Toshkent viloyati hokimligi
14.6K subscribers
39.1K photos
5.35K videos
48 files
21.5K links
Download Telegram
#Tanqid

TOSHKENT VILOYATIGA 1 TA TAROZI YETADIMI?!

Yoʻllarini kuzatsangiz, gardanidagi yukining ogʻirligidan zoʻrgʻa harakatlanib ketayotgan, yuki koʻpligilan motori zoʻriqib ishlayotgan yuk mashinalariga koʻzingiz tushadi.

Holat sabab millirdlab byudjet pullari hisobiga taʼmirlangan yoʻllar ortiqcha yuklama tufayli yaroqsiz holga keladi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan yuk tashuvchi mashinalar olib yuradigan yukning ogʻirlik meʼyori belgilab qoʻyilgan. Misol uchun, unda 7-8 tonnadan ortiq yuk mumkin emasligi, yoʻqsa, javobgarlik borligi qayd etilgan.

⚡️Bu boʻyicha doimiy reydlar oʻtkazilishi, ogʻirlikni oʻlchaydigan maxsus tarozilar ishlatilishi belgilangan, ammo Hukumat qarori ijrosi taʼminlanyaptimi oʻzi? Buning aksi ekaniga yetarlicha asoslar bor.

Chunonchi, brifingda Toshkent viloyati Avtomobil yoʻllari hududiy boshqarmasi bu yil viloyatda qancha reyd oʻtkazilgani, necha nafar fuqaro jarimaga tortilgani haqida maʼlumotlarni taqdim qila olmadi.

Boshqarmaning maʼlum qilishicha, Chinoz tumanidagi hamda “Erkin” postlarida ana shunday yuk oʻlchaydigan tarozi oʻrnatilgan. Afsuski, oʻsha ikki tarozidan bittasi ham taʼmirtalab ekan.

– Bunday tarozilar quriladi, qurish uchun ham, taʼmir uchun ham pul kerak, mablagʻ masalasi bizda muammo, ammo biz bu boʻyicha loyiha qilyapmiz,– deydi boshqarma muhandisi.

Viloyatdagi yaroqli birgina tarozining ham ishlayotgani shubha ostida. Chunki masʼullarda jarimaga tortilganlar boʻyicha aniq raqamlar yoʻq. Xullas, savollar koʻp, javoblar esa...

✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tanqid

Ohangaron-Nurafshon yoʻli. Bu yoʻlda yoʻl-transport hodisalari tez-tez sodir boʻlib turadi.

Bugungi anomal sovuq eʼlon qilingan bir vaziyatda tegishli tashkilotlar bu yoʻlni tozalash choralarini koʻrishsa, shu yoʻldan ishga qatnaydiganlarning xavfsizligini taʼminlashgan boʻlishardi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanqid

YANGIYOʻLLIKLARGA XOTIRA KERAKMASMI?

Koʻrayotganingiz - Yangiyoʻl tumanida joylashgan Xotira xiyoboni. Aholining aytishicha, bir vaqtlar bu maskan juda fayzli joy boʻlgan. Biroq bu maydonga ham koʻz tikkanlar koʻp ekan. Bugun xiyobonning yarmi sotilib, qolgan qismi esa qarovsiz joyga aylanib ulgurgan.

Haykallarda Ikkinchi jahon urushida qahramonlik koʻrsatgan yangiyoʻllik Abdulla Qurbonov va “Shuhrat” ordeni sohibi Moʻmin Karimov, yaqinlari urushdan qaytmagan ona siymolari aks ettirilgan.

Bir savolga javob izlayapmiz: yangiyoʻllik masʼullar tarixga hurmat borasida yoshlarga shunday oʻrnak koʻrsatishyaptimi?

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM