Audio
#Dayjest
Viloyatimizda qulay ishbilarmonlik muhiti, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar yangi loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilmoqda. Jarayonga esa sektor rahbarlari va biriktirilgan masʼullar salmoqli hissa qoʻshishmoqda. Qisqa xabarlarimizda shu mavzu atrofida soʻz yuritamiz.
🔘Bekobod shahri. Shaharning “Nurli yoʻl” mahallasida “Tadbirkorlik va salomatlik markazi” ish boshladi.
🔘Ohangaron tumani. 4-sektor rahbari boshchiligidagi ishchi guruh aʼzolari tomonidan hududda uyma-uy yurib, fuqarolarning muammolarini oʻrganish jarayonida “Ubayd”, “Ungut”, “Qoraxitoy” va “Oʻzbekiston” mahalla fuqarolari yigʻinidagi xonadonlar xatlovdan oʻtkazildi.
🔘Yangiyoʻl tumani. 3-sektor rahbari tashabbusi bilan “Gulbahor” mahallasining ichki yoʻllari taʼmirlanib, betonlanmoqda.
🔘Ohangaron shahri. Shahar prokurori, 2-sektor rahbari oʻz hududidagi 1,3,6,10-sonli maktabgacha taʼlim muassasalarida boʻlib, bogʻchalarning isitish tizimi, qozonxonalarning faoliyatini oʻrgandi.
🔘Zangiota tumani. Yangi yil oldidan tashkil etilayotgan savdo majmualarida narx-navo barqarorligi, aholini sifatli mahsulotlar bilan taʼminlash masalalari sektor rahbarlari tomonidan nazorat qilinmoqda.
🔘Nurafshon shahri. 3-sektor rahbari boshchiligidagi ishchi guruh vakillari “Oppoq” mahallasi ahlining ichimlik suvi taʼminoti boʻyicha muammolarini hal etishga bosh boʻlishdi.
🔘Bekobod tumani. Tuman hokimining topshirigʻiga binoan tumandagi koʻp qavatli xonadonlardagi tadbirkorlik subyektlarida tegishli ishchi guruhlari tomonidan muammolar oʻrganilmoqda.
🔘Oqqoʻrgʻon tumani. Tuman hokimi Alisher Karimjonov “Navroʻz” mahallasida ijtimoiy koʻmakka muhtoj, uy-joyi taʼmirga tushgan xonadon egalarining yashash sharoitlari bilan tanishdi.
📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH

#dayjest
Juma — Qurilish sohasidagi muammolarni oʻrganish, investitsiya obyektlarida qurilish jarayonlari bilan tanishish kuni. Demak, bugun qisqa xabarlar oqimida shu mavzu tevaragidagi yangiliklar bilan tanishing.
🔘Yangiyoʻl tumani. Tumanda qish mavsumini barqaror va talofatsiz oʻtkazish yuzasidan koʻrilayotgan kompleks chora-tadbirlar jarayonida “Gulbahor” mahallasidagi koʻp qavatli uyning tom qismi profnastil qoplamasi bilan yangilandi.
🔘Ohangaron shahri. Yangi yil bayrami arafasida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan 13-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida soʻnggi qurilish jarayonlari ketmoqda.
🔘Yangiyoʻl shahri. “Oltinobod” mahallasida “Xotin-qizlar bandligini oshirish markazi” foydalanishga topshirildi.
🔘Chirchiq shahri. “Uzavtosanoat” boshqaruvi raisi Chirchiq shahridagi “Agratech” klasterida olib borilayotgan qurilish jarayonlari bilan tanishdi.
🔘Qibray tumani. “Taraqqiy” mahallasida “Obod qishloq” davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari yakuniy pallaga kirdi.
🔘Oʻrta Chirchiq tumani. Tumanda xotin-qizlarni turli kasblarga oʻqitish orqali ularning bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka jalb qilishga koʻmaklashuvchi yangi markaz ish boshladi.
🔘Parkent tumani. “Qoʻrgʻontepa” mahallasi hududida “Paritet Invest” qurilish tashkiloti tomonidan qurib bitkazilgan 2 ta koʻp qavatli uyda joylashgan 40 ta xonadon kalitlari bayram tuhfasi sifatida imtiyozli ipoteka kreditlari asosida oʻz egalariga topshirildi.
🔘Chinoz tumani. “Istiqlol” mahallasi xududida joylashgan 3-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotini yangidan qurish ishlari jadal davom etmoqda.
🔘Toshkent tumani. “Majnuntol” mahallasining 3,2 km uzunlikdagi ichki yoʻllari “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida asfaltlashtiriladigan boʻldi.