Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Президент Шавкат Мирзиёев “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси ижросини самарали ташкил этиш, ўрмон хўжалигида бошқарувни мақбуллаштиришга оид таклифлар тақдимоти билан танишди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по эффективной организации реализации общенационального проекта «Яшил макон», оптимизации управления лесным хозяйством.
#Mirziyoyev #taqdimot #Yashilmakon #urmonxujaligi
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

#Dayjest
18-noyabr – “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilingan kun. Mazkur sana munosabati bilan hududlarda oʻtkazilgan tadbirlar qisqa satrlarda...
🔘Viloyat prokuraturasi. “Davlat bayrogʻi — baxt va iftixorimiz timsolidir!” mavzusida davlat ramzlariga nisbatan hurmat, faxr, muhabbat ruhida munosabatda boʻlish lozimligi borasida tashviqot-targʻibot ishlari yanada kuchaytirildi.
🔘IIBB. “Bayrogʻim-gʻururim!” shiori ostida joylarda targʻibot tadbirlari boʻlib oʻtdi.
🔘Soliq boshqarmasi. “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi” shiori ostida soha xodimlari ishtirokida maʼrifiy suhbatlar uyushtirildi.
🔘Adliya boshqarmasi. Davlat bayrogʻidan foydalanishning qonuniy asoslari, xususan, undan reklama maqsadida foydalanishga yoʻl qoʻyilmasligiga oid talablar keng targʻib qilindi.
🔘Kadastr boshqarmasi. “Bayroqqa hurmat – millatga muhabbat ramzi” shiori ostida “chellenj” oʻtkazildi.
🔘Chinoz tumani. Bayram tantanalari oldidan mehmonlarga sharaf lentalari taqildi.
🔘Yangiyoʻl tumani. Harbiylar, taʼlim va tibbiyot muassasalari vakillari hamda yoshlar ishtirokida “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi!” shiori ostida avtokarvon tashkil etildi.
🔘Yuqori Chirchiq tumani. “Mustaqillik” maydoni uzra hilpirab turgan ulkan bayroq yonida katta bayram tadbiri tashkil etildi.
🔘Parkent tumani. Mudofaa boʻlimi va Milliy gvardiyaga qarashli harbiy texnikalar, otliq boʻlinmalar, avtoulovlarda harbiy xizmatchilar hamda faol yoshlar ishtirokidagi tantanali parad boʻlib oʻtdi.
🔘Ohangaron tumani. Harbiy qism askarlarlari mahalla yoshlari bilan uchrashib, bayroqni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlarni ijro etishdi.
🔘Qibray tumani. Keng jamoatchilik bilan birga “Sogʻliq uchun 5000 qadam!” shiori ostida salomatlik aksiyasi oʻtkazildi.
🔘Bekobod tumani. Korxona va tashkilotlar xodimlari, uyushmagan yoshlar ishtirokida bayram marofoni tashkil etildi.
🔘Toshkent tumani. “Shuhrating porlasin toki bor jahon!” shiori ostida keng jamoatchilik ishtirokida bayram tantanasi oʻtkazildi.
🔘O'rta Chirchiq tumani. Muqaddasdir Vatan bayrog'i!
✉ ️Telegram 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukuh
Toshkent viloyatida "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri tashkil etildi
18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining 31 yilligi munosabati bilan Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida "Ochiq eshiklar" kuni tadbiri tashkil etildi.
Tadbirga jalb etilgan o‘quvchi va yoshlar, vatan tayanchi otryadi a'zolari favqulodda vaziyatlar boshqarmasidagi shart-sharoitlar va maxsus texnika hamda asbob-anjomlarning xususiyatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, tadbir davomida davlat bayrog‘i aks etgan rasmlar tanlovi va sherxonlik tadbiri tashkil etilib, g‘oliblar taqdirlandilar.
Bundan tashqari, tadbir davomida davlat bayrog‘i aksi tushirilgan lentalar yoshlar ko‘ksiga taqildi. Shu bilan birga, davlat bayrog‘i to‘g‘risida yoshlarga tushintirish berilib, davlat bayrog‘ini tarannum etuvchi videoroliklar namoyish etildi.
Tadbir davomida viloyatdagi turli to'garaklar a'zolarining ko'gazmali chiqishlari namoish etildi.

Forwarded from Зойир Мирзаев
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#кун_тартиби
Бугун вилоят мутасаддилари ҳамда туман ва шаҳар раҳбарлари билан ўтказган мулоқотимизда иккита муҳим масалага алоҳида тўхталдик.
Яширишнинг ҳожати йўқ, жойларда бўлганимизда айрим маҳалла фаоллари, нуроний отахонлар мавжуд қабристонларни кенгайтириш учун ер ажратиш масаласида кўп-кўп мурожаатлар қилишаяпти. Буни жуда тўғри тушунишимиз керак, бу ҳаёт, ҳар бир тирик жоннинг борар манзили шу.
Афсуски, кейинги пайтларда ҳар нимага топилган ер қабристонларга "топилмай" келди. Ахир, бу кутиб турадиган масала эмас-ку.
Шу сабабли, аниқланган ҳолатлар ва қилинган мурожаатларга кўра, вилоятдаги 47 та қабристонга қўшимча ер ажратиш масаласини уч кун ичида ваколатимиз доирасида ҳал этишга қарор қилдик. Керак бўлса, буни ҳукумат даражасига ҳам олиб чиқамиз.
Яна бир масала бугун ниҳоятда долзарбдир. Бу ҳам бўлса, хонадонларни қуёш батареялари билан таъминлаш орқали уларнинг электр тежамкорлигига эришишдир. Биз бошламасига 100 та эҳтиёжманд оилани танлаб олиб, керакли маблағни ажратиб, уларга ана шундай қурилмаларни ўрнатиб бериш ниятидамиз. Бу оилаларга жуда яхши ижтимоий ҳимоя бўлади, албатта.
Муҳими, бу ташаббус ўзига хос кичик бир тажриба ҳамдир. Келгусида бутун-бутун ҳудудларни мана шундай қулай энергия таъминоти билан таъминлаш бўйича катта-катта режаларни амалга оширишимизда бу тажриба жуда асқотади.
📱 Instagram | 📱 Twitter | 📱 Facebook | ✉️ Telegram

Audio
#dayjest
Juma — Qurilish sohasidagi muammolarni oʻrganish, investitsiya obyektlarida qurilish jarayonlari bilan tanishish kuni. Demak, bugun qisqa xabarlar oqimida shu mavzu tevaragidagi yangiliklar bilan tanishing.
🔘Kadastr boshqarmasi. Joriy yil boshidan Chinoz tumanida jami 48 ta holatda 2,8 gektar yer maydoni oʻzboshimchalik bilan oʻzlashtirilgani aniqlandi.
🔘Yangiyoʻl shahri. “Bogʻbon” mahallasining Nihol koʻchasida aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida uzunligi 1,8 km boʻlgan yangi tarmoq tortilmoqda.
🔘Boʻka tumani. Obodonlashtirish boshqarmasi hamda Yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi xodimlari tomonidan “Toshloq” MFY ning 1,1 km uzunlikdagi ichki koʻchalariga sement-beton qoplamali yoʻl qurilmoqda.
🔘Qibray tumani. Hudud prokurori aholi murojaatlari va muammolarini yaqindan oʻrganish maqsadida “Zebuniso” mahalla fuqarolari bilan sayyor qabul oʻtkazdi.
🔘Oʻrta Chirchiq tumani. Tuman hokimining farmoyishiga muvofiq, joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabriga qadar tuman hududida “Yongʻin xavfsizligi oyligi” oʻtkazilmoqda.
🔘Nurafshon shahri. “Yoshlik” MFYda Oʻzbekistonda ilk bor tajriba-sinov tariqasida qurilgan, energiya sarfi deyarli nolga teng boʻlgan uy bilan tanishuv boʻlib oʻtdi.
🔘Ohangaron shahri. “Yoshlar daftari”ga oʻzini-oʻzi band qilish uchun amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan “Shodlik” mahallasidan ishsiz fuqaro Ernest Burasanovning bandligi taʼminlandi.
🔘Angren shahri. Xalq deputatlari shahar Kengashi Sanoat, transport, qurilish, kommunal masalalar va aholiga xizmat koʻrsatish boʻyicha doimiy komissiyasining yigʻilishi oʻtkazildi.
🔘Chirchiq shahri. Hudud rahbari “Saodat” koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uylarni koʻzdan kechirib, u yerda istiqomat qilayotgan fuqarolar bilan suhbatlashdi.
📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_bayonot
Toshkent viloyati hokimligi Odob-ahloq komissiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Yigʻilishni komissiya raisi – viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari Muzaffar Fayziyev olib bordi.
Unda “EFFECT.UZ” saytida chop etilgan Angren shahri hokimi Alisher Raimovga tegishli boʻlgan, davlat xizmatchisi uchun nomaqbul soʻzlar, haqoratlar ishlatilgan audioyozuv keskin tanqidiy muhokama qilindi.
Angren shahri hokimi Alisher Raimov holat boʻyicha komissiyaga tushuntirish berdi, hatti-harakatlari uchun qattiq pushaymon ekanligini bildirdi.
Komissiya bu oʻrinda davlat xizmatchisiga doir odob-axloq qoidalari buzilganini qayd etdi va yigʻilish bayonnomasi asosida viloyat hokimiga xodimning hatti-harakatlari yuzasidan tegishli chora koʻrish uchun taqdimnoma kiritdi.
Viloyat hokimining bu masala yuzasidan qarori rasmiy veb saytimiz va matbuotda eʼlon qilinadi.

Shanba — Qishloq xoʻjaligi sohasi va fermerlar kuni, shuningdek, “Yashil makon” tadbirlari bilan izchil shugʻullaniladigan sana. Bugungi qisqa xabarlarimiz mana shu mavzu tevaragidadir.
🔘Davlat soliq boshqarmasi. Soliq xodimlari 4-sektor hududiga 1000 tup terak ekishdi.
🔘Chirchiq shahri. “Gʻalaba” MFYga hokim yordamchilari tomonidan 215 tup mevali koʻchat oʻtqazildi.
🔘Oqqoʻrgʻon tumani. 17-maktabda muallimlar bogʻiga asos solib, 70 tup nihol ekildi.
🔘Yangiyoʻl shahri. Koʻkalamzorlashtirish ishlariga shahar hokimi F.Mirzayev boshchilik qildi.
🔘Oʻrta Chirchiq tumani. “Real Agro Cotton” UK dala shiyponida koʻchat ekish boʻyicha seminar oʻtkazildi.
🔘Bekobod shahri. FVB qutqaruvchilari “Yashil makon” ga 100 dan ziyod nihollar ekib, hissa qoʻshdilar.
🔘Piskent tumani. 29 ta mahallada kuniga 5000 dan ortiq daraxt koʻchati oʻtqazilmoqda.
🔘Zangiota tumani. “Olmazor” MFYda 1000 ta terak qalamchasi tayyorlanib, xonadonlarga tarqatilmoqda.
🔘Boʻstonliq tumani. “Sari-Qangli”, “Dumaloq” MFY hududlarida 2000 dona terak qalamchalari ekildi.

#DAYJЕST
📆14-19-noyabr
🌐HAFTA DAVOMIDA
📚TOSHKЕNT VILOYATI XALQ TA’LIMIDA
📆14.11.
🔰MASHG‘ULOT
🟢O‘rta Chirchiq tumanidagi umumta’lim maktablarida “Diqqat, poyezd!” deb nomlangan o‘quv darslari tashkil etilmoqda.
🔰TA’LIM TV NIGOHIDA
🟢“Nurafshon” telekanalining “Yoshlar hafta ichida” ko‘rsatuvida Toshkent viloyati Xalq ta’limi tizimiga oid muhim xabar va yangiliklar haqida keng ma’lumot berildi.
🔰TASHAKKURNOMALAR TOPSHIRILDI
🟢Angrenlik iqtidorli o‘quvchilar ota-onalariga xalq ta’limi vazirligi tashakkurnomalari topshirildi.
🔰XALQARO SЕMINAR TASHKIL ETILDI
🟢Chinoz tumani xalq ta’limi bo‘limi tashabbusi bilan xalqaro PISA tadqiqotining matematika savodxonligi yo‘nalishida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
📆15.11.
🔰BЕSh MUHIM TASHABBUS DOIRASIDA
🟢“Besh tashabbus-besh imkoniyat” shiori ostida o‘tgan festivalning Toshkent viloyati g‘oliblari taqdirlandi.
🔰BIZNING YOSHLAR
🟢Angren shahridagi 22-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Ahror Xolboyev xalqaro IELTS sertifikatini qo‘lga kiritdi.
🔰SOG‘LOM BOLAJON
🟢Viloyatdagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashgan yordamchi maktablarda maxsus “Sog‘lom bolajon” tibbiy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.
🔰FAN OYLIGI DOIRASIDA
🟢Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi maktablarda fan oyiligi doirsida ochiq darslar o‘tkazilmoqda.
📆16.11
🔰KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK
🟢Bekobod tumanidagi mavjud 60 ta umumta’lim maktablari kuz-qish mavsumiga to‘liq shay holatda.
🔰TUHFA
🟢Angren shahridagi 33-sonli umumta’lim maktabida “open-budjet” sport zali qurib foydalanishga topshirildi.
🔰XUSHXABAR
🟢Angren shahar xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 13-sonli umumta’lim maktabi 9-sinf o‘quvchisi Rossiya davlatida o‘tkazilgan tasviriy san’at xalqaro tanlovida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
🔰MASHG‘ULOT
🟢Chinoz tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablarida “DIQQAT TЕMIR YO‘L” va Pirotexnika moddalarining noqonuniy sotilishi va qo‘llanishi oqibatlari, mavzusida profilaktik tadbirlar tashkil etildi.
📆17.11
🔰TARG‘IBTCHILAR FAOLIYATIDAN
🟢Bekobod tumanidagi 46-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 5-7-sinf o‘quvchilari uchun maktab targ‘ibotchisi tomonidan "Yosh muxbirlar" to‘garagi tashkil etildi.
🔰PROFILAKTIK TADBIRLAR
🟢Viloyat umumta’lim maktablarida “Tig‘” va “Davomat” tadbirlari o‘tkazilmoqda.
🔰KUN NAFASI
🟢18-noyabr O‘zbekiston bayrog‘i tasdiqlangan kun munosabati bilan tadbirlar tashkil etildi.
📆18.11
🔰TA’LIM TV NIGOHIDA
🟢“Besh muhim tashabbus” loyihasi doirasida bo‘lib o‘tgan tadbirlar.
🔰TASHABBUS
🟢Qibray tumandagi maktablarda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan sinflar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
🔰FAXR VA G‘URUR
🟢18-noyabr O‘zbekiston bayrog‘i tasdiqlangan kun munosabati bilan o‘quvchilar tomonidan turli ijodiy ishlar taqdim etildi.
🟢Bo‘stonliq tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi mavjud maktablarda “Bayroq kuni” tantanali tashkil etildi.
🟢Yangiyo‘l shahar xalq ta’limi bo‘limi tomonidan tantanali tadbir tashkil etildi.
🔰HAMKORLIK
🟢Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Bojxona boshqarmasi tomonidan "Muqaddasdir vatan bayrog‘i" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.
🔰UCH AVLOD UCHRASHUVI
🟢Toshkent tumanidagi 26-umumiy o‘rta ta'lim maktabida Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari 9231-harbiy qism “G‘ishtko‘prik” bo‘linmasi bilan hamkorlikda “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.
📆19.11
🔰BЕSH MUHIM TASHABBUS
🟢Toshkent tumanida “5 tashabbus – san’at bilan” shiori ostida “Yoshlar teatr studiyalari” festivali tashkil etildi.
🔰TASHABBUS
🟢Viloyatimizda "Kitob sovg‘a qil, ma’naviyat ulash" loyihasi doirasida harakatlar boshlangan.
🔰KASBGA YO‘NALTIRISH
🟢Angren shahar xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 9-sonli ICHBUI maktabida kasbga yo‘naltirishga doir mashg‘ulotlar keng yo‘lga qo‘yilgan.
🔰VILOYAT SЕMINARI
🟢Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi 1- IDUMda Boshlang‘ich ta’lim metodistlari va o‘qituvchilari o‘rtasida viloyat seminar-treningi o‘tkazildi.
🖊Toshkent viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

DIQQAT, E'LON
Lobar qizlarimiz uchun ajoyib yangilik!
Hurmatli "Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti ko‘rik-tanlovining Toshkent viloyati shahar-tuman bosqichi g'oliblari!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 10-iyundagi “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-2326-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 22-noyabr kuni soat 10.00da Yangiyo‘l tumani Barkamol avlod markazida “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti ko‘rik-tanlovining Toshkent viloyat bosqichi o‘tkaziladi.
Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

#jarayon
OKMK: Ruda qazib olish yillik rejasini muddatidan oldin bajarildi
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining qator tarkibiy bo‘linmalari birin-ketin 2022-yil uchun belgilangan rejaviy vazifalarni muddatidan avval bajarishmoqda.
Jumladan, Qalmoqqir kon boshqarmasining "Sariq Cho‘qqi" koni mehnat jamoasi ruda qazib olish rejasini muddatidan oldin bajarishga erishdilar.
Mehnat jamoasi tomonidan 4 million 800 ming tonna ruda qazib olindi.
Shuningdek, joriy yilning oktyabr oyida ushbu mehnat jamoasi tomonidan 2 million 846 ming metr kub tog‘ jinsi qazib olinib, ushbu yo‘nalishda ham yillik vazifa ado etilgan edi.
OKMK Axborot xizmati
✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter

Dushanba - viloyat hokimligi, hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli oʻrganiladi va muhokama qilinadi. Shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash, muammolarni oʻrganish va amaliy koʻmak berish kuni.
🔘Bekobod tumani. “Mallaboy” mahalla fuqarolar yigʻini hududida yashovchi keksa nuroniylar mahalla raisi boshchiligida koʻhna va navqiron Samarqand shahriga sayohatga yoʻl olishdi.
🔘Quyi Chirchiq tumani. Tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan “Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul” tamoyili asosida yoshlar bilan ishlayotgan faol nuroniylar muntazam ragʻbatlantirib borilmoqda.
🔘Yangiyoʻl shahri. Bir guruh nuroniylar uchun Zangiota ziyoratgohi va Parkent tumanining Kumushkon turizm qishlogʻiga sayohat tashkil etildi.
🔘Boʻka tumani. “Ayollar daftari”, “Temir daftar” va “Yoshlar daftari” roʻyxatida turuvchi, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagini bildirgan xotin-qizlarga tikuv mashinalari subsidiya asosida olib berildi.
🔘Oqqoʻrgʻon tumani. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, “Ayollar daftari”ga kiritilgan, nogiron farzand tarbiyalayotgan ayollarning bir guruhi homiylar koʻmagida Samarqand va Buxoro shaharlariga sayohat qilib qaytdilar.
🔘Toshkent tumani. Hasanboy va Bahor mahallalarida istiqomat qiluvchi keksalar uchun koʻhna Samarqandga ziyorat tashkil etildi.
🔘Bekobod shahri. “Ayollar daftari”ga kiritilgan 59 nafar xotin-qizga subsidiya asosida oʻz tadbirkorliklarini boshlashlari uchun asbob-uskunalar taqdim qilindi.
🔘Qibray tumani. Turizm oyligi davomida 600 ga yaqin fuqarolar qadimiy shahar va qadamjolarni ziyorat qildi.
🔘Boʻstonliq tumani. Bir guruh keksa avlod vakillari uchun “Keksalar turizm oyligi” doirasida Zangiota ziyoratgohiga sayohat tashkil qilindi.
🔘Piskent tumani. Bir guruh nuroniylar uchun “Shahidlar xiyoboni”ga sayohat uyushtirildi.