давомида жойлардаги барча сайлов участкалари сайловга оид қонун ва бошқа меъёрий ҳужжатлар, зарур замонавий ахборот-коммуникация технологиялари билан таъминланди. Жисмоний ҳаракати чекланган сайловчилар имкониятини эътиборга олган ҳолда биноларга нишаб йўлаклари барпо этилди.

🟢Тошкент вилояти бўйича участка сайлов комиссияси аъзолари таркиби Сайлов Кодекси талаблари асосида тузилган. Жойларда тарғибот ишларини олиб бориш мақсадида, чақирув плакатлари, сайловга оид стендлар ва бошқа тарғибот материаллари белгиланган жойларга тартиб билан ўрнатилди.

Учрашувда хорижлик меҳмонлар ўзларини қизиқтирган саволларга жавоб олди.

🌐Шундан сўнг улар Нурафшон шаҳрида ташкил этилган сайлов участкаларида муддатидан олдин овоз бериш жараёнлари қай даражада бўлаётгани билан ҳам танишди.

10-Тошкент вилояти
округ сайлов комиссияси матбуот маркази.

👉каналга уланиш👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hokimlik_hujjatlari

Nurafshon shahridagi amfiteatr Angrenga koʻchirildi

Ayni kunlarda Nurafshon shahar markazi Toshkent yoʻli koʻchasida joylashgan amfiteatr binosi viloyat hokimi Zoyir Mirzayev qarori asosida Angren shahar "Yoshlar" bogʻiga koʻchirish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur bino Nurafshon shahar hokimligi tasarrufidan Angren shahar hokimligi tasarrufiga begʻaraz oʻtkazib berilib, ob’yektni koʻchirish hamda qayta qurish ishlari bilan bogʻliq mablagʻlar Angren shahar hokimligi mahalliy budjetidan qoplanadi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maxsus_reportaj

Angrenda bugun koʻplab xotin-qizlarning bandligi ta’minlanmoqda

Bunda avvalo, ular turli yoʻnalishlarda tadbirkorlikka oʻqitilib, sohasi doirasida korxonalarga ishga joylashtirish choralari koʻrilmoqda.

Tafsilotlar "Oʻzbekiston 24" telekanalining maxsus koʻrsatuvida.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bildirish

Soat 14:25 da Toshkent shahridagi elektr uzatish tarmogʻida nosozlik yuzaga kelgan.

Buning natijasida Toshkent shahrining Yunusobod va Olmazor tumanlari, shuningdek, Toshkent viloyatining Toshkent tumani isteʼmolchilarining bir qismida elektr taʼminotida uzilish kuzatilmoqda.

Hozirgi vaqtda nosozlikni bartaraf etib, tarmoqni ishga tushirish choralari koʻrilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bildirish

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi xodimlari 30-iyun hamda 1-iyul dam olish kunlari boʻlishiga qaramay, ishga chiqqanliklari toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi.

Shuni taʼkidlash joizki, Qurbon hayiti munosabati bilan 2023-yil 28-iyun - 3-iyul kuniga qadar, dam olish kunlari deb, eʼlon qilinib, bu kunda barcha tashkilot va idora xodimlari uchun mehnat kuni etib belgilanmagan.

Ijtimoyi tarmoqlarda tarqalgan bu kabi maʼlumotlar asoslantirilmaganligi va boshqarma xodimlari tomonidan yoʻnaltirilmaganligini maʼlum qilamiz.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_koʻmak

Hududlarda saxovat tadbirlari davom etmoqda

🌐BATAFSIL

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM