Toshkent viloyati hokimligi
14.4K subscribers
38.4K photos
5.29K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mavsum #Piskent

Gʻayratda qulupnay pishdi

Ushbu mahalla azaldan qulupnayzorlari bilan mashhur boʻlgan. Mahallaning dehqonchilikdagi tajribasiga asoslanib, 10 gektardan ziyod boʻsh yotgan yerlarda issiqxonalar qurilib, qulupnay koʻchatlari bilan imtiyozli kredit asosida aholiga berilgan edi. Bugun mehnatining mevasini tatiyotganlar koʻpchilikni tashkil etadi.

Batafsil videolavhada koʻring.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
🟦🟦🟩🟩

Bugun barcha darajadagi rahbarlarning xalq ichiga kirib, sayyor qabullar oʻtkazishi muhim vazifalardan biridir. Toshkent viloyati rahbarlari ham haftaning belgilangan kunlarida eng olis hududlarda muammolariga yechim topmoqda. Maxsus dayjest shu haqda.

🔘Quyi Chirchiq tumani. Toshkent viloyati hokimi oʻrinbosari J. Bobojonov rahbarligida sayyor qabul tashkil etilib, 37 nafar fuqaroning imtiyozli kredit olish, ichki yoʻllarni taʼmirlash, tungi yoritkichlar oʻrnatish, toza ichimlik suvi boʻyicha murojaati tinglandi.

🔘Ohangaron tumani. Toshkent viloyati hokimining oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Z. Mirgaziyeva Nurobod qoʻrgʻonida ayollarning muammolariga yechim izladi.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani. Toshkent viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari Z.Hidoyatovning “Guliston” MFYdagi sayyor qabulida murojaatlarning aksariyati yoʻl hamda uy-joyga boʻlgan ehtiyoj borasida boʻldi.

🔘Piskent tumani. Toshkent viloyati prokuraturasi vakillari ishtirokida oʻtgan sayyor qabul jarayonida aholining uy-joy, subsidiya bilan bogʻliq qator murojaatlari huquqshunoslar ishtirokida koʻrib chiqilib, ijrosi nazoratga olindi.

🔘Chirchiq shahri. Xalq taʼlimi boʻlimi binosida viloyat hokimi oʻrinbosari M.Fayziyev 50 nafar fuqaro bilan suhbatlashdi va murojaatlarning aksariyati shu yerning oʻzida qanoatlantirildi.

🔘Nurafshon shahri. “Tong” madaniyat markazida boʻlib oʻtgan sayyor qabuldan soʻng fuqarolar uchun mehnat yarmarkasi va tibbiy koʻrik tashkillashtirildi. Jarayonda 17 nafar fuqaro ish bilan taʼminlandi.

🔘Olmaliq shahri. Endilikda sektor rahbarlarining qabullari har kuni belgilangan reja asosida shaharning har bir mahallasida tashkil etiladi. Bu haqda shahar hokimi Q.Hamdamov aholi bilan oʻtkazgan uchrashuvida aytib oʻtdi.

🔘Bekobod shahri. Hudud rahbari N. Babayev hamda mutasaddi rahbarlar tomonidan 23 ta murojaat joyida hal etilib, 16 tasiga huquqiy koʻmak berildi, qolgan 8 tasi esa nazoratga olindi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
RASMAN: RAMAZON HAYITI 2023-YIL 21-APREL KUNI NISHONLANADI

🌙 Oʻzbekiston musulmonlari idorasida Ramazon oyi va hayitini aniqlash uchun tuzilgan Ishchi guruhi xorijdagi nufuzli astronomiya markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Astronomiya institutidan olgan maʼlumotlarga koʻra, 1444 hijriy yil Shavvol oyining yangi oy fazasi (hiloli) shu yil 20-aprel, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:12 da sodir boʻlgan (tugʻilgan).

🔶 Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi islom dini taʼlimotlari va mazkur astranomik maʼlumotlarga asoslangan holda diyorimizda joriy yilda Ramazon hayiti 2023-yil 21-aprel juma kuniga toʻgʻri kelishi haqida qaror qabul qildi.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

✉️Telegram 🌐Website  🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasman

Ramazon hayiti munosabati bilan oʻzbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam olishadi

Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori eʼlon qilindi.

Qarorga koʻra,

Joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 21-aprel – juma kuniga toʻgʻri kelishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi tomonidan qabul qilingan qarorni inobatga olib, mamlakatimizda 2023-yil 21-aprel kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.

Aholining Ramazon hayiti bayramini munosib kutib olishi va yuksak saviyada oʻtkazishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida 2023-yil 24-aprel (dushanba) kuni ish haftasining turidan qatʼi nazar barcha xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni sifatida belgilandi.

Shuningdek, olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 22-aprel kuni dam olish kuni sifatida belgilandi.

✉️Telegram 🌐Website  🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Тошкент вилоятида яна 15 нафар шахсга фуқаролик паспортлари берилди

Ниҳоят, уларнинг йиллар давомида юрагини кемирган армонлари ушалди.

Батафсил 👉 https://yuz.uz/a/oz/76903

Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/76903

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
#statistika

Toshkent viloyatining qaysi hududida ko‘proq qurilish korxonalari faoliyat yuritmoqda?

2023-yilning 1-aprel holatiga viloyatimizda jami 3 014 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bo’lib, 2023-yilning fevral oyida 137 ta yangi qurilish korxonalari tashkil etildi.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:

🔶Oqqo‘rg‘on tumani - 64 ta
🔶Ohangaron tumani - 67 ta
🔶Bekobod tumani - 86 ta
🔶Bo‘stonliq tumani - 110 ta
🔶Bo‘ka tumani - 117 ta
🔶Quyi Chirchiq tumani - 73 ta
🔶Zangiota tumani - 217 ta
🔶Yuqori Chirchiq tuman i- 186 ta
🔶Qibray tumani - 307 ta
🔶Parkent tumani - 99 ta
🔶Piskent tumani - 56 ta
🔶O‘rta Chirchiq tumani - 146 ta
🔶Chinoz tumani - 108 ta
🔶Yangiyo‘l tumani - 148 ta
🔶Toshkent tumani - 163 ta
🔶Nurafshon shahri - 144 ta
🔶Olmaliq shahri - 141 ta
🔶Angren shahri - 185 ta
🔶Bekobod shahri - 126 ta
🔶Ohangaron shahri - 112 ta
🔶Chirchiq shahri - 276 ta
🔶Yangiyo‘l shahri - 83 ta

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#qishloq_xoʻjaligi

Xorijiy delegatsiya Ohangaron tumanida boʻldi

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#prezident_farmoni

Ramazon Hayiti munosabati bilan 300 dan ortiq mahkum afv etildi

Shavkat Mirziyoyevning
Oʻzbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi farmoniga koʻra 300 dan ortiq mahkum afv qilinadi.

Afv etiladiganlar orasida chet el fuqarolari ham bor.

Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekistonda 2016—2022-yillarda 5 967 nafar shaxs afv etilgan.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#muloqot

Viloyat hokimi bir guruh yoshlar va ularning ota-onalari bilan muloqot qildi

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_eʼlon

Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan ertaga, 21-aprel kuni soat 00:00dan 07:00ga qadar viloyatning ayrim hududlarida transport harakati (vaqtincha) toʻxtatiladi

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Европада хавфсизлик ва ҳамкорлик ташкилоти Демократик институтлар ва инсон ҳуқуқлари бўйича бюроси миссияси раҳбари Альберт Йонссон билан учрашувида Ўзбекистон Республикаси Конституциясига ўзгартиришлар киритиш бўйича референдумга тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш масалалари кўриб чиқилди.

Вопросы подготовки и проведения референдума по внесению изменений в Конституцию Республики Узбекистан были рассмотрены на встрече Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с главой миссии Бюро по демократическим институтам и правам человека Организации по безопасности и сотрудничеству в Европе Альбертом Йонссоном.

#Mirziyoyev #qabul #EXHT #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Diqqat_eʼlon

Ramazon hayiti munosabati bilan dam olish kunlari ham viloyatdagi tijorat banklari tomonidan aholiga qulaylik yaratish maqsadida, valyuta ayirboshlash shoxobchalari va xalqaro pul oʻtkazmalari punktlari faoliyatlari grafik asosida ishlashini maʼlum qilamiz.

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Audio
🟦🟦🟩🟩

Payshanba - sektor rahbarlarining kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan uchrashadigan va muammolarini hal qilishga e'tibor qaratadigan kun. Shu jumladan, bu kunda avval xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatini o'rganish, davlat tasarrufidagi obyektlarning auksion savdolariga chiqarilishi, sotilishi va investitsion majburiyatlarning bajarilishi ham oʻrganiladi.

🔘Ohangaron shahri. Bugun shahar hokimligi mutasaddilari ishtirokida “TrendTex” qoʻshma korxonasida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Unda shaharda istiqomat qiluvchi xotin-qizlarga yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar salmogʻi, siyosiy jarayondar xususida tushuntirishlar berildi.

🔘Ohangaron tumani. Ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasining “Fanagoriya” AJ delegatsiyasi Oʻzbekistonda boʻlib turibdi. Bugun kompaniya direktorlar Kengashining raisi Sergey Storojenko boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari tumanda boʻlib, “Taraqqiyot” fermer xoʻjaligi dalasida tuman hokimi Abdurasul Abdullayev bilan uchrashdi.

🔘Piskent tumani. Kelovchilik Sohiba Abdujabborovaga 2-sektor rahbarining koʻmagi bilan subsidiya asosida tikuv mashinasi berilgan edi. Hozirda u 5ta ish o'rni yaratdi.

🔘Chirchiq shahri. Shahar hokimi Davron Xidoyatov sektor rahbarlari bilan birgalikda yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti oldidan “Markaziy jome” masjidi va boshqa masjidlarda yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirildi.

🔘Bekobod tumani. Ayni kunlarda tumandagi 9 ta mahallada PQ-408-sonli qaror asosida qurilish ishlari toʻliq tugallandi. Jumladan, “Paxtakor”, “Sariyuz”, “Istiqlol”, “Guliston”, “Parchayuz” mahallalarida aholiga ichimlik suvi yetkazib berildi.

🔘Bekobod shahri. Shahar hokimi Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolari boʻlgan investorlar bilan uchrashdi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qulaylik

Tibbiyot muassasalari dam olish kunlari qanday tartibda ishlaydi?

Toshkent viloyati sogʻliqni  saqlash boshqarmasi ushbu muborak ayyom va dam olish kunlarida barcha  davolash-profilaktika muassasalarining tibbiyot xodimlari qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat koʻrsatishini maʼlum qilamiz.

Koʻp tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokor, mahalla tibbiyot punktlari, tuman, viloyat va  shifoxonalari,  ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, tibbiyot oliy oʻquv yurtlari klinikalari, shular jumlasidandir.

Shuningdek, respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, Toshkent viloyat filiali uning hududlardagi 22 ta filial, tumanlardagi 21 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul boʻlimi hamda shahar, tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralari faoliyat yuritadi.

Viloyatimiz boʻyicha tez tibbiy yordam brigadalari hamda barcha davolash profilaktika muassasalari aholidan boʻladigan chaqiriqlar asosida kunu tun xizmat koʻrsatadi.

☎️ Call-markazi (1103) orqali tibbiyotga tegishli savollaringizga malakali mutaxassislardan tunu kun javob olish imkoni mavjud.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook 🌐Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM