Toshkent viloyati hokimligi
14.4K subscribers
38.8K photos
5.32K videos
48 files
21.4K links
Download Telegram
#hokimiyat_hujjatlari

Hududlardagi keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari moliyalashtirildi

Jumladan, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 2022-yilda viloyat boʻylab amalga oshirilishi lozim boʻlgan qurilish va taʼmirlash ishlari uchun 30 milliard soʻm, jumladan, viloyat hokimligi huzuridagi “Obod qishloq” jamgʻarmasiga yoʻnaltirish maqsadida 28 milliard 700 million soʻm va “Obod mahalla” jamgʻarmasiga yoʻnaltirish maqsadida 1 milliard 300 million soʻm mablagʻ ajratiladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

Mazkur hujjat ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari M.Fayziyev va viloyat hokimi oʻrinbosari SH.Mahmudovlar zimmasiga yuklatildi.

✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hokimiyat_hujjatlari

Viloyat hokimi oʻz daromadini yoʻqotgan vaqtincha ishsiz fuqarolarga moddiy yordam ajratish haqidagi qarorini imzoladi.

Viloyat hokimining ommaviy qabullarda murojaat qilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan, koʻp farzandli oilalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, yolgʻiz qariyalarga va oʻz daromadini yoʻqotgan vaqtincha ishsiz boʻlgan fuqarolarga “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan moddiy yordam ajratish toʻgʻrisidagi qarori imzolandi.

Unga koʻra, 35 nafar fuqaroga jami 299 million soʻm mablagʻ ajratildi.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, bugungi kunga qadar davolanishi hamda oilaning iqtisodiy holatini yaxshilash maqsadida moddiy yordam soʻrab murojaat etgan 594 nafar fuqaroga 5 mlrd. 955 mln. 500 ming soʻm miqdorida moddiy yordamlar koʻrsatilgan.

Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hokimiyat_hujjatlari

“Shodmalik” aholisi ichimlik suvi bilan taʼminlanadi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning tegishli farmoyishiga koʻra, mahalliy byudjetining 2022-yil III chorak yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan Ohangaron tumani “Shodmalik” mahallasi aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlash uchun 300 mln. soʻm mablagʻ ajratiladi.

✉️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hokimiyat_hujjatlari

Qurilish va bunyodkorlik sohasidagi muhim vazifalar belgilab olindi

🌐BATAFSIL

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hokimiyat_hujjatlari

Suv resurslaridan samarali foydalanish — bugunning muhim talabi

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hokimiyat_hujjatlari

Toshkent viloyati: hududlarda suv taʼminotini yaxshilash masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hokimiyat_hujjatlari

Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli boʻlgan bino qon quyish stansiyasiga qayta ixtisoslashtiriladi

🌐BATAFSIL

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hokimiyat_hujjatlari

Jahon tillari Universitetiga qarashli yer maydoni Toshkent viloyati tasarrufiga qaytarilmoqda

Oʻzbekiston davlat Jahon tillari Universiteti rektorining murojaati, Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasining taqdimnomasiga koʻra, Parkent tumani, “Boshqizilsoy” massivida joylashgan 0,5 gektar yer maydoni davlat zaxirasiga qaytarilmoqda.

Mazkur yer maydoni 1973-yilda Yuqori Chirchiq rayon deputatlar soveti ijroiya qoʻmitasining qarori bilan Respublika rus tili va adabiyoti pedagogika instituti (Hozirgi Oʻzbekiston davlat Jahon tillari Universiteti)ga “Sogʻlomlashtirish va dam olish maskani” qurilishi uchun ajratilgan edi.

Mazkur boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydoni kelgusida belgilangan tartibda samarali foydalanish uchun zahiraga qaytarilgan.

Bu haqda viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning tegishli qarori imzolandi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hokimiyat_hujjatlari

Nurafshonda ayrim jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlar qoplab beriladi

Hududiy jamgʻarmada shakllangan mablagʻlar hisobidan Nurafshon shahrida yer maydonlari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun foydalanishga olingan yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash maqsadida Nurafshon shahar hokimligiga 4 mlrd. 418 mln. soʻm mablagʻ ajratiladi.

Tegishli hujjatga koʻra, viloyat gʻaznachilik boshqarmasi ajratilgan mablagʻ boʻyicha toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshiradi.

Nurafshon shahar hokimi Muzaffar Saliyev hududiy jamgʻarma mablagʻlari hisobidan ajratilgan pulni belgilangan tartibda maqsadli va samarali sarflanishini taʼminlaydi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM