Toshkent viloyati hokimligi
14.6K subscribers
41.1K photos
5.63K videos
48 files
22.3K links
Download Telegram
#Hokim_farmoyishi

Toshkent viloyatida "Obod xonadon", "Obod koʻcha" va "Obod mahalla" meʼzonlari doirasida tasdiqlangan "Yoʻl xarita"larda belgilangan dolzarb muammo va kamchiliklar bartaraf etiladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

Mazkur farmoyish ijrosi yuzasidan Oqqoʻrgʻon, Yangiyoʻl, Ohangaron va Quyi Chirchiq tumanlaridagi belgilangan 1 tadan mahalladagi mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish uchun viloyat mahalliy byudjetining 2024-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan jami 4 milliard soʻm miqdorda mablagʻ ajratildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

Yuqori Chirchiq tumani hududidan “Yangi Toshkent shahri”ni barpo etish direksiyasiga yer maydoni ajratildi


Yuqori Chirchiq tumanida
joylashgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan davlat zaxirasidagi 700 gektar yer maydoni "Yangi Toshkent shahri"ni barpo etish direksiyasiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berildi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Mazkur yer maydonlari "Oʻzbekiston", "Guliston" va "Istiqbol" mahallalari hududidan ajratilishi belgilangan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Муборак Рамазон ойини муносиб тарзда ўтказиш тўғрисида"ги қарори

Постановление Президента Республики Узбекистан "О проведении священного месяца Рамазан на достойном уровне"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Seminar

Respublika boʻylab “Chinoz tajribasi” ommalashtiriladi

Batafsil

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio 09.03.2024
<unknown>
🟦🟦🟩🟩

Shanba – qishloq xoʻjaligi sohasi va fermerlar kuni. “Yashil makon” tadbirlari bilan izchil shugʻullaniladigan kun.

🔘Bo'ka tumani. Qishloq xo'jaligi xodimlari bilan dolzarb masalalar muhokama qilindi.

🔘Chinoz tumani. Bugungi kunga qadar 122 nafar fermer xoʻjaliklari tomonidan 64,9 kilometr ichki ariqlarda betonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

🔘Yangiyo'l shahri. "Ishchilar shaharchasi" mahallasida arzonlashtirilgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

🔘O'rta Chirchiq tumani. "Yangilik" mahallasida faoliyat yuritayotgan tadbirkor issiqxona sharoitida qulupnay ko‘chatlarini yetishtirmoqda.

🔘Qibray tumani. Tumanda bahorgi yumushlar qizg’in davom etmoqda.

🔘Yangiyo'l tumani. "Gʻalaba" mahallasida yashovchi fuqaro bugungi kunda oʻz xonadonidagi yerdan samarali foydalanib, xona gullarini yetishtirishni yoʻlga qoʻygan.

🔘Zangiota tumani. Tumanda ekin o‘sishi hamda mo‘l hosilga zamin yaratish uchun mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish tadbirlari boshlab yuborildi.

🔘Nurafshon shahri. Shahar prokurori "Qumariq" mahallasi fuqarolarining muammolarini oʻrgandi.

🔘Bekobod tumani. Tumandagi klasterlarning investitsion loyihasi o‘rganildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Yoshlar  o‘rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" boshlandi

Bugundan boshlab  mahalla yoshlari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan  "Besh tashabbus olimpiadasi" ning 2024-yilgi mavsumiga start berildi.

Respublikamizning 14 ta hududi va 208 ta tuman (shahar)larining yoshlari ishtirokida "Besh tashabbus olimpiadasi"ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib  o‘tdi.

Jarayonlarda Toshkent viloyatining 10 ming nafarga yaqin yoshlari Chirchiq shahridagi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetidan hamda viloyatning tuman va shaharlarida tashkil  etilgan studiyalardan ishtirok etdi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

Joriy yil 1-maydan boshlab nogironligi boʻlgan shaxslarning protez moslamalari va reabilitatsiya vositalariga muhtojligi alohida tibbiy xulosa rasmiylashtirmasdan nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma asosida belgilanadi.

Nogironlik guruhiga ega boʻlmagan pensiya yoshidagi shaxslarning protez moslamalari va reabilitatsiya vositalariga muhtojligi toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa "Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza" elektron axborot tizimida rasmiylashtiriladi.

Shuningdek, ijtimoiy himoya milliy agentligiga protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan elektron tijorat orqali vaucher asosida taʼminlashni toʻxtatmagan holda, 2024-yil 1-apreldan 2026-yil 1-aprelga qadar elektr yuritmali kreslo-aravacha va eshitish moslamalarini markazlashtirilgan tartibda xarid qilish va muhtoj shaxslarga yetkazib berish vakolati berildi.


🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

Yurtimizda 16-18 mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

Mamlakatimizda “Navro'z” umumxalq bayramini nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish, atrofni obodon holga keltirish, sog‘lom turmush tarzi, sanitariya-gigiyenik madaniyatni targ‘ib qilish, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, joriy yilning 16-17-18 mart kunlari “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostidagi umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.

Shuningdek, umumxalq hasharida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini davom ettirish, respublika boʻylab mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalarini obodonlashtirish koʻzda tutilgan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hamkorlik

Biznes forumdan qanday natijalar kutilmoqda?

Batafsil

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM