Toshkent viloyati hokimligi
14.3K subscribers
38.6K photos
5.32K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
#Hokim_qarori

Toshkent viloyatining bir qancha hududlarida boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan uchastka va yer maydonlari davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorlarni imzoladi.

Xususan, Parkent tumanida 31,33 gektar, Yangiyoʻl tumanida 32,8 gektar uchastka va yer maydonlari davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Shuningdek, kelgusida mazkur qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish choralari koʻrilishi belgilangan.

Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Давлатимиз раҳбари уруш фахрийлари билан самимий мулоқот қилди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление Президента Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bunyodkorlik #Shukuh

ERTAGA NURAFSHONDA “MATONAT MADHIYASI” MAJMUASINING OCHILISH MAROSIMI OʻTKAZILADI

Xotira va qadrlash kuni arafasida “Nurafshon business city” hududidagi 1,2 gektar maydonda Zulfiya Zokirova nomidagi memorial yodgorlik majmuasi qurib bitkazildi.

Majmua maydoniga atirgul, begoniya, geran, gartenziya, petuniya va boshqa turdagi 15 mingdan ziyod gullar ekildi. Shuningdek, 6 xil turdagi 500 dan ziyod manzarali daraxt hamda 5 mingdan ortiq buta, 100 ga yaqin noyob turdagi archa koʻchatlari oʻtqazildi.

Hududga 7 ming kvadrat metr chim yotqizilib, majmuaning yon tomonida Toshkent kanalidan alohida 1,9 kilometr betonli tabiiy suv irmogʻi barpo qilindi. Suv tejovchi texnologiyalar orqali daraxt va gullarni sugʻorish tizimi joriy etildi.

Majmuaning tantanali ochilish marosimi ertaga boʻlib oʻtishi kutilmoqda.

Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|
#Bunyodkorlik #Shukuh

ERTAGA NURAFSHONDA “MATONAT MADHIYASI” MAJMUASINING OCHILISH MAROSIMI OʻTKAZILADI

Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|
#Xotira #Ehtirom

Viloyat hokimi boshchiligida Angrendagi II jahon urushi qatnashchilariga mukofotlar yetkazildi 

Davlatimiz rahbarining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi Farmoniga muvofiq, 9 may  -  Xotira va qadrlash kuni hamda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 79 yilligi munosabati bilan, Angren shahridagi II jahon urushi qatnashchilari va nogironlarning holidan xabar olindi.

Urush faxriylariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Shuningdek, 20 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti hamda qimmatbaho sovg‘alar tantanali tarzda topshirildi.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda Angren shahrida to‘rt nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Nikolay Prokoshin, Roza Jannazarova, Mariya Ovasapova, Elvira Yakimenko umrguzaronlik qilib kelmoqda.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.

Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|