Toshkent viloyati hokimligi
14.3K subscribers
38.6K photos
5.32K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Сингапурга давлат ташрифи доирасида олий даражадаги тадбирлар – ушбу мамлакат Президенти Ҳалима Яқуб ва Бош вазири Ли Сянь Лун билан музокаралар бўлиб ўтди.

В рамках государственного визита Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева в Сингапур состоялись мероприятия на высшем уровне - переговоры с Президентом этой страны Халимой Якуб и Премьер-министром Ли Сянь Луном.

#Mirziyoyev #tashrif #Singapur #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#inson_qadri_uchun

Qishning sovuq kunlarida gaz bosimi pasayishi oqibatida qiyin ahvolda qolgan, Qibray tumani "Bo'ston" va "Chinobod" mahallasida yashovchi, nogironligi bor oilalarning yashash sharoiti sektor rahbarlari tomonidan o‘rganilib, ushbu oilalarning 21 nafar a'zosi tumandagi "Botanika" va "Umid Gulshani" sihatgohlariga joylashtirildi.

Ularga sihatgohning yorug‘ va shinam xonalari ajratilib, issiq ovqat bilan ta'minlash va salomatliklarini tiklash uchun barcha imkoniyatlar yaratildi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bayonot

Kun.uz saytida eʼlon qilingan “210 mln soʻmlik shartnoma 2 mlrd soʻmga yetgan. Toshkent viloyati hokimligi qaysi xizmatga buncha xarajat qilgan?” sarlavhali maqola yuzasidan

Bugun Kun.uz saytida eʼlon qilingan “210 mln soʻmlik shartnoma 2 mlrd soʻmga yetgan. Toshkent viloyati hokimligi qaysi xizmatga buncha xarajat qilgan?” sarlavhali maqolada Toshkent viloyati hokimligi taʼsischiligidagi “Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish” MCHJga koʻrsatilgan xizmatlar uchun oʻtkazib berilgan mablagʻlar miqdori va sarfi tanqid qilingan.

Men ushbu sohaning bevosita rahbari sifatida 2 milliard soʻmdan ortiq summa piar uchun sarflangani haqidagi faktni tasdiqlay olmayman. Bu — notoʻgʻri maʼlumot. Toshkent viloyati hokimligi tashkiliy tuzilmasida 1 ta shtat birligidan iborat “Hokimning axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi” lavozimi mavjud, xolos.

Toshkent viloyati hokimining qaroriga koʻra, 2020-yil 16-yanvarda MCHJ tuzilmasida 10 ta shtat birligidan iborat “Axborot xizmati guruhi” tashkil etilgan. Mazkur jamoa bevosita viloyat hayotini ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish, ijtimoiy tarmoqlarda aholi murojaatlari bilan ishlashda viloyatdagi barcha boshqarma, korxona va tashkilotlarga, hokimliklar matbuot xizmatlariga yordam koʻrsatish bilan shugʻullanadi. Ularning 4 nafari texnik xodim (operator, fotograf, montajchi), 2 nafari jurnalist, 2 nafari SMM boʻyicha mutaxassis. Tashkilot oʻz xaridlari haqida “E xarid” onlayn platformasi orqali axborot berib boradi.

Alohida taʼkidlash joizki, ushbu mablagʻlar piar xizmati uchun uchinchi tomonga (biron veb-sayt yoki reklama agentligi hisobiga) oʻtkazilmagan. Mazkur mablagʻ xodimlar uchun ish haqi, texnik xizmat koʻrsatish, yangi texnikalar sotib olish maqsadlariga yoʻnaltirilgan. Ushbu tashkilotda jami 87 nafar ishchi-xodim, jumladan, dasturchilar faoliyat yuritadi va viloyat hokimligi, shahar-tumanlar hokimliklariga axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xizmat koʻrsatadi.

Bundan tashqari, 2022-yil davomida ajratilgan mablagʻlar hisobidan viloyat hokimligining rasmiy veb-sayti yangilandi, ayni paytda ishga tushirilish arafasida turibdi. Shuningdek, hokimlik, korxona va tashkilotlarda hujjat aylanish tizimini tubdan yaxshilash, aholi murojaatlari bilan ishlashga oid uchta original dastur yaratildi. Xususan, “Xalq nazorati”, “Bitiruvchi” singari platformalar test rejimida ish boshladi, fevral oyidan toʻliq ishga tushiriladi.

