Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yoʻl_yoʻlakay
#marafon
Chavandozlar Boʻka tumanining “Parkent” mahallasiga yetganda otlarning egar-yuganlarini yechib, beqasam toʻnlarini yelkasiga tashladi.
“Zilolbuloq” nomli yemakxona atrofida oʻchoqlar oʻyilgan, qozonlar qoʻyilgan, peshonasi doʻng qoʻchqorlar soʻyilgan, gulxanga oʻtinlar qalashgan, qoʻr boshida baxshining doʻmbirasi yarashgan.
Gulxan atrofidagi gurunglarda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.
Dostonlardan termalar aytildi. Suhbat gulxanga mos qizidi.
Ustingda egang omonat, seni mingan topar murod, chu-ho, otamning oti.
Arazlab qolmasin, deb qirq kanizga boqtirdim, yoʻl damini olsin, deb yoʻl boʻyi daraxt ektirdim, pishnamasin kunda, deb salqin kunda choptirdim, bilagimga kuch keldi polvonning yelkasiday, togʻdan oʻynab kelishing suruvning sarkasiday, chu-ho, otamning oti, chu-ho, otamning oti, deya davra baxshiga joʻr boʻldi.
Hamma xush dam, xush olamda...
Baxshi bola
✉️Telegram🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter

✉️Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yoʻl_yoʻlakay
#marafon
#baxshiyona
Qorabayir karvoni: ot choptirgan adirlarimni, mol boqqan qirlarimni koʻray, degan otaxonlar chavandozlarga qoʻshildi
Boʻka tumanidan manzilni davom ettirgan egali tulpor galasi tong saharlab Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani “Nurli” mahallasiga kirib keldi.
Tong yorishmay shervoz soʻyilib, goʻshti choʻqqa osildi, kabobxoʻrlikdan kayfiyatlar chogʻ boʻlib, yoʻl charchogʻi bosildi.
Yigitlar yoʻl damini olgandan keyin, otlari yollarini tarab, yon-veriga qarab, suvini tutib, bir-birining shay boʻlishin kutib turdi.
Sirdaryoliklar marafon ishtirokchilarini soʻlqillab pishgan issiq nonlar, qizlarning yuziday qirmizi olma, anorlar bilan kutib oldi.
Jizzax tomonlardan Sirdaryoga koʻchib kelgan otaxonlardan ayrimlarining zavqi kelib - ot choptirgan dalalarimni, mol boqqan adirlarimni bir koʻrib qaytay, deb safga qoʻshilib, misli jigirma ush yosh jigitday otga mingashib oldi.
Usti boshiga chang yuqtirgan erkaklar sovun bozorda, bir xillari qovun bozorda toʻxtab oʻtdi.
Quloqlaring orasidan mergan quyon otguday, iyigʻingga qarasa kuyov yigit yotguday, salgina tezlashmasang Saman bizdan oʻtguday, chu-ho, otamning oti, chu-ho otamning oti...
Chavandozlar va havaskorlar manzilda davom etmoqda.
Shuningdek, karvonga Sirdaryo viloyati Chavandozlar maktabining Qorabayir zotiga mansub Qorkoʻz, Jiyron, Koʻkbulut, Mustang, Toʻpponcha laqabli otlari qoʻshildi.
Baxshi bola
✉ ️Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter

Karvonimiz Jizzaxga yaqinlashib qoldi. Koʻrganlarimizni aytmoq boʻlayapti bizdan, tinglamoq boʻldi Sizdan.
Sirdaryoning manzillari ancha obod ekan, odamlarining choyga qoʻshib ichgani qandu navot ekan.
Yoʻlda bir oq kapaga koʻzimiz tushdi, otlarni boshini shu tomonga burdik.
Baxshi bola doʻmbirasini chertadi: Oq oʻtovdan otilib, soʻlqillab chiqsang sen qiz, ot boshini burganman, bahona-ichmoq qimiz. Ibo bilan oʻtovga boshlading, yuzi qirmiz, to qimiz simirguncha qozonda qilding “jiz-biz”...

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yoʻl_yoʻlakay
#marafon
Otlar matonati, yigitlar shijoati sinovdan oʻtmoqda
Toshkent viloyatidan yoʻlga chiqqan chavandozlar ayni vaqtga qadar 200 kilometrdan ortiq masofani bosib oʻtdi.
Karvon Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida biroz toʻxtadi. Jonivorlarning tuyoq-taqalari, egar-abzallari, tana harorati, yurak urishi tekshirildi.
Yurak urish tezligi daqiqasiga 75 dan oshgan otlar alohida nazoratga olindi.
Maʼlumot uchun: tulporning yurak urish tezligi - daqiqasiga 34 dan 37 gacha, masofa bosib yurganda 72 dan 74 gacha, poygada esa daqiqasiga 375 tagacha yetadi.
Otlar karvoni yoʻlga chiqishga shaylanmoqda.
Mavzu yuzasidan karvonga sarbonlik qilib ketayotgan Jahongir Sodiqovning fikrlari bilan oʻrtoqlashdik.