Fevral oyining birinchi dekadasida (1-10-fevral oraligʻida) mazkur dasturiy mahsulotlar hamda viloyat hokimligining yangi rasmiy veb-sayti taqdimoti rejalashtirilgan. Mazkur taqdimot marosimi media-tur formatida tashkil etiladi hamda jurnalist-blogerlar taklif qilinadi. Anjumanda “Axborot kommunikatsilarini rivojlantirish markazi” MCHJ direktori mablagʻlar sarfi yuzasidan batafsil, asoslantirilgan rasmiy hisobot berishga tayyorgarlik koʻrmoqda.

Behzod Qobulov,
Toshkent viloyati hokimining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi.

@Behzod_Qobulov
#Rasman
#Bildirish

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida bir guruh fuqarolar elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar boʻlganligidan norozi boʻlib elektr taʼminoti korxonasiga borib, janjal koʻtarishganligi, bir nafar ayol kishi korxona xodimiga pichoq bilan tahdid qilganligi haqida videoxabarlar tarqalgan.

Aniqlanishicha, ushbu hodisa Qashqadaryo viloyatida emas, Toshkent viloyatida sodir boʻlgan.

Xususan, joriy yilning 16-yanvar kuni Chirchiq shahar Elektr taʼminoti korxonasining dispecherlik punktida bir guruh aholi elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar boʻlganligidan norozilik bildirgan vaqtda, 35 yoshli ayol (V.N.) bezorilik harakatlarini oldini olish choralarini koʻrgan Chirchiq shahar Elektr taʼminoti korxonasi elektr montyoriga qarshilik koʻrsatib, oʻzidagi oshxona pichogʻi bilan uni oʻldirish bilan qoʻrqitib, tahdid qilgan.

Mazkur holat boʻyicha Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan V.N. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#shtab_faoliyatidan

“Tezkor shtab” faoliyati uzluksiz davom etmoqda

🌐BATAFSIL

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Daryo | Rasmiy kanal
Chirchiqda elektr energiyasi uzilishidan norozi bo‘lgan aholi ko‘chaga chiqdi. Voqea joyiga yetib borgan mas’ullar muammoni bartaraf qilgan

Viloyat hokimligi axborot xizmatining “Daryo”ga bildirishicha, bu muammo o‘sha kunning o‘zida hal etilgan.

Batafsil — https://dy.uz/VCVZz

So‘nggi yangiliklar 👉 @Daryo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon #Olmaliq

“Rahmat sizga, biz ham sizga suyanganimizdan bemalol gapiramiz, hammaga ham emas bunaqa yurish”

Olmaliq shahar hokimi Qobil Xamdamov va sektor rahbarlari hamda kommunal korxona-tashkilotlar tomonidan Uvaysiy MFYdagi koʻp qavatli uylardagi xonadonlarning isitish tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish ishlari xonadonbay, kerak boʻlsa, yertoʻlabay yurilib, davom ettirilmoqda.

Yuqoridagi videolardan koʻrish mumkinki, fuqarolar qoʻshnilari bilan birgalikda hal etadigan oddiy masalani ham oʻzaro hal eta olishmagan.

Registrga ventil oʻrnatilmagani va isitish mavsumi boshlanganda havosi chiqarib yuborilmagani natijasida pastki qavatdagi qoʻshnining xonadoni isimagan. Albatta, bu boshqaruv servis kompaniyalarining jamoatchilik bilan yetarli ishlamagani, oddiy yoʻriqnomani aholiga yetkazib berolmaganidandir.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#intervyu

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev mavsumga tayyorgarlik yuzaki boʻlganini taʼkidlab, aholini energiya resurslari bilan taʼminlashda viloyatda qisqa va uzoq muddatga moʻljallangan strategiyalar ishlab chiqilganini maʼlum qildi.

Avvalo, aholi xonadonlarini, ayniqsa olis hududlarni quyosh panellari bilan taʼminlash;

bugungi kunda gaz bosimi pastligi tufayli ishlamay turgan 8 ta qozonxonani boshqa muqobil yoqilgʻiga oʻtkazish;

eng asosiysi, aholi xonadonlarini individual qozonxonalar tizimiga oʻtkazish choralari shular jumlasidandir.

Batafsil “Oʻzbekiston 24” telekanali lavhasida.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